O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov, Tollibay Boltayevich Mustanov


Ba'zi tetratsiklinlar va levomitsetinning kimyoviy tuzilishi



Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet495/534
Sana14.04.2022
Hajmi10,08 Mb.
#552287
1   ...   491   492   493   494   495   496   497   498   ...   534
Bog'liq
FARMAKOLOGIYA . Дарслик. 2020

 
Ba'zi tetratsiklinlar va levomitsetinning kimyoviy tuzilishi 
Tetratsiklinlarni 
penitsillin 
va 
streptomitsinga 
chidamlilik 
ortirgan 
mikroorganizmlarni yoki ushbu antibiotiklarga sensibilizatsiyalangan bemorlarda 
qo‘llaniladi. Odatda ularni har 4-8 soatda ichish tavsiya etiladi. Bundan tashqari 
suvda eriydigan tuzlarini parenteral (tomir, mushak, bo‘shliqlar ichiga) kiritiladi. 
Kuchli mahalliy qo‘zg‘otuvchilik xossasiga ega bo‘lganligidan tetratsiklinlarni 
bosh miya qobig‘lari ostiga kiritmaydilar.


- 855 -
Surtma sifatida ularni ko‘proq ko‘z hastaliklarida (ayniqsa traxomada) 
mahalliy qo‘llaniladi. Tetratsiklinlar qator noxush ta'sirlar ko‘rsatadilar. Jumladan 
ular allergik reaksiyalar rivojlantirishi mumkin. Bunda terini jarohatlanishi, yengil 
istimalash va boshqalar kuzatilishi mumkin. Tetratsiklinlarga allergiya penitsillin 
va sefalosporinlarga nisbatan anchagina kam rivojlanadi. 
Noallergik tabiatli noxush ta'sirotlardan avvalam bor mahalliy qitiqlovchi 
ta'sirni ko‘rsatish kerak (ayniqsa u oksitetratsiklinda kuchli namoyon bo‘ladi). 
Ichilganda dori vositaning ana Shu xossa dispepsik buzilishlar (ko‘ngil aynash, 
qayt qilish, diareya), glossit, stomatit va ovqat hazm qilish trakti shilliq qavati 
tomonidan boshqa o‘zgarishlarning asosiy sababi hisoblanadi. Mahalliy qitiqlovchi 
ta'siri tufayli mushak ichiga kiritilganda og‘riq, tomirga kiritilsa tromboflebitlar 
rivojlanishi mumkin. Tetratsiklinlar biroz gepatotaksiklik xossasiga egadirlar 
(asosan oksitetratsiklin). Tetratsiklinlarni homiladorlikning ikkinchi yarimida va 
bolalarda ehtiyot choralarini ko‘rib qo‘llash lozim. Bu tetratsiklinlarning suyak 
to‘qimasida jumladan tish to‘qimasida kalsiy tuzlari bilan xelat birikmalar hosil 
qilishi tufayli depolanishi bilan bog‘liq. Shu tufayli skeletning shakllanishi 
buziladi. Tishlarning rangi o‘zgaradi va jarohatlanadi. Tetratsiklinlarning noxush 
ta'sirotlaridan biri bo‘lib ularni fetosensibilizatsiya
1
chaqirish va u bilan bog‘liq 
dermatitlar rivojlanish hisoblanadi (ayniqsa demeklotsiklin). Modda almashinuviga 
ta'sir ko‘rsatish tetratsiklar uchun oddiy hol hisoblanadi. Ular oqsil sintezini 
susaytiradilar 
(antianabolik 
ta'sir), 
organizmdan 
natriy 
ionlari, 
suv, 
aminokislotalarni, ayrim vitaminlarni va boshqa birikmalarni ajralishini 
kuchaytiradilar. Minotsiklin vestibulyar buzilishlarni rivojlantirishi mumkin. 
Superinfeksiya vujudga kelishi tetratsiklinlar bilan davolashga juda xos asoratdir. 
Ta'sir spektri keng bo‘lgan antibiotiklardan hisoblangan tetratsiklinlar ovqat hazm 
qilish traktining saprofit florasini rivojlanishiga salbiy ta'sir ko‘rsatib 
kandidamikoz, stafilokokklar, protey, ko‘k yiring tayoqchasi bilan chaqirilgan 
superinfeksiyani yuzaga kelishiga imkoniyat tug‘diradilar. Eng ko‘p xavf 
tug‘diradigan asoratlari bu stafilakokklar qo‘zg‘atgan enterokolit va zotiljam bo‘lib 
juda og‘ir kechishi mumkin. Saprofit flora rivojlanishiga salbiy ta'sir be'morlarda 


- 856 -

guruhi 
vitaminlarini 
(saprofitlar 
ularning 
sintezida 
qatnashadilar) 
yetishmovchiligining sabablaridan biri bo‘lib, ovqat hazm qilish trakti shilliq 
qavatining tetratsiklinlarning mahalliy qitiqlovchi ta'siri va superinfeksiya 
ta'siridagi jarohatlanishini chuqurlashtiradi. 
____________________________________ 

Grekcha phos (photos) –yorug‘lik (nur), lotincha sensibilis – sezgir 
Kandidamikozni 
oldini 
olish 
va 
davolash 
uchun 
tetratsiklinlarni 
zamburug‘larga qarshi antibiotik nistatin bilan birga qo‘llaniladi. Bundan tashqari 
tetratsiklinlar bilan bir vaqtda V guruhi vitaminlarini berish maqsadga muvofiqdir. 
Kamdan-kam hollarda psevdomembranoz
1
kolit rivojlanishi mumkin. Uni 
vankomitsin bilan davolanadi.Stafilakokk, protey yoki ko‘k yiring tayoqchasi 
qo‘zg‘atgan superinfeksiyani bartaraf etish maqsadga tegishli spektrga ega bo‘lgan 
zamburug‘larga qarshi vositalar qo‘llaniladi. Ma'lum bo‘lgan tetratsiklinlarga 
mikroorganizmlarning chidamliligi rivojlanishi tufayli ushbu guruhning yangi 
hosilalarini izlash qonuniydir. Glitsilsiklinlarni yaratilishi bu boradagi eng keyingi 
yutuqlardan biridir. Bu qatorning istiqbolli birikmalaridan biri bo‘lib tigetsiklin 
hisoblanadi. U tetratsiklinning hosilalariga mansub. Gramm musbat va gramm 
manfiy bakteriyalarga nisbatan yuqori faollikka ega.
Tigetsiklin 
ta'siriga 
ko‘pgina ko‘k yiring tayoqchasi va protey 
chidamlilidirlar. Dori vositani boshqa antimikrob vositalarning, rezistentlik 
rivojlanishi tufayli samarasiz bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. 

Download 10,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   491   492   493   494   495   496   497   498   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish