4.2. Kopaytirishning orin almashtirish xossasi.
Kopaytirishning o'rin almashtirish xossasi bilan tanishganda o'quvchilar kopaytirish amalining manosiga tayanib, natijasini topib misollar juftligini korib chiqadilar (yani kopaytmani yigindi bilan almashtiradilar). Kuzatish va taqqoslash usullarini qollash jarayonida «kopaytuvchilarning orni almashgani bilan kopaytma o'zgarmaydi» degan xulosaga keladilar. Kopaytirishning o'rin almashtirish xossasini ozlashtirish katta amaliy ahamiyatga ega, chunki ko'paytirish jadvalini tuzishda eslash kerak bolgan jadvalning son qatorlarini qisqarishga imkon beradi.
Topshiriqlar.
3 01. «Ko'paytruvchilarning o'rnini almashtirish» mavzusi boyicha dars lavhasining turli variantlarini ko'rib chiqing (II- sinf. Yangi mavzuni organish boyicha dars). O'qituvchi oqitishning qaysi metod va usullarini qo'lladi? Har bir holda qaysi misol yetakchi hisoblanadi?
I-variant.
Doskada rasmlar: v)
a)
b)
Oqituvchi savollar beradi. Oquvchilarning javoblari qavslarda keltirilgan.
a) to'gri tortburchakdagi nechta kvadrat borligini qanday bilish mumkin? (Har bir qatordagi kvadratlar sonini (6) hisoblab, qatorlar soniga (3) kopaytirish: 6x3 hamda har bir ustundagi kataklar sonini (3) hisoblab, ustunlar soniga (6) ko'paytirish mumkin: 3x6. Ko'paytmani yigindi bilan almashtirib, natijani hosil qilish mumkin: 6x3=18, 3x6=18).
b) va v) rasmlar bilan oxshash ish olib boriladi.
Biz kvadratlarni 2 xil usul bilan hisobladik chiqqan natijalar haqida nima deyish mumkin? (Natijalar bir xil).
Har bir juftlikning misollarini taqqoslang. Ularning oxshash va farqi nimada?
Keyin qoida tariflanadi.
II-variant.
4 va 3 sonlarining ko'paytmasini yozing. Natijani hisoblang. (Oquvchilar ko'paytmani yigindi ko'rinishida yozib, uning natijasini hisobladilar: 4x3=12).
3 va 4 sonlarining ko'paytmasini yozing. Natijani hisoblang. (3x4=12). Quyidagi hollar uchun kopaytmalar oxshash yoziladi va ularning qiymatlari hisoblanadi.
5x4=20, 4x5=20; 6x2=12, 2x6=12;
Etibor bering, har bir juftlikdagi kopaytuvchilar almashgani bilan kopaytma o'zgarmaydi. Qanday xulosa qilishimiz mumkin? Qoida keltiriladi.
III-variant.
Berilgan ifodalarning qiymatlarini mustaqil toping:
3x4 5x4 6x2
4x3 4x5 3x6
Har bir juftlikdagi misollarni taqqoslang. Siz nimani sezdingiz? Xulosani kim aytadi?
IV-variant.
Berilgan ifodalarning qiymatlarini mustaqil toping.
6+3 7+4 8+4
3+6 4+7 4+8
Topshiriqni bajarishda qanday xossadan foydalanish mumkin? (Qoshishning orin almashtirish xossasi).
Oylab koring, ko'paytirish uchun orin almashtirish xossasi bajarilganligini qanday bilish mumkin?
Oquvchilar analogiya boyicha kopaytmalar juftligini yozadilar va ularning qiymatlarini kopaytmani yigindi bilan almashtirib topadilar.
Siz qaysi variantni tanladingiz? Nima uchun?
302. Kopaytirishning o'rin almashtirish xossasini organish bosqichlariga mos ravishda 2 tadan mashq tuzing (yoki darslikdan tanlang):
1) Xossani amaliy vaziyatda kuzatish;
2) Qoidani umumlashtirish va tariflash;
3) Kopaytirishning orin almashtirish xossasini mustahkamlash;
Do'stlaringiz bilan baham: |