406
tashkilotlarni ifodalaydi. Xalqaro moliya tashkilotlarining yuzaga kelishiga
asosan jahon xo‘jaligida globallashuv jarayonlarining rivojlanishi hamda xalqaro
moliya bozorlaridagi va jahon valyuta tizimidagi beqarorlikning kuchayishi sabab
bo‘ldi. Ular asosan ikkinchi jahon urushidan keyin tashkil topgan va hozirgi
vaqtda mamlakatlarning valyuta-kredit va moliya munosabatlari sohasidagi
xamkorligini rivojlantirishda hamda ushbu munosabatlarni davlatlararo darajada
tartibga solishda muhim rol o‘ynaydi. Xalqaro moliya tashkilotlari vujudga
kelishining birinchi bosqichi birinchi va ikkinchi jahon urushlari orasidagi davrga
to‘g‘ri keladi. Xalqaro moliya tashkilotlari vujudga kelishining ikkinchi bosqichi
hamda ular faoliyatining kuchayish jarayoni ikkinchi jahon urushidan so‘ng
mustamlakachilik tizimining parchalanishi va 1970
yillardagi iqtisodiy
o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Shu bilan birgalikda 1980-yillarning boshlarida
xalqaro moliya tashkilotlari faoliyatida uchinchi bosqichning boshlanganligini
qayd etishimiz mumkin. Chunki bu davrda jahon iqtisodiyotida globallashuvning
kuchayishi hamda integratsion jarayonlarning jadallashuvi kabilarni ko‘rsatish
mumkin. Dunyodagi bir qator davlatlarning hukumat organlari zamonaviy
xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi muammolarni birgalikda hal etishga ehtiyoj
sezdilar va buning natijasida xalqaro tashkilotlarga bo‘lgan
talab yanada ortib
bordi. Xalqaro moliya tashkilotlariga Xalqaro Valyuta fondi, Jahon banki,
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki,
Xalqaro hisob-kitoblar banki, Osiyo,
Amerika, Afrika mintaqaviy rivojlanish banklari va boshqalar kiradi. Xalqaro
moliya tashkilotlarining faoliyati jahon xo‘jaligining barqarorligiga erishishga
hamda valyuta-moliya sohasidagi munosabatlarning uzluksizligini ta’minlashga
yordam beradi. Eng avvalo, bunga bo‘lgan zaruriyat davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro
aloqalar ko‘lamining ortib borishi
shuningdek, ularning o‘zgaruvchan
xususiyatga ega ekanligi bilan izohlanadi. Shuningdek
ular mamlakatlar va
davlatlar o‘rtasida hamkorlikni tashkil etish uchun forum sifatida xizmat qilishga
ham yo‘naltirilgan. Bundan tashqari, jahon xo‘jaligining muhim muammolari
bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish va rivojlanish tendensiyalari to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni
umumlashtirish, tahlil etish hamda o‘rganish sohasida xalqaro
valyuta-moliya tashkilotlarning ahamiyati ortib bormoqda.
Xalqaro moliya tashkilotlarining vujudga kelishiga va faoliyatining
rivojlanishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatgan:
-xo‘jalik hayoti baynalmilallashuvining kuchayishi, shuningdek, milliy
chegaralardan tashqariga chiquvchi transmilliy korxonalar va transmilliy
banklarning tashkil topishi;
-jahon xo‘jaligida moliyaviy munosabatlarni xalqaro tartibga solishga
bo‘lgan ehtiyojning kuchayishi;
-jahon valyuta tizimi, xalqaro valyuta-kredit, qimmatbaho qog‘ozlar va oltin
407
bozorlaridagi yuzaga keladigan muammolarni
hamkorlikda hal qilish
zaruriyatining ortib borishi.
Xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlari tomonidan bajariladigan
asosiy funksiyalarga quyidagilar kiradi:
1)
Do'stlaringiz bilan baham: