- 717 -
Sulfinpirazon trombositlar agregasiyasini kamaytiradi. Me’da- ichak traktidan
yaxshi so’riladi. Ta’siri tahminan 10 s. Dori vosita va uning metabolitlari buyrak
orqali ajraladi. Eng xos bo’lgan nojo’ya ta’siri ovqat hazm qilish trakti shilliq
qavatiga salbiy ta’siridir (shu sababli dori vositani ovqat bilan birga qabul qilish
kerak).
Allergik reaktsiyalar, peshob yo’llarida tosh hosil bo’lishi mumkin.
Kamdan kam hollarda qon hosil bo’lishini susaytiradi. Xuddi shunday urikozurik
ta’sirga probenetsid va etamid ham egadirlar.Bundan tashqari ikkala dori vosita
ham anturan kabi benzilpenitsillin va ko’pgina boshqa buyrak naychalarida
sekretsiya yo’li bilan ajraladigan moddalarni ekskretsiyasini kamaytiradilar.
Probenetsid benzoy kislotasining hosilasidir. Enteral yo’l bilan kiritilganda
yaxshi so’riladi. Qon zardobida maksimal konsentratsiyasi o’rta xisobda 3 soatdan
keyin yuzaga chiqadi. Ta’siri davomli ( t
1/2
=8-10 soat). Dori vositaning ko’p qismi
qon zardobi oqsillari bilan bog’lanadi, u buyrak orqali asosan sekretsiya yo’li bilan
ajraladi. Probenetsid ovqat hazm qilish trakti shilliq qavatini ta’sirlantirishi, terida
allergikreaktsiyalar rivojlantirishi, buyrakda toshlar hosil qilish mumkin.
Etamid ham benzoy kislotasining hosilasiga mansubdir. Tuzilishi bo’yicha
probenetsidga o’xshash. Ichakdan yaxshi so’riladi.
Bemorlar yaxshi qabul
vositalar ta’sir qilish joyi. 1-Filtratsiya; 2,4-reabsorbsiya; 3-sekretsiya.
Podagrani davolashda qo’llaniladigan vositalar qatoriga qonda peshob kislotasi
miqdorini kamaytiruvchi hamda yallig’lanishga qarshi vositalar kiradi. Qonda
peshob kislotasi miqdorini ikki yo’l bilan kamaytirish mumkin. Peshob
kislotasini ajralishini osonlashtiruvchi dori vositalarni
urikozurik vositalar
deb
ataladi. Ularga anturan, etamid, probenetsid, benzbromaronlar tegishli .
Ularni
podagrani oldini olish uchun qo’llaniladi
Sulfinpirazon (anturan) pirazolin unumi bo’lib tuzilishi bo’yicha butadionga
o’xshash. Katta dozalarda buyrakning proksimal naychalarida peshob
kislotasining reabsorbtsiyasini susaytirib uni peshob tarkibida ajralishini
oshiradi. Kichik dozalarda peshob kislotasining sekretsiyasini kamaytirib uni
organizmda ushlanishiga olib keladi. Buyrak orqali benzilpenitsillinni ajralishini
ham kamaytiradi.
- 718 -
qiladilar. Dispeptik o’zgarishlar, peshobda uratlarni cho’kmaga tushishi va
konkrementlar hosil bo’lishi mumkin.
Benzbromaron (normurat, xipurik) samarador urikozurik vositadir. U
proksimal naychalarda peshob kislotasini reabsorbtsiyasini susaytiradi.
Bundan
tashqari purin asoslarini sintezini kamaytiradi va peshobdan siydik kislotasini
so’rilishini kamaytiradi. Ovqat hazm qilish traktidan to’liq so’riladi. Bemorlar
yaxshi qabul qiladilar. Ba’zi bemorlarda diareya va qichishadigan toshmalar
kuzatiladi.
Podagraga qarshi dori sifatida ba’zan urodan qo’llaniladi. Ushbu murakkab
(imperazin va litiy tuzlari) sochmaning tarkibiy qismlari peshob kislotasi bilan
oson eruvchan birikmalar hosil qiladilar va bu organizmdan
peshob kislotasini
ajralishiga imkon beradi.
Organizmda peshob kislotasining xosil bo’lishini susaytiruvchi vositalarga
allo-purinol (milurit) mansubdir.U tuzilishi bo’yicha gipoksantinning analogidir.
Organizmda alloksantinga aylanadi va u peshob kislotasi hosil bo’lishiga to’sqinlik
qiladi, ammo faolligi bo’yicha allopurinoldan kuchsizroqdir. Ikkala birikmaning
ta’sir mexanizmini ularni ksantinoksidaza faolligini susaytirishi va shu tufayli
Allopurinol
Alloksantin
Purinlar
Gipoksantin
Ksantinoksidaza
Ksantin
Ksantinoksidaza
Siydik kislota
Susaytiruvchi ta’sir
- 719 -
gipoksantin va ksantindan peshob kislotasini hosil bo’lishiga to’sqinlik qilishlari
bilan tushuntiriladi . Allopurinol ta’sirida peshob bilan peshob kislotasi o’rniga
oson eruvchan gipoksantin va ksantin ajraladi.
Allopurinol
ichakdan
tez so’riladi. Qon zardobida maksimal
konsentratsiyasi 1-2 soat orasida kuzatiladi. Qon zardobida
peshob kislotasining
miqdori 7-10 kundan keyin normallashadi. Uni to’qimalarda to’planib qolgan
cho’kmalarining so’rilib ketishi bir necha oylardan keyin kuzatiladi. Allopurinol va
uning metabolitlari buyrak orqali ajraladi. Allopurinolni so’rilmagan 20 % ichak
orqali ajraladi. Dori vositani bemorlar yaxshi qabul qilishadilar. Terida allergik
reaktsiyalar, dispepsiya, podagrani kuchayishi mumkin,
kamdan kam hollarda
anemiya kuzatiladi.
Ko’rib chiqilgan podagrani davolash vositalari podagrani surunkali
kechishida qo’llaniladi. Asosiy maqsad peshob kislotasi almashinuvini
normallashtirish, xastalik xurujlarini oldini olishdan iborat. Peshob kislotasi
tuzlarining mikrokristallarini (urat) biriktiruvchi to’qimalardagi cho’kmalariga
nisbatan rivojlangan yallig’lanishdan iborat bo’lgan podagraning o’tkir xurujlarida
yallig’lanishni va og’riqni bartaraf etuvchi yallig’lanishga qarshi vositalarni
qo’llash lozim.Ushbu maqsadda glyukokortikoidlarni va nosteroid tuzilishga ega
bo’lgan dori vositalarni (diklofenak natriy,
butadion, indometatsin va boshqalar)
qo’llash mumkin. Kolxitsin
Do'stlaringiz bilan baham: