1. Seminar mashg‘ulot tushunchasining mohiyati.
Seminar mashg‘ulotlari
davomida o‘qituvchi va talaba o‘rtasida ikki tomonlama yaqin aloqa o‘rnatiladi,
jonli suhbat olib boriladi, o‘zaro fikr almashish va turlicha qarashlarni ifoda etish
jarayonida fanning xususiy masalalarini chuqur o‘rganish maqsadini amalga
oshiradi. Bunda zamonaviy pedagogik texnologiyaning interfaol usullari qo‘l
keladi. Bu usullar yordamida o‘tkazilgan seminar mashg‘ulotlaridan asosiy maqsad
– talabalarning faol ishlashi va mustaqil fikrlashi, o‘z-o‘zini baholash va boshqa
larning fikrlarini hurmat qilish, mustaqil ishlash hamda guruhda ishlash
ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
2. Amaliy mashg‘ulot tushunchasining mohiyati.
Amaliy mashg’ulot darslari
o`quvchilarning mustaqil ishlash qobiliyatlari shakllantiriladi. O`z bilimlarini
chuqurlashtiradi va mustahkamlaydi.
Amaliy mashg`ulot darslarini ikki turga ajratish mumkin, bular ma`ruza darsi
mavjud bo`lgan va ma`ruza darsi mavjud bo`lmagan fanlardan (chet tili),
o`tkaziladigan mashg`ulotlardir. Amaliy mashg`ulot darslari fanning dasturlari
hamda tematik rejalariga qat`iy amal qilingan holda o`tkaziladi.
Amaliy mashg`ulot darslariga o`qituvchi juda puxta tayyorgarlik ko`rishi talab
etiladi. U amaliy mashqlar yechish davomida paydo bo`ladigan har qanday
muammolarni atroflicha o`quvchilarga tushuntirib berish qobiliyatiga ega bo`lishi
lozim.
O`qituvchi har bir amaliy mashg`ulot darsini o`tkazish rejasini puxta tuzib chiqishi
kerak. Uni qanday yangi pedagogic texnologiyalaridan yoki yangi interaktiv
usullardan foydalanishni aniqlab olishi zarur. Kerakli ko`rsatma va tarqatma
materiallarini oldindan tayyorlab qo`yish talab etiladi. Amaliy mashg`ulotda yangi
pedagogic texnologiyalar yoki interaktiv usullardan foydalanish uchun
imkoniyatlar katta bo`ladi. O`qituvchi darsga kirib tashkiliy ishlarni o`tkazadi,
auditoriyani darsga tayyorgarligi yozish va o`cherish vositalarining mavjudligi
hamda o`quvchilarning davomati aniqlanadi. Amaliy mashg`ulot darslarida savol-
javoblar, diskussiyalar tashkil qilinadi, faol ishtirok etgan talabalar rag`batlantiradi.
Amaliy mashg`ulot darslarini dastur bo`yicha sifatli o`tilishini talabalar bilimining
o`z vaqtida adolatli va xolisona baholanishini fandan ma`ruza olib boruvchi
o`qituvchi muntazam nazorat qilib borishi shart. Shuningdek amaliyot o`qituvchisi
bilan dastur bajarilishi uchun amaliy darslarda nimalarga alohida e`tabor
qaratilishi, ma`ruzada mavzularni qaysi qismlari kam yoki ko`proq yoritilgani va
boshqa o`quv-uslubiy masalalarda maslahatlashib fikrlashib turishlari lozim.
3.Bunday mashg’ulotlarning o’xshash va farqli xususiyatlari. Seminar
mashg`uloti talabalar bilimini chuqurlashtirib mustahkamlaydi. Har bir seminar
mashg`ulotining rejalari va foydalaniladigan adabiyotlar ro`yxati ishchi dasturda
to`liq aks etadi. Shuningdek, seminar mashg`ulotlarining rejalari kundalik dolzarb
ma`lumotlar bilan boyitiladi, kafedra yig`ilishlarida muhokama qilinadi va
tasdiqlanadi.
Ayniqsa ijtimoiy – iqtisodiy fanlar bo`yicha seminar mashg`ulotlarining savollari
kundalik yangiliklar va senat Oily majlis qarorlari, jahon moliyaviy iqtisodiy
inqirozi bo`yicha materiallar bilan to`ldiriladi. O`qituvchi har bir amaliy-seminar
mashg`ulot darsi uchun zarur ko`rsatmali va tarqatmali materiallarni oldindan
tayyorlab qo`yishi zarur.
Amaliy mashg`ulotda ko`proq o`quvchilar guruhini bir nechta kichik guruhlarga
ajratib o`qitishning aqliy hujum, bahs-munozara, suhbat metodlaridan foydalanish
maqsadga muvofiqdir. Bu metodlar o`quvchilarni mavzu yuzasidan ko`proq
mustaqil fikr yuritishga, o`z fikrini bayon etishga undaydi. Darsga bo`lgan
qiziqishlarini oshirib, diqqatlarini jamlashga o`rgatadi. Bundan tashqari amaliy
mashg`ulot so`ngida o`qituvchi har bir o`quvchining faoliyatini togri va xolisona
baholashga erdishishi zarur. Shuningdek, baholarni e`lon qilib faol o`quvchilarning
familiyalarini aytib rag`batlantirishi va aksincha passiv, nutqi rivojlanmagan yoki
uyatchan o`quvchilarga yengil tanbeh berishi ham muhim ahamiyatga ega.