O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov, Tollibay Boltayevich Mustanov


Gipolipidemik vositalar ta’sirida yuzaga keluvchi asosiy o’zgarishlar



Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet409/534
Sana14.04.2022
Hajmi10,08 Mb.
#552287
1   ...   405   406   407   408   409   410   411   412   ...   534
Bog'liq
FARMAKOLOGIYA . Дарслик. 2020

Gipolipidemik vositalar ta’sirida yuzaga keluvchi asosiy o’zgarishlar.
ZPLPning plazmadagi miqdori kamayadi. Shu bilan bir qatorda ZPLP va 
xolesterinni jigarda katabolizmi ortishi kuzatiladi. ZJPLP va triglitseridlarning 
konsentratsiyasi avval ortadi, keyinchalik davolash jarayonida avvalgi holiga 
qaytadi. ZYuLPning qon zardobidagi miqdori o’zgarmaydi yoki bir oz ortadi. Dori 
vosita ichiladi. Nojo’ya ta’sirotlar sifatida qabziyat, ko’ngil aynishi, qayt qilish 
qayd etilgan.
Xolestiramindan tashqari, safro sekvestranti sifatida boshqa yuqori 
molekulyar 
ion 
almashinuv 
qatroni 
– kolestipol (dietilpentamin va 
epixlorgidrinsopollimeri). U xolestiraminga nisbatan birmuncha yaxshi ta’mli 
bo’lib, tahminan teng samaradorlikka ega. Ichakdan xolesterinni so’rilishiga beta – 
sitosterin(o’simliklarda uchraydigan steroid birikma) ham to’sqinlik qiladi. 
Insonlarning jarohatlanmagan ichagidan deyarli so’rilmaydi, ammo uning barerlik 
funktsiyasining buzilishida qonga o’tadi va ksantomalarni hosil bo’lishiga olib 
kelishi mumkin. Endogen va ekzogen xolesterinni absorbtsiyasiga qarshilik 
ko’rsatadi. Bu beta-sitosterinning xolesterinni so’rilishi uchun zarur bo’lgan safro 
kislotalari bilan bog’lanishiga bog’liq. Bu – sitosterin xolesterin bilan ham 
kompleks birikma hosil qiladi va shu sababli najas tarkibida xolesterin ko’p 
miqdorda ajraladi. Jigarda xolesterinni sintezi kompensator kuchaysada qon 
zardobida xolesterin va triglitserid hamda ZPLP miqdori kamayadi. Dori 
vositaning samaradorligi yuqori emas. Tan narxi baland. Dori vositani bemorlar 
yaxshi qabul qiladilar. Diareya, ba’zan ko’ngil aynishi va qayt qilish kabi noxush 
asoratlar bo’lishi mumkin. 


- 701 -
Xolesterinni ekskretsiyasi va katabolizmini osonlashtiruvchi moddalar 
qatoriga polien(to’yinmagan) yog’ kislotalari(linol, linolen va araxidon) kiradi. 
Ular safro va najas tarkibida xolesterin miqdorini oshiradilar hamda uni jigarda 
katabolizmini kuchaytiradilar. Tabobat amaliyotida linetol va araxidon 
(to’yinmagan yog’ kislotalarining etil efiri aralashmasidan iborat). Linetolni zig’ir 
moyidan, araxidonni qoramollarning me’daosti va buyrak usti bezi lipidlaridan 
olinadi. Ikkala dori vosita ham enteral yo’l bilan II – B tip giperlipoproteinemiyani 
kompleks davolash vositalari tarkibiy qismi sifatida qo’llaniladi. Probukol 
(lorelko) kimyoviy tuzilishi bo’yicha bisfenollarga mansub (tokoferolni eslatadi). 
Probukolning gipolipidemik ta’sir mexanizmi to’liq o’rganilmagan. U qon 
zardobida ZPLP miqdorini kamaytiradi, jigarning ZPLPni tutib olishini 
rag’batlantiradi (retseptorlar ishtirokisiz). Triglitseridlar tutgan lipoproteidlar 
miqdoriga deyarli ta’sir etmaydi. U antioksidanlik faolligiga ega ekanligi 
aniqlangan. Shu sababli ZPLP oksidlanishini susaytirib, ularning aterogenligini 
kamaytiradi. Probukolning kamchiligi shundan iboratki, u qonda ZYuLP miqdorini 
kamaytiradi. Dori vosita ichiladi. Sekin va kam so’riladi (tahminan 10%) t
1/2 
~1 oy. 
Ichish to’xtatilgandan keyin 3-5 oy qonda aniqlanadi bunda lipolipidemik ta’siri 3-
6 xafta saqlanadi. Asosan safro bilan ichakka tushadi va najas tarkibida ajraladi. 
Maksimal ta’siri 1-3 oy dan keyin rivojlanadi. Dori vositani bemorlar yaxshi qabul 
qiladilar. Noxush ta’sirlar sifatida ko’pincha ko’ngil aynash, diareya, qorin 
soxasida og’riq kuzatiladi.
Fibratlar guruhiga – fibroyvoy kislota unumlaridan 
iborat bir qancha ahamiyatli dori vositalar mansubdir (gemfibrozil, bezafibrat, 
fenofibrat, siprofibrat). Ular endoteliy lipoproteinlipazasi faolligini oshiradilar
ZPLP 
retseptorlari 
miqdorini ko’paytirib jigarda, ularni endotsitozini 
kuchaytiradilar. 
ZPLPlarni jigarda sintezini va qonga o’tishini ham kamaytiradilar. Bundan 
tashqari kamroq darajada xolesterinni jigarda sintezini to’xtatadi (mevalon 
kislotasini hosil bo’lish bosqichida). Natijada qonda ZJPLP, ozroq darajada – 
ZPLP miqdori kamayadi. 


- 702 -
Samaradorligi bo’yicha gemfibrozil, bezafibrat, fenofibratva siprofibrat 
(lipanor) o’xshash. Ularning farmakokinetikasida ba’zi farq mavjud. Fenofibrat 
(20-25s) va siprofibrat (48s dan ko’proq) eng davomli ta’sir ko’rsatadilar. 
Maksimal klinik ta’sir sekin rivojlanadi (gemfibrozilniki 4 haftadan keyin). 

Download 10,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   405   406   407   408   409   410   411   412   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish