Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent



Download 12,22 Mb.
bet75/395
Sana31.12.2021
Hajmi12,22 Mb.
#251964
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   395
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2)

Keys stadi. Mehnat taklifiga daromad ta’siri: tarixiy yoʻnalishlar, lotereya gʻoliblari va Karnegi taxmini
Orqaga yoʻnalgan mehnat taklifi egri chizigʻi gʻoyasi dastlab oddiy nazariy qiziquvchanlik kabi tuyulishi mumkin, lekin aslida, unday emas. Dalillar mehnat taklifi egri chizigʻi uzoq vaqt davomida orqaga yoʻnalishini koʻrsatadi. Yuz yil avval, koʻp odamlar bir hafta olti kun ishlashgan. Bugungi kunda, hafta besh kunlik ish norma. Shu bilan birga ish haftasi uzunligi kamayib, tipik ishchi ish haqi (Inflyatsiya oʻzgarishi bilan) ortib bormoqda.

Bu yerda iqtisodchilar bu tarixiy voqeani qanday tushuntirishadi: Vaqt oʻtishi bilan texnologiya ishchilar samaradorligini va mehnatga talabni oshirdi. Mehnatga talab ortishi muvozanat ish haqini koʻtardi. Ish haqi koʻtarilishi, mehnat uchun mukofot boʻladi. Biroq, juda koʻp mehnatni ragʻbatlantirishga javoban, ishchilar koʻproq hordiqni tanlashadi. Boshqa soʻzlar bilan aytganda, yuqori ish haqining daromad taʼsiri almashtirish taʼsiridan baland boʻladi.

Mehnat taklifiga daromad ta'siri kuchli ekanligining yana boshqa dalillari juda koʻp, masalan: lotereyalar gʻoliblari. Lotereyada yirik mukofotlar sovrindorlari, daromadlarini oʻzgarishi natijada ularning byudjet sigʻimini tashqariga siljitadi. Gʻoliblarining ish haqi oʻzgarmagani sababli ularning byudjet sigʻimi oʻzgarmay qoladi. Shuning uchun almashtirish taʼsiri yoʻq. Lotereya gʻoliblarini xatti- harakati oʻrganilib, biz mehnat taklifiga daromad taʼsirini izolyatsiyalashimiz mumkin.

Lotereya gʻoliblarini oʻrganish natijalari ajoyib boʻladi. Oʻsha gʻoliblardan kim $ 50000 dan ortiq yutsa, deyarli 25 foizi bir yil ichida ishlashni kamaytiradi va boshqa 9 foizi mehnat soati sonini kamaytiradi. Yana $ 1 milliondan ortiq yutuq gʻoliblarining deyarli 40 foizi ishlashni toʻxtatadi. Bunday katta yutuq mehnat taklifiga daromad taʼsiri sezilarli boʻladi.

Xuddi shunday natijalar 1993-yilda Quarterly Journal of Economics jurnalida chop etilgan vasiyat olish qanday qilib shaxsning mehnat taklifiga taʼsir qilishini oʻrganishda topilgan. Tadqiqot bir kishi

$ 150,000 dan ortiq meros olsa, $ 25,000 dan kam meros olgan shaxsdan koʻra toʻrt marta koʻp ishlashni toʻxtatadi degan ehtimol topildi. Ushbu topilma 19-asr sanoatchisi Endryu Karnegini hayron qoldirmadi. Karnegi “Odatda oʻgʻliga ulkan boylik qoldirgan ota-ona oʻgʻlining iqtidori va kuchini oʻldiradi va uni foydasiz hamda kam munosib hayot kechirishga olib keladi” deb ogohlantirgan.

Bu Karnegi mehnat taklifiga daromad taʼsirini sezilarliligini va uning otalik nuqtayi nazardan qaygʻulidir. Karnegi hayoti davomida va vafotidan keyin oʻzining ulkan boyligidan koʻp sadaqa berdi.

Foiz stavkalari uy xoʻjaliklari jamgʻarmasiga qanday taʼsir

koʻrsatadi?

Har bir kishi bugun qancha iste’mol qilishi va kelajak uchun qancha jamgʻarishi kerakligi toʻgʻrisidagi muhim qarorga duch keladi. Biz odamlar bu qarorni qanday qabul qilishlari va jamgʻarma miqdori oladigan foiz stavkasiga bogʻliqligin isteʼmolchi tanlovi nazariyasidan foydalanib tahlil qilishingiz mumkin.

Nafaqani rejalashtirayotgan Sem duch kelgan qarorni koʻrib chiqaylik. Murakkablashtirmasdan Sem hayotini ikki davrga ajratamiz. Birinchi davrida, Sem yosh va ishlayapti. Ikkinchi davrda, u eski va nafaqaga chiqqan boʻladi. Yosh Sem $ 100,000 daromad oladi. U bu daromadini joriy isteʼmol va jamgʻarmaga ajratadi. U qariganda jamgʻarmasini isteʼmol qiladi foiz, shu jumladan, omonatdan olgan foizlarni ham.

Foiz stavkasi 10 foizni tashkil etadi deylik. Soʻngra Sem jamgʻarmasining har bir dollar uchun qariganda u $ 1.10 isteʼmol qilishi mumkin. Biz “yoshlikdagi isteʼmol” va “qarilikdagi iste’mol”ni tanlashi kerak boʻlgan ikki Tovar sifatida koʻrishimiz mumkin. Foiz stavkasi bu ikki tovarning narxini belgilaydi.

7.15-rasm Semning byudjet sigʻimini koʻrsatadi. U hech narsa jamgʻarmasa, u yoshligida $100,000 isteʼmol qiladi va qariganda hech narsa isteʼmol qilmaydi. U hammasini jamgʻarsa,yoshligida hech narsa va qariganda $ 110.000 isteʼmol qiladi. Byudjet sigʻimi bu barcha oraliq imkoniyatlarini koʻrsatadi.

7.15-rasm ikki davrda befarqlik egri chizigʻidan foydalanib isteʼmolga Semning afzalliklarini koʻrsatadi. Sem har ikki davrda koʻproq isteʼmolni afzal koʻrgani uchun u yuqori befarqlik chiziqlaridagi

nuqtalarni afzal koʻradi. Berilgan afzalliklaridan Sem isteʼmolning optimal kombinatsiyasini tanlab byudjet sigʻimi eng yuqori befarqlik egri chizigʻidagi nuqtani tanlaydi. Bu optimumda, Sem yoshligida $ 50,000 isteʼmol qiladi va keksaligida 55000 $ iste’mol qiladi.

Endi foiz stavkasi 10 foizdan 20 foizga oshganda nima sodir boʻlishini koʻrib chiqamiz. 7.16-rasm ikki mumkin natijalarini koʻrsatadi. Har ikki holatda ham byudjet sigʻimi tashqariga siljiydi va tik boʻladi. Yangi yuqori foiz stavkasida Sem yoshligida voz kechgan isteʼmol har bir dollar uchun qariganida koʻproq isteʼmol oladi.

Ikkala qism Semning turli afzalliklari bergan natijalarini koʻrsatadi. Har ikki holatda ham, qariganda isteʼmol oshadi. Hali foiz stavkasi oʻzgarishiga yoshlikdagi isteʼmolning javobi ikki holda farq qiladi. (a) qismda Sem yoshligida yuqori foiz stavkasiga javoban kam isteʼmol qiladi. (b) qismda Sem yoshligida koʻp iste’mol bilan javob beradi.

Semning jamgʻarmasi yoshlikdagi daromadi minus yoshlikdagi isteʼmol miqdori orqali hisoblanadi. (a) qismda foiz stavkasi oshsa yoshlikdagi isteʼmol tushadi, shuning uchun jamgʻarma koʻtarilishi kerak. (b) qismda Sem yoshligida koʻp iste’mol qiladi, shuning uchun jamgʻarma tushadi.



      1. qismda koʻrsatilgan holda dastlab gʻalati tuyulishi mumkin: Sem jamgʻarmadan keladigan daromadning oshishi hisobiga kam jamgʻaradi. Biroq, bu tuyulishi mumkin boʻlganidek oʻzgacha holat emas. Biz buni yuqori foiz stavkasiga daromad va almashtirish ta’sirlari deb olgan holda uni tushunishimiz mumkin.

Birinchi boʻlib almashtirish taʼsirini koʻrib chiqaylik. Foiz stavkasi oshsa, yosh boʻlgandagi isteʼmolga nisbatan qarigandagi isteʼmol arzonroq boʻladi. Shuning uchun, almashtirish taʼsiri Semni yoshlikda kamroq isteʼmol qilib, qariganda koʻproq iste’mol qilishga undaydi. Boshqa soʻzlar bilan aytganda, almashtirish taʼsiri Semni koʻproq jamgʻarishga undaydi.

Endi daromad taʼsirini koʻramiz. Foiz stavkasi koʻtariladigan boʻlsa, Sem yuqoriroq befarqlik egri chizigʻini tanlaydi. U oldingiga qaraganda endi yaxshiroqdir. Modomiki har ikki davrda ham isteʼmol normal tovarlardan iborat boʻlar ekan, uning farovonlikning bu ortishidan foydalanish istagi ikki davrda yuqoriroq isteʼmoldan bahramand etadi.

Boshqa soʻzlar bilan aytganda, daromad taʼsiri kamroq jamgʻarishga undaydi.

Natija daromad va almashtirish taʼsiriga bogʻliq. Agar yuqori foiz stavkasining almashtirish taʼsiri daromad taʼsiridan kattaroq boʻlsa, Sem koʻproq jamgʻaradi. Agar daromad taʼsiri almashtirish taʼsiridan kattaroq boʻlsa, Sem kam jamgʻaradi. Shunday qilib, isteʼmolchi tanlovi nazariyasi foiz stavkasining oʻsishi jamgʻarmani ragʻbatlantiradi yoki qaytaradi deydi.



Bu noaniq natija iqtisodiy nazariya nuqtayi nazaridan qiziqarli boʻlsa-da, u iqtisodiy siyosat nuqtayi nazaridan hafa boʻladigan hol. Bu soliq siyosatidagi muhim masala jamgʻarma foiz stavkasiga javoban qanday boʻlishidir. Baʼzi iqtisodchilar dividend va boshqa kapital daromadga soliqlarni kamaytirishni qoʻllab-quvvatladilar, bunday siyosat oʻzgarishi soliqdan keyingi foiz stavkasini oshirishi va jamgʻaruvchilarni jamgʻarmaga ragʻbatlantiradi degan fikrni ilgari surdi. Boshqa iqtisodchilar daromad va almashtirish ta’sirini siljitgani uchun, bunday soliq oʻzgarish jamgʻarmani oshirmaydi va hatto uni kamaytiradi deb daʻvo qildilar. Afsuski, ilmiy-tadqiqot foiz stavkalari jamgʻarmaga qanday taʼsiri haqida bir toʻxtamga olib bormadi. Natijada, soliq siyosatida oʻzgarishlar, aslida, jamgʻarmani ragʻbatlantirish maqsadida moʻljallangan edimi yoki yoʻqmi degan iqtisodchilar oʻrtasida kelishmovchilikka olib bormoqda.


Download 12,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish