Daromad va almashtirish samaralari. “Daromad-iste’mol” chizigʻini tahlil qilganimizda, daromad oʻzgarishini (narxlar oʻzgarganda) iste’molga ta’sirini oʻrgangan edik. “Narx-iste’mol” chizigʻi orqali narxlarning oʻzgarishini bir ne’mat bilan boshqa bir ne’matni nisbiy almashtirishga ta’siri oʻrganiladi. Endi biz X1 ne’matga boʻlgan talabni oʻzgarishining qancha qismi narx bilan bogʻliq va qancha qismi daromad bilan bogʻliqligini koʻrib chiqamiz (35-rasm). Narxning har qanday oʻzgarishi, birinchidan: real daromadni oshiradi, natijada befarqlik egri chizigʻi siljiydi va iste’molchi sotib olishi mumkin boʻlgan ne’matlar tarkibini oʻzgartiradi; ikkinchidan - narxlar nisbatini oʻzgartiradi va bir ne’mat (B) bilan boshqa ne’mat (A) almashtiriladi.
X2
Б неъмат
Б
Б Б1
Б3 Б2
A1 A2
Do'stlaringiz bilan baham: |