Haqiqiy natijalarni kutiladigan natijalardan chetlanishi.
(kutiladigan natija 4500 soʻm) (soʻmda)
-
Ish joyi
|
1-natija
|
Chetlanish
|
2-natija
|
Chetlanish
|
Birinchi
|
6000
|
Q1500
|
3000
|
-1500
|
Ikkinchi
|
4510
|
Q10
|
3510
|
-990
|
Endi har bir ish joyi uchun oʻrtacha chetlanishni hisoblaymiz.
Birinchi ish joyi uchun:
Oʻrtacha chetlanish = 0,5(1500 soʻm)+0,5(1500 soʻm)=1500 soʻm
Ikkinchi ish joyi uchun:
Oʻrtacha chetlanish =0,99(10 soʻm)+0,01(990 soʻm)=9,9+9,9=19,8 soʻm.
Demak, birinchi ish joyidagi tavakkalchilik, ya’ni kutiladigan yoʻqotish, ikkinchi ish joyidagiga qaraganda koʻproq. Nima uchun deganda, birinchi ish joyidagi oʻrtacha chetlanish 1500 soʻm, ikkinchi ish joyidagi oʻrtacha chetlanish 19,8 soʻmdan ancha koʻp.
Amaliyotda oʻzgaruvchanlikni, ya’ni chetlanishni oʻlchash uchun bir-biridan farq qiladigan ikkita mezon ishlatiladi. Birinchisi, dispersiya boʻlib, u haqiqiy natijadan kutiladigan natijani ayrilganining oʻrtacha
n
oʻlchovi miqdori kvadratiga teng, ya’ni: 2 [x E(x)]2 ,
i i
i 1
i
bu yerda 2 -dispersiya; x - mumkin boʻlgan natija; E(x) - kutiladigan
natija; i - i-natijaning ehtimoli.
Standart chetlanish (oʻrtacha kvadratik chetlanish ham deyiladi),
bu dispersiyadan olingan kvadrat ildizga teng, ya’ni: standart chetlanish.
Birinchi ish joyi uchun: dispersiya:
, -
1
2 0,5(6000 4500 )2 0,5(3000 4500 )2 0,5 2250000
0,5 2250000
2250000 .
Standart chetlanish
1
1500 soʻm.
2
Xuddi shunday yoʻl bilan ikkinchi ish joyi uchun dispersiya, ya’ni 2 0,99(100 soʻm) 0,01(980100 soʻm )=9900 soʻm.
Standart chetlanish esa
99,5
soʻm.
Ikkala mezon ham bu yerda bir xil vazifani bajaradi, gap ularning qaysi biri foydalanishda oʻngʻayligida. Koʻrinib turibdiki ikkala holda ham ikkinchi ish joyi birinchiga qaraganda kamroq tavakkalchilikka (yoʻqotishga) ega.
Tavakkalchilikka boʻlgan munosabat
Yuqoridagi misolda koʻrdikki, ikkala ish joyida ham kutiladigan daromad 4500 soʻmni tashkil qiladi. Demak, kim tavakkalchilikka
borishga moyil boʻlmasa, ikkinchi ish joyiga boradi, nima uchun deganda bu ish joyida kutiladigan daromad kamroq tavakkalchilak bilan bogʻliq. Endi faraz qilaylik, birinchi ish joyidagi har bir natijaga 200 soʻmdan qoʻshaylik. Unda kutiladigan natija 4500 soʻmdan 4700 soʻmga oshadi.
Quyidagi 9.3-jadvalda yangi daromadning natijalari keltirilgan. Birinchi ish joyi uchun: kutiladigan daromad = 4700 soʻm.
Dispersiya =2250000 soʻm.
Ikkinchi ish joyi uchun: kutiladigan natija = 4500 soʻm. Dispersiya
= 9900 soʻm.
9.3- jadval
-
Ish joyi
|
1-natija
|
Kvadratik
chetlanish
|
2-
natija
|
Kvadratik
chetlanish
|
Birinchi
|
6200
|
2250000
|
3200
|
2250000
|
Ikkinchi
|
4510
|
100
|
3510
|
980100
|
Birinchi ish joyida kutiladigan daromad ikkinchi ish joyidagidan yuqori, lekin u yuqori tavakkalchilik (yoʻqotish) bilan bogʻliq. Qaysi ish joyi ustunroq deganda, bu savolning yechimi tanlovchi shaxsning oʻziga bogʻliq. Tadbirkor shaxslar yuqori tavakkalchilikga ega boʻlsa ham kutiladigan daromad yuqoriroq boʻlgan ish joyini tanlaydi, konservativroq (oʻzgarishlardan oʻzini olib qochuvchi) shaxslar kutiladigan daromad kamroq boʻlsa ham, kamroq tavakkalchilik bilan bogʻliq ishni, ya’ni ikkinchi ish joyini tanlaydi.
Insonlar tavakkalchilikga borishga tayyorligi bilan bir-biridan farq qiladi. Insonlar tavakkalchilikga borishga tayyorligi boʻyicha uch turga boʻlinadi: tavakkalchilikka borishga moyil insonlar, tavakkalchilikka borishga qarshi, ya’ni moyil emas va tavakkalchilikka befarq qaraydigan insonlar.
Tavakkalchilikga qarshi boʻlgan inson deganda shunday inson tushuniladiki, kutiladigan daromad berilganda, u tavakkalchilik bilan bogʻliq natijalarga nisbatan, kafolatlangan natijani ustun koʻradi. Agar tavakkalchilikka qarshi insonni iste’molchi deb qarasak va u oladigan daromadiga iste’mol tovarlar majmuasini sotib olib, uni iste’mol qilishdan ma’lum darajada naf oladi deb faraz qilsak, biz iste’molchining tavakkalchilik bilan bogʻliq daromadining naflik darajasi bilan qanday bogʻliq ekanligini koʻrishimiz mumkin (9.1-rasm). Tavakkalchilikka qarshi inson daromadi past darajadagi chekli naflikka ega ekanligini koʻramiz. Rasmdan koʻrish mumkinki, har bir birlik qoʻshimcha daromadga toʻgʻri keladigan qoʻshimcha naflik daromad oshishi bilan kamayib bormoqda. Masalan, (20-30 ming soʻmlik daromad oraligʻidagi har ming soʻm daromadga 0,8 birlik naf toʻgʻri kelsa, 31-ming soʻmlik daromadga 0,6 naf birligi toʻgʻri kelayapti). Chekli naflikni kamayishi insonlarda tavakkalchilikka salbiy munosabatni kuchaytiradi. Shuning uchun ham tavakkalchilikka borishga moyillikning yoʻqligi koʻpchilik insonlarga xosdir. Tavakkalchilik ular uchun ogʻir sinovdek hisoblanadi va ular ma’lum kompensatsiya boʻlgandagina tavakkalchilikka borishi mumkin.
Naflik darajasi
68
64
58
50
40
0 10
20 30 40
Daromad (ming so’m)
9.1-rasm. Tavakkalchilikka moyil boʻlmagan holat
Tavakkalchilikka befarq qaraydigan inson shunday inson hisoblanadiki, kutiladigan daromad berilganda, u kafolatlangan natija bilan tavakkalchilik bilan bogʻliq natijalarni tanlashga befarq qaraydi. Tavakkalchilikka neytral qaraydigan inson uchun oʻrtacha foyda muhim hisoblanadi.
Oʻrtacha qiymatga nisbatan cheklanishlar bir-biri bilan qisqarib, umumiy chetlanishlar nolga teng boʻlgani uchun ham ushbu chetlanishlar uni qiziqtirmaydi. Tavakkalchilikka befarqlik koordinata boshidan chiqadigan toʻgʻri chiziq sifatida ifodalanishi mumkin (9.2- rasm).
Daromadning bir tekisda oʻzgarishi umumiy naflikni toʻgʻri chiziq boʻyicha oʻsishga olib keladi.
Tavakkalchilikka moyil boʻlgan inson, shunday inson hisoblanadiki, kutiladigan daromad berilganda u kafolatlangan natijaga koʻra tavakkalchilik bilan bogʻliq natijani ustun koʻradi.
Umumiy naflik
80
60
40
20
10 20 30 40
Daromad (ming soʻm)
9.2-rasm. Tavakkachilikka befarqlik
Tavakkalchilikka qiziqadigan inson undan bahra oladi. Bunday turdagi insonlarga oʻz taqdirini sinab koʻrishdan bahramand boʻlish uchun barqaror daromaddan voz kecha oladigan insonlar kiradi. Ular yutish ehtimoliga yuqori baho berib yuboradilar. Tavakkalchilikka
moyillik grafigi keskin sur’atda ortib borayotgan parabola grafigi orqali ifodalanishi mumkin (8.3-rasm).
Umumiy naflik
40
25
11
5
10 20
30 40
Daromad (ming soʻm)
9.3-rasm. Tavakkalchilikka moyillik
Hayotda va umuman barcha bozor subyektlari tavakkalchilikni e’tiborga oladi. Koʻchalardagi, bozorlardagi har xil firibgarlar tavakkalchilikka moyil insonlar hisobidan boylik orttirsa, sugʻurta kompaniyalari tavakkalchilikka moyil boʻlmagan insonlarni yoʻqotishlarini kamaytirishga xizmat qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |