3 - §. Matematika oqitish metodikasi .
Matematika, bilish maqsadiga yonaltirilgan va belgili jarayonga asoslangan amallar sistemasidan iboratdir. Oquvchilarga matematika oqitish maqsadini nazarda tutib, ozimizga shunday savollar berish mumkin:
Oqitish va bilish jarayonlarini qaysi yonalishda olib borish maqsadga muvofiq. Xususiy xulosalardan umumiy xulosalar chiqarishgami yoki teskarisigami?
Oqitishning qanday formalari maqsadga muvofiq:
Sohbat shaklida oqitishmi;
Bayon qilish bilan oqitishmi;
Maqsadga yonaltirilgan tanlangan masalalar yechishmi;
Kitob oqish shaklidami.
Bulardan qaysi biri shaklida oqitishni aniqlash uchun matematikani ozlashtirish va bilib olishlarini taminlash sifatida va orgatish formasi sifatida qarab ajratish mumkin.
Bunda oquvchilarning bilishlarini taminlashga indiktuv, deduktiv, analiz va sintez oqitish metodlarini kiritish mumkin.
Oqitishning induktiv usili
umuman induksiya deb xususiy fikrlardan umumiyroq fikrga boraturgan xulosaga aytiladi.
Induksiyaga asoslanib oqitish usulini induktiv oqitish usuli deyiladi. Matematikaning hisoblash amallarini bajarishda, yani masalalarni organishda induktiv usuldan foydalaniladi. Agar biror misol, mashq yoki masalani induktiv usul bilan darsni olib borish uchun dastlab oqituvchi bir necha sodda masalalarni tanlab oladi, ularni sinfda tahliliy izohlar bilan yechadi. Masalalarni birin ketin yechib, oquvchilar masalalarning xossalarini, yechish yollarini anglaydi va tushuna boshlaydilar va navbatdagi masalalarni yechishda ulardan foydalaniladilar.
Oqitishning deduktiv usuli
Deduktiv deb umumiy fikrlardan xususiy fikrlar chiqarish yoliga aytiladi. Deduktivga asoslangan oqitish usuliga deduksiya usuli deyish mumkin. Deduksiyaga asoslangan isbotlar ushun ancha tajribaga ega bolishlikni talab qiladi. Bu matematikaning keyingi bosqichlarini oqitishda qollaniladilar. Bazi
Murakkab tushunchalarni organishda induktiv muhokamalar deduktiv muhokamalar qoshila boshlaydilar. Masalan, oquvchi 586 sonini 34 ga kopaytirishda oldin 586 ni 30 ga kopaytiradilar. Songra 586 ni 4 ga kopaytirib hosil qilingan kopaytmalarni qoshadi. Oquvchiga bunday qilish aytilmagan bolsa ham, oquvchi oziga malum bolgan tushunchaga asoslanadi. Oquvchining oldindan malum bolgan tushunchadan foydalanishi deduktiv usuldan foydalanish hisoblanadi.
Metodlar haqidagi masala o`qitishda yuqori ta'lim va tarbiyaviy natijalarga erishish uchun qanday o`qitish haqidagi masaladir.
Pedagogikada turli metodlar qaraladi, jumladan ilmiy tadqiqot metodlari mavjud.
Ilmiy tadqiqot metodlari bu qonuniy bog`lanishlarni, munosabatlarni, aloqalarni o`rnatish va ilmiy nazaryalarni tuzish maqsadida ilmiy informatsiyalarni olish usullaridir.
Ko`zatish, ekspriment, maktab hujjatlarini o`rganish, o`quvchilar ishlarini o`rganish, suhbat va anketalar o`tkazish ilmiy - pedagogik tadqiqot metodlari jumlasiga kiradi. So`nggi vaqtlarda matematik va kibernetik metodlardan, shuningdek modellashtirish metodlaridan foydalanish hollari ko`zatilmoqda.
Boshlang`ich matematika o`qitish metodikasida butun pedagogika tadqiqotlarda qollaniladigan metodlarning pedagogik o`zidan foydalaniladi.
Kuzatish metodi. odatdagi sharoitda kuzatish natijalarini tegishlicha qayd qilish bilan pedagogik jarayonni bevosita maqsadga yonaltirilgan holda idrok qilishdan iborat. Kuzatish metodidan o`quv tarbiya ishining u yoki bu sohasida ishning qanday borayotganini o`rganish uchun foydalaniladi, bu metod o`quvchi va o`qituvchi faoliyatlari haqida majbur qilinmagan tabiiy sharoitda faktik material to`plash imkonini beradi. Bu metodning asosiy afzalligi shundan iboratki, u pedagok hayotining, haqiqatning bevosita manzarasini tasavvur qilish imkonini beradi.
Ko`zatish jarayonida tadqiqotchi o`quv jarayonining odatdagi borishiga aralashmaydi. Ko`zatish aniq maqsadni ko`zlangan reja asosida qisqa yoki uzoq vaqt oralig`ida davom etadi. Kuzatishning borishi, faktlari, sodir bo`layotgan voqealar, jihozlar kuzatish kundaligiga diqqat bilan qayd qilib boriladi.
Kuzatish tutash yoki tanlama bo`lishi mumkin. Tutash kuzatishda kengroq olingan hodisa (masalan, matematika darslarida kichik yoshdagi o`quvchilarning bilish faoliyatlari), tanlama kuzatishda kichik kichik hajmdagi hodisalar (masalan, matematika darslarida o`quvchilarning mustaqil ishlari) kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |