Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent



Download 12,22 Mb.
bet83/395
Sana31.12.2021
Hajmi12,22 Mb.
#251964
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   395
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2)

Nazorat savollari





      1. “Daromad-iste’mol” chizigʻi.

      2. Normativ va past kategoriyali tovarlar uchun Engel chiziqlari.

      3. “Narx-iste’mol” chizigʻi va normal va Gifen tovarlari uchun talab chizigʻi.

      4. Normal tovar uchun daromad samarasi va almashtirish samarasi, umumiy samara.

      5. Past kategoriyali tovarlar uchun daromad samarasi va almashtirish samarasi.

      6. Almashtirish samarasini va daromad samarasini amalda qoʻllash.

      7. Past kategoriyali tovarlar.

      8. Oʻrnini bosuvchi va toʻldiruvchi tovarlar.



    1. BOB. BOZOR VA TAVAKKALCHILIK





    1. Tavakkalchilikni oʻlchash

Tavakkalchilikni oʻlchashning asosi ehtimol tushunchasi bilan bogʻliq. Amerikalik olim F.Nayt (1885-1974) ehtimolni ikki turga boʻladi: matematik, ya’ni oldindan aniqlash mumkin boʻlgan ehtimol va statistik ehtimol. Birinchi tur ehtimolga tanganing raqam yoki gerb tomonini tushish ehtimoli 1/2 ga tengligi yoki oʻynaydigan olti qirrali toshning oltita raqamidan bittasini tushishi ehtimolining 1/6 ga tengligi misol boʻlishi mumkin.

Ikkinchi turdagi ehtimolni empirik, ya’ni faraz qilish yoʻli orqali aniqlash mumkin. Masalan, korxonaga xom ashyoni vaqtida etib kelmaslik ehtimoli faraz qilinganda, ushbu faraz qilingan raqam baholovchining bilimiga tajribasiga asoslanadi. Nima uchun deganda, ushbu voqeaning takrorlanishi toʻgʻrisida statistik ma’lumotlar yoʻq. Ehtimol subyektiv ravishda aniqlanganda, bitta hodisani har xil insonlar har xil qiymatdagi ehtimol bilan baholaydi.

Yuqoridagi misolda voqeaga ta’sir qiluvchi tasodifiy omillar koʻp va ularni hammasini bartaraf qilish mumkin emas. Bundan tashqari, bu yerda teng ehtimolli alternativ variantlarning oʻzini yoʻqligi ehtimolni matematik hisob-kitoblar orqali aniqlashga imkon bermaydi.

Birinchi turdagi ehtimolni obyektiv ehtimol desak, u iqtisodiyotda kamroq uchraydi, ikkinchi turdagi ehtimol subyektiv ehtimol boʻlib, biznesga xosdir. Ham obyektiv va ham subyektiv ehtimollar tavakkalchilik darajasini ifodalashda va tanlashda foydalaniladi. Obyektiv ehtimol oʻrtacha qiymatni aniqlashga yordam bersa, subyektiv ehtimol olinishi mumkin boʻlgan natijalarning oʻzgaruvchanlik mezonini aniqlashga yordam beradi. Tavakkalchilikni miqdoriy aniqlash uchun

biror voqea yoki hodisaning olib kelishi mumkin boʻlgan oqibatlarini va bu oqibatlarning ehtimolini bilish kerak boʻladi.





n
Kutiladigan miqdor - bu mumkin boʻlgan barcha natijalarning oʻrtacha oʻlchangan qiymatlari. Bu yerda har bir natijaning ehtimoli ushbu mos qiymatlarning takrorlanish chastotasi yoki oʻlchovi.

E( X ) 1х1 2 х2 n xn i xi ,

i 1



n
bu yerda xi - mumkin boʻlgan natija;
i - ushbu natijaning paydo boʻlish ehtimoli, i 1 .

i 1

Masalan, korxona yangi mahsulot ishlab chiqarmoqchi, agar korxonaning yangi mahsuloti bozorda muvaffaqiyatga erishsa, har bir aksiyaga 1000 soʻm olish mumkin, agar muvaffaqiyatga erishmasa, bir aksiya uchun 100 soʻm olinadi. Korxona mahsulotining bozorda muvaffaqiyatga erishish ehtimoli 0,6 ga teng boʻlsa, kutiladigan dividend qiymati quyidagicha aniqlanadi:



E( X )  0,6 1000  0,4 100  640

soʻm/aksiya.



Chetlanish – bu haqiqiy natija bilan kutiladigan natija oʻrtasidagi farq boʻlib, u tavakkalchilikdan (yoʻqotishdan) darak beradi. Ushbu farq qancha katta boʻlsa yoʻqotish, ya’ni tavakkalchilik ham shuncha yuqori boʻladi.

Masalan, sizni ishga joylashishingiz uchun ikki variant mavjud. Birinchisi, xususiy korxonada ishlash boʻlsa, ikkinchisi – davlat korxonasida. Xususiy korxonada ishlasangiz daromadingiz, korxona muvaffaqiyatli ishlasa bir oylik ish haqingiz 6000 soʻmni, muvaffaqiyatsizroq ishlasa, aytaylik 3000 soʻmni tashkil qilsin. Davlat korxonasida ishlasangiz ish haqi 4510 soʻm, korxona toʻliq ishlamaganda beriladigan ish haqi - 3510 soʻm. Xususiy korxonaning muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsizlik ehtimollari bir xil boʻlib, 0,5 ga, davlat korxonasiniki mos ravishda 0,99 va 0,01 ga teng deylik. Quyidagi jadvalda mumkin boʻlgan natijalar va ularning ehtimoli keltirilgan.



9.1-jadval

Download 12,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish