O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi



Download 8,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/216
Sana25.06.2022
Hajmi8,22 Mb.
#703124
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   216
Bog'liq
UMUMIY-PSIXOLOGIYA

Eksperiment metodi. 
Eksperiment metodi maxsus asbob va apparatlar yordami bilan psixik jarayonlarning ro‘yo 
berish vaqtini ,masalan, reaksiyalarning tezligi, esda olib qolish, diqqatning ko‘chishi, bo‘linishi, 
o‘quv va mehnat malakalarini hosil bo‘lish tezligini juda aniq o‘lchash mumkin. 
Kuzatish metodining ijobiy tomoni shundaki, bu metod yordami bilan psixik hayot faktlari 
ularning tabiiy suratda ro‘y berishida, borishida va o‘zgarishida olib o‘rganiladi, ya’ni xaqiqatda, 
kishilarning kundalik turmushida qanday ro‘y bersa, o‘shanday holida tekshiriladi. 
Ammo bu metoddan foydalanganda ba’zi bir ung‘aysizlik va qiyinchiliklarni uchratishga 
to‘g‘ri keladi, masalan, bu erda tadqiqotchi psixologning tekshirishi uchun qaysi psixik 
hodisalarning yuzaga chiqishi kerak bo‘lsa, o‘sha hodisalar yuzaga chiqqan kishilarni qidirishga 
yoki biron kishida, ba’zan psixologning o‘zida shu hodisalarning yuzaga chiqishini kutib turishga 
to‘g‘ri keladi. Eksperiment metodidan foydalanganda bu ung‘aysizlik va qiyinchiliklar barham 
topadi yoki kamayadi. Psixologiyada eksperimentning ikki turi: laboratoriya eksperimenti va tabiiy 
eksperiment tafovut qilinadi. 
Laboratoriya eksperimenti. Laboratoriya eksperimentining mohiyati shundaki, tekshiruvchi 
kishi tekshiriladigan psixik hodisani qachon kerak bo‘lsa o‘sha vaqtda ataylab vujudga keltiradi. 
Bunda tekshirilayotgan psixik hodisa tabiiy sharoitda birgalikda sodir bo‘ladigan boshqa psixik 
hodisalar kompleksidan ajratib olinishi mumkin. Tekshiriladigan psixik hodisalar eksperiment 
davomida o‘zgartirilishi, boshqa psixik hodisalar bilan muayyan bir suratda bog‘lanishi, kuch, 
tezlik, hajm va boshqa shu kabi jihatlari o‘lchab ko‘rilishi mumkin. Bu erda muayyan bir psixik 
hodisani vujudga keltirgan sharoit sun’iy yo‘l bilan o‘zgartirilishi, psixik hodisa davom etadigan 
sharoit o‘zgartirilishi mumkin. Shuning uchun ham psixik hodisalarning qonuniyatlari metodi bilan 
tekshirishda yaxshiroq ochiladi. Eksperimental tadqiqotlar o‘tkazishda mahsus metodik materiallar 
– narsa, rasm va so‘zlar, shuningdek mahsus asboblar (masalan, xronoskop) qo‘llaniladi.
Tekshiriladigan hodisalar shu material va asboblar yordami bilan vujudga keltiriladi, 
shuningdek, psixik hodisalarning tezligi, kuchi, hajmi va shu kabilar qayd qilinadi. 
Texnika juda taraqqiy etgan hozirgi zamonda psixologik tadqiqotlar uchun (ayniqsa mehnat 
psixologiyasi sohasida) elektron asboblar va kibernetik metodlar, masalan, modellashtirish usuli 
qo‘llanilmoqda. Eksperimental tadqiqotlar asosan mahsus laboratoriya va institutlarda o‘tkaziladi. 
Ayrim psixik hodisalarni mukammal va aniq, o‘rganish maqsadida psixologiyaga doir ilmiy 
tekshirish muassasalarida mahsus binolar, masalan, tovushni va yorug‘likni o‘tkazmaydigan 
kabinetlar, yorug‘lik ta’sirini o‘zgartirishga moslangan kabinetlar va shunga o‘xshash xonalar 
quriladi. Yosh psixologiyasi bilan pedagogik psixologiyaga doir masalalar yuzasidan ko‘pgina 
eksperimental tadqiqotlar odatda, bolalarboqchalari va maktablarda o‘tkaziladi. Bu tadqiqotlarda 
bolalar o‘rganiladi. Xotira jarayonlarini tekshirishda qo‘llaniladigan quyidagi usul laboratoriya 
eksperimentiga misol bo‘la oladi: eksperiment qilayotgan kishi tekshirilayotgan kishining oldida 
o‘n ikki so‘z qilib beradi. Tekshirilayotgan kishi ana shu eshitgan so‘zlarini belgilangan vaqtdan 
keyin aytadi. Ana shu so‘zlarning qanchalik to‘liq, aniq, va tez aytib berilishi tekshirish 
natijalaridan bilinadi. Xuddi shunday eksperimentlar qilib, so‘zlarni, raqamlarni yoki qanday 
bo‘lmasin boshqa materialni yodlash tezligi, esda nechog‘li mahkam saqlash, unutish tezligi va shu 
kabilarni aniqlash mumkin.

Download 8,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish