Ikkinchi funksiyasi, korxona va tashkilotlar, davlat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish va mehnat taqsimotining chuqurlashuvi mulkiy shaklidan qa’tiy nazar barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini oshiradi. Xususan, korxona va tashkilotlar ishlab chiqarish jarayonini modernizatsiyalash va kengaytirish, mehnat taqsimotini takomillashtirish, qo‘shimcha aksiyalarni sotib olish va boshqa maqsadlarni amalga oshirishda qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larga kuchli ehtiyoj sezadi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bu ehtiyojining asosiy qismi banklarning kredit berish funksiyasi orqali qondiriladi. Albatta, banklar ushbu funksiyani amalga oshirishda kreditning tegishli tamoyillariga (muddatlilik, ta’minlanganlik, to‘lovlilik, qaytarishlik va maqsadlilik) amal qilgan holda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga tijorat asosida taqdim etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |