O‘zbek tili fonetikasi


Tayanch termin va iboralar



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/118
Sana28.09.2021
Hajmi1,31 Mb.
#188327
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   118
Bog'liq
ozbek tili fonetikasi

Tayanch termin va iboralar 
Singarmonizm, 
unlilar 
reduksiyasi, 
assimilyatsiya, 
metateza, 
fonetik 
moslashtirish,  eliziya,  aferezis,  sinerezis,  dissimilyatsiya,  fuziya,  akkomodatsiya, 
apokopa. 


93 
 
 
OZBEK TILIDA SINGARMONIZM TA’SIRIDA OZGARISHLAR 
 
Reja: 
1. Singarmonizm hodisasi. 
2. Singarmonizmning undoshlarga ta’siri. 
3. Singarmonizmning morfologiyaga ta’siri 
 
O‘zbek  tilida  singarmonizm  ta’siridagi  o‘zgarishlar.  (Buni  bilishingiz 
shart).  Tilshunoslikka  oid  adabiyotlarda  singarmonizmni  unlilarning  moslashuvi, 
ohangdoshligi, 
uyg‘unligi 
(garmoniyasi) 
deb 
ta’rif 
beriladi. 
Ammo 
singarmonizmning asosiy vazifasi so‘zning chegarasini ko‘rsatishdir. Singarmonizm 
hodisasi faqat turkiy tillardagina uchraydi. 
Singarmonizmning  ikki  xil  turi  bor:  1)  tanglay  garmonisi  yoki  palatal 
garmoniya; 2) lab garmoniyasi yoki labial garmoniya. 
Tanglay  garmoniyasi  singarmonizmning  asosiy  turi  hisoblanadi.  Palatal 
garmoniya  so‘zining  asl  ma’nosi  til  garmoniyasi  demakdir.  Tanglay  garmoniyasida 
unlilar  yumshoqlik  yoki  qattiqlik,  til  oldilik  yoki  til  orqalik  jihatdan  bir-biriga 
moslashadi.  Singarmonizmning  tanglay  garmoniyasi  qonuniga  binoan  so‘zning 
boshida  (o‘zakda)  til  oldi  unlisi  kelsa,  so‘z  o‘rtasida  va  oxirida  ham  til  oldi  unlisi 
keladi. So‘z boshida (o‘zakda) til orqa unli kelsa, keyingi bo‘g‘inlarda ham til orqa 
unli keladi, ya’ni o‘zakdagi unlilarga affiks (morfema)lardagi unlilarning moslashuvi, 
uyg‘unlashuvi  shart.  Bu  hol  o‘z  navbatida  minglab  so‘zlarning  talaffuzida 
artikulyatsion  qulaylikka  olib  keladi.  Masalan:  kelamiz,  ketamiz,  gullar,  temirchilik; 
baramыz, qыshlag‘ыmыz, ortag‘ыmыz, buyrыg‘i kabi. 
Lab  garmoniyasida  unlilarning  moslashishi  ikki  tomonlama  bo‘ladi.  Bunda 
unlilar  ham  til  oldilik  va  til  orqalik,  ham  lablanish  nuqtai  nazardan  moslashadi. 
So‘zning boshida lablangan til oldi unlisi bo‘lsa, so‘z oxirida ham lablangan til oldi 
unlisi keladi. Bunday moslashishni hozirgi qirg‘iz tilida uchratish mumkin. Masalan: 
qollor,  kѳldѳr,  bolot,  bolvoyt  va  boshqalar.  Lab  garmoniyasi  o‘zbek  tilida  butunlay 
uchramaydi. 
Singarmonizm  hodisasi,  yuqorida  ta’kidlanganidek,  turkiy  tillardan  boshqa 
tillarda  yo‘q.  lekin  bu  hodisa  turkiy  tillarning  o‘zida  ham  bir  tekisda  uchramaydi. 
Masalan,  boshqird,  yoqut,  qirg‘iz  tillarida  singarmonizmning  har  ikki  turi  ham 
mavjud.  Turkman  tilida  esa  og‘zaki  nutqda  asosan  lab  garmoniyasi  uchraydi. 
Ko‘pgina  turkiy  tillarda  singarmonizmning  tanglay  garmoniyasi  saqlangani  holda 
labial garmoniya kamroq uchraydi yoki deyarli uchramaydi. Chunonchi, ozarbayjon, 
turkman, tatar, qozoq, uyg‘ur tillarining ayrimlarida lab garmoniyasining elementlari 
bor, xolos. 
Hozirgi  o‘zbek  tilida  va  o‘zbek  tilining  ayrim  shahar  shevalarida 
singarmonizmning har  ikki turi ham  deyarli  yo‘q,  ayrim  o‘rinlarda  uning qoldiqlari 
uchraydi, xolos. Qolgan bir guruh shevalarda singarmonizmning tanglay garmoniyasi 
ancha  izchil  uchraydi.  o‘zbek  tilining  ayrim  shevalarida  esa  singarmonizmning 
tanglay  garmoniyasi  hozirgi  kunga  qadar  to‘la  saqlanib  qolgan.  Bunga  qipchoq 
shevalarining deyarli hammasi, o‘g‘uz shevalari va shimoliy o‘zbek shevalari kiradi. 


94 
 
Eski  o‘zbek  adabiy  tilida  esa  singarmonizm  qonuni  ancha  izchil  va  ayrim  hollarda 
to‘lig‘icha amal qilgan. 
O‘zbek adabiy tilida ham ba’zan bir bo‘g‘inli so‘zlarning struktur elementlari – 
unli va undosh tovushlar o‘rtasida tovush qatorlari bo‘yicha o‘zaro xoslanish hollari 
ko‘zga  tashlanadi.  Xususan,  GS,  SGS  strukturali  so‘zlarda  tovushlar  palatal 
garmoniyaga muvofiq birikadi: qil, xil, g‘ish, bil, siz, jil va boshqalar. Ba’zan old va 
orqa qator variantlari ma’no farqlash funktsiyasini ham bajarishi mumkin. Masalan, 
tiq-tik
N.S.Trubetskoy  ham  turkiy  tillardagi  unlilar  garmoniyasini  e’tiborga  olgan 
holda,  yuqoridagi  sakkizta  fonologik  qimmatga  ega  bo‘lgan  unlilar  sistemasi 
mavjudligini  va  ular  faqat  birinchi  bo‘g‘in  uchungina  xos  ekanligini,  keyingi 
bo‘g‘inlar  unlisining  tembr  belgisi  o‘zidan  oldingi  bo‘g‘in  unlilar  ostida  ularga 
muvofiqlashuvini, demakki, tebr oppozitsiyasi neytrallashuvini ta’kidlaydi. 
O‘zbek  tili  uchun  singarmonizm  o‘tkinchi  hodisa  bo‘lganligi  uchun,  bu  tilda 
anglash  (pertseptiv)  va  ajratish  (delimitativ)  funksiyani  leksik  urg‘u  bajaradi. 
Singarmonizm elementlari esa qadimda amalda bo‘lgan hodisaning qoldig‘i sifatida 
namoyon  bo‘ladi.  O‘zbek  tilida  ayrim  affiksal  morfemalarning  bir  necha  palatal  va 
akustik allomorflari mavjud. Bu allomorflar o‘zak morfemaning fonetik xususiyatiga 
mos  holda  qo‘llaniladi.  Demak,  bu  hodisa  morfonologiyaning  o‘rganish  ob’ektidir. 
Masalan, jo‘nalish kelishigining –ga, -ka, -qa, -g‘a, -a variantlari mavjud. Ularning 
har  qaysisining  qo‘llaniladigan  shart-sharoitlari  mavjud.  Shuningdek,  chiqish 
kelishigi  akustik  variantga:  -dan,  -tan.  Ammo  bunday  xususiyat  barcha  affikslar 
uchun  xos  emas.  Xususan,  jo‘nalish  kelishigidan  boshqa  kelishik  formalari  palatal 
allomorflarga ega emas. Egalik, ko‘plik affikslari ham old va orqa qator variantlariga 
ega emas. 
Bir  qator  yasovchi  affikslarda  ham  palatal  variantlilik  kuzatilishi  mumkin. 
Masalan, kichik, qiliq, tepki, suzgich, elak kabi. Ayrim ikki bo‘g‘inli so‘zlar tarkibida 
labial  garmoniyaning  ham  qoldig‘i  uchraydi:  ulug‘,  buyuk,  ulush,  kunduz,  uchqun, 
turg‘un, yugur va boshqalar. Biroq singarmonizmning bu ikki ko‘rinishi ham hozirgi 
o‘zbek tili uchun qadimgi qonuniyatning izidir. 
Bilib  oling!  O‘zbek  tilining  ayrim  shevalarida,  xususan  Namangan  shevasida 
singarmonizmning  boshqa  ko‘rinishi  –  affikslarning  o‘zak  fonetik  xususiyatiga 
moslashish  emas,  balki  o‘zak  unlilarining  affiks  unlilari  xarakteriga  moslashishi 
kuzatiladi. Bunday moslik umlaut hisoblanadi. Umlaut uyg‘ur tili va hozirgi o‘zbek 
tilining  namangan  va  paxtaobob  shevasiga  xosdir.  Umlautning  uch  ko‘rinishi  – 
palatal,  labial  va  lingvial  turlari  mavjud.  Birinchi  turda  birinchi  bo‘g‘inning  orqa 
qator  keng  unilisi  keyingi  bo‘g‘inning  tor  lablanmagan  unlisi  ta’siriga  berilib,  old 
qator  unliga  aylanadi.  Masalan,  namangan  shevasida  toshi-teshi.  Ikkinchi  turda 
birinchi  bo‘g‘inning  keng  lablanmagan  unlisi  keyingi  bo‘g‘inning  lablanmagan 
unlilari  ta’sirida  lablashadi.  Masalan,  paxtaobod  shevasida  temir-to‘mir.  Uchinchi 
turda og‘izning ochilish darajasi o‘zgaradi. Keyingi bo‘g‘inning tor i unlisi ta’sirida 
birinchi bo‘g‘inning old qator keng unlisi o‘rta keng unliga aylanadi. Masalan, uyg‘ur 
tilida kesish-kasish

Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish