Matn ustida ishlash bo‘yicha savollar:
1. Bayram – so‘ziga ta’rif bering.
2. O‘zbekistonda qanday bayramlar nishonlanadi?
3. Qaysi fasl bayramlarga boy?
4. Siz va oilangiz uchun qaysi bayramlar qadrli?
Topshiriq. Matnni o‘qing. Rejasini tuzib, qayta so‘zlab bering.
“Ramazon aytish” marosimi
Ramazon oyida 30 kun mobaynida iftorlikdan (og‘iz ochilgandan) keyin bolalar to‘da-to‘da bolib ramazon aytishadi. Bolalar to‘planishib oralaridan bir chaqqonni va g‘ayratli bir bolani sardor qilib saylashadi.
Xonadonning mehribon sohiblari qutlug‘ ramazon kunlarida eshiklari yonida turib, ezgu tilaklar bildirayotgan yosh va quvnoq bolajonlarni hech qachon quruq qaytarishmaydi. O‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib shirin va mazali qand-qurslar, issiq non, nordon anoru, sersuv olma va uzumlar bilan siylashadi. Bu mazali shirinliklarni bolajonlarning epchil sardori bir xaltachaga yig‘ib boradi.
Ramazon hayitida hamma uchun bayram kayfiyatini ulashish maqsadida o‘ziga to‘q oilalar kambag‘allarga, beva-bechoralarga fitr-sadaqa berishlari kerak.
To‘g‘ri talaffuz me’yorlarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limiga orfoepiya (yunoncha: orfo – «to‘g‘ri», epos – «so‘zlamoq», «nutq») deyiladi. To‘g‘ri yozish me’yorlarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limiga orfografiya (yunoncha: orfo –«to‘g‘ri», grafo –«chizmoq») deyiladi.
LOTIN YOZUVIGA ASOSLANGAN YANGI O‘ZBEK ALIFBOSI
Bosma
|
Yozma
|
Harf nomi
|
Bosma
|
Yozma
|
Harf nomi
|
Aa
|
|
а
|
Qq
|
|
qe
|
Bb
|
|
be
|
Rr
|
|
er
|
Dd
|
|
de
|
Ss
|
|
es
|
Ee
|
|
e
|
Tt
|
|
te
|
Ff
|
|
ef
|
Uu
|
|
u
|
Gg
|
|
ge
|
Vv
|
|
ve
|
Hh
|
|
he
|
Xx
|
|
xe
|
Ii
|
|
i
|
Yy
|
|
ye
|
Jj
|
|
je
|
Zz
|
|
ze
|
Kk
|
|
ke
|
O‘o‘
|
|
o‘
|
Ll
|
|
el
|
G‘g‘
|
|
g‘e
|
Mm
|
|
em
|
Sh sh
|
|
she
|
Nn
|
|
en
|
Ch ch
|
|
che
|
Oo
|
|
o
|
Ng ng
|
|
nge
|
Pp
|
|
pe
|
|
Asos va qo‘shimchalar imlosi
K undoshi bilan tugagan so‘zlarga jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi -ga, chegara ma’nosini bildiruvchi -gacha, ravishdosh shaklini yasovchi -gach, -guncha, -gani, -gudek, sifatdosh shaklini yasovchi -gan, buyruq maylining II shaxs ko‘rsatkichi -gin, shuningdek, -gina qo‘shimchasi qo‘shilganda bu qo‘shimchalarning bosh tovushi k aytiladi va shunday yoziladi: tokka, yo‘lakkacha, ko‘nikkach, zerikkuncha, to‘kkani, kechikkudek, bukkan, ekkin, kichikkina.
Q undoshi bilan tugagan so‘zlarga jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi -ga, chegara ma’nosini bildiruvchi -gacha, ravishdosh shaklini yasovchi -gach, -guncha, -gani, -gudek, sifatdosh shaklini yasovchi -gan, buyruq maylining II shaxs ko‘rsatkichi -gin, shuningdek, -gina qo‘shimchasi qo‘shilganda bu qo‘shimchalarning bosh tovushi q aytiladi va shunday yoziladi: chopiqqa, qishloqqacha, yoqqach, chiqquncha, chiniqqani, qo‘rqqudek, achchiqqina.
Qolgan barcha hollarda, so‘z qanday tovush bilan tugashidan va bu qo‘shimchalarning bosh tovushi k yoki q aytilishidan qat’i nazar, g yoziladi: bargga, pedagogga, bug‘ga, tog‘ga, og‘gan, sig‘guncha...
Topshiriq. Quyidagi qoidani o‘qing va siz ham mustaqil ravishda misollar keltiring.
K yoki q undoshi bilan tugagan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga, shuningdek, ayrim bir bo‘g‘inli so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda k undoshi g undoshiga yoki q undoshi g‘ undoshiga aylanadi va shunday yoziladi: tilak-tilaging, o‘rtoq-o‘rtog‘ing, …
Topshiriq. Quyida berilgan so‘zlarda qo‘llanilgan ng harflar birikmasining talaffuzini tushuntiring.
Keng, eng, ming, yengil, singil, ko‘ngil.
Ng harflar birikmasi bitta til orqa undoshini ifodalab, so‘z boshida kela olmaydi: yangi, dengiz, keling, tong, ming, teng.
Bu harflar birikmasini ikkita alohida n va g undoshlarini ifodalovchi harflarning yonma-yon kelishidan farqlash lozim. Ng harflar birikmasi bir bo‘g‘in tarkibida, n va g harflari boshqa-boshqa bo‘g‘inlar tarkibida keladi. Solishtiring: shud-ring, ko‘-ngil, si-ngil, ko‘rdi-ngiz; men-ga, osmon-ga, kon-gress, shtan-ga.
Topshiriq. Avval ng undoshi ishtirok etgan so‘zlarni, keyin alohida n va g tovushlari yonma-yon ishtirok etgan so‘zlarni ko‘chiring.
Menga, unga, ingramoq, kenglik, mingashmoq, dengiz, tanga, jiringlamoq, ko‘ngil, alanga, sening, tonggi, tungi, dangasa, zang, donga, jonga, bong, donga.
Do'stlaringiz bilan baham: |