X U L O S A
Atoqli shoir va dram aturg Maqsud SHayxzodaning “Jaloliddin Manguberdi” tragediyasini muayyan ilmiy-nazariy muammolar aksosida o`rganish kuyidagi umumlashma-xulosalarga kelishga imkon berdi:
1.Maqsud Shayxzoda zamonaviy o`zbek adabiyotining zabardast namoyandalaridan biri bo`lib, she`riyat, dramaturgiyamiz taraqqiyotiga ulkan hissa qo`shgan.
2. U butun ijodiy faoliyati davomida ikkita dramatik asar yaratgan. Bular “Jaloliddin Manguberdi” va “Mirzo Ulug`bek” tragediyalaridir.
3. “Jaloliddin Manguberdi”, qisqacha qilib aytganda, “Jaloliddin” ikkinchi jahon urushi yillarida yaratilgan bo`lib, o`zbek xalqining mo`g`ul bosqinchilari ga qarshi mandonavor kurashini o`z badiiy olamida tajassum ettirgan.
4. Ba`zi adabiyotshunoslarning fikricha. “Jaloliddin” tragediya emas, qahramonlik dramasidir.Bizning kuzatishimizcha, bunday nuqtai nazar asossiz bo`lib, mazkur asar tragediya janrining barcha asosiy talablariga to`la javob beradi. Jumladan, “Jaloliddin”da boshdan oxir fojiaviy ruh hukmron, bosh qahramon ham o`ta irodali, o`z qarashlariga sobit irodali ulkan shaxsdir. U aksariyat tragediya qahramonlari kabi tarixiy muhit bilan kelisha olmaydi, o`z e`tiqodida barqaror turadi. To`g`ri, bu qahramon aksar tragediyalardagi markaziy obrazlardan farqli ravishda asar intihosida halok bo`lmaydi. Tirik qolib o`z kurashini davom ettirishga ahd qiladi. Bosh qahramonning tirik qolishi tragediya jannrining mohiyatiga zid emas.
5. Dramatik asar, shu jumladan, tragediya sahna uchun mo`ljallab yoziladi. Xususan, tragediyaning foljiaviy mohiyati sahnadagi ijroda, aktyorlarning talqinida to`laqonli namoyon bo`ladi.
6. “Jaloliddin Manguberdi” insoniyat tarixidagi eng ulkan va nihoyatda fojiali urush davrida yozib tugallangan. Asarda o`z ifodasini topgan fojiaviy, shu bilan birga, qahramonona ruh dramaturg ijod etayotgan davrga hamohang edi. SHu sababga ko`ra tragediya tugallangandan so`ng ko`p vaqt o`tmay respublikamizdagi akademik teatr tomonidan sohnaga qo`yildi va tomoshabinlar tomonidan qizg`in kutib olindi.
7. Milliy teatrning o`sha vaqtdagi iste`dodli va fidoyi san`atkorlari tragediya mohiyati va idealini to`g`ri angdadilar va talqin qildilar. “Jaloliddin” tomoshabinlarninng eng sevimli spektakllaridan biri bo`lib qoldi. Jalolidin va uning safdoshlari fashizmga qarshi jang qilayotgan o`zbek asakarlarining, asarda tasvir etilgan mo`g`ul bosqinchilari esa fashistlarning timsoli sifatida qabul qilindi. Bu tragediya tarixiy mavzuda yozilgan bo`lsa-da, zamonaviy mazmunga ega ekanligidan dalolat berardi.
8. “Jaloliddin” tradediyasi va spektakldi garchi o`ta zamonaviy ahasiyatga molik bo`lsa-da, sho`ro rahbariyati va mafkurachilarga ma`qul bo`lmadi. CHunki bu asarda o`zbek xalqining shonli o`tmishi va buyuk qahramonlari faoliyati tasvirlangan edi. Bunday asar xalqning milliy ongi va g`ururini uyg`otishi hamda uni istiqlolga da`vat etishi aniq edi. SHu sababdan spektakl’ sahnaga bir necha marta muvaffaqiyatli ravishda qo`yilgan taqiqlandi, sovet davrining keyingi yillarida qayta sahna yuzini ko`rmadi. Urushdan keyin muallifning qatag`on etilib, eng uzoq muddat – yigirma besh yilga qamalishining eng asosiy sababi ushbu tragediya edi.
9.”Jaloliddin” tragediyasining asosiy ijobiy qahramonlari Vatan va xalq mustaqilligi, baxti uchun kurashuvchi va bu kurashda jonidan ham kechishga tayyor turgan olijanob, mard, fidoyi insonlardir. Bular tragediyaning bosh qahramoni Jaloliddin Manguberdi, uning vatanparvar, oqila singlisi Sultonbegim, matonatli lashkarboshi Temur Malik va boshqalar bo`lib hisoblanadi.
10. Tragediyada, tabiiyki, ijobiy obrazlardan tashqari Buzg`unchilik, urush, fitna-fasod ruhini aks ettiruvchi bir qancha salbiy-yovuzlik mohiyatiga ega personajlar faoliyati ham o`z badiiy ifodasini topgan. Bunday obrazlarni quyidagi guruhlarga ajratib ko`rsatish mumkin:
1) urush, talon-taroj, yomonlik niyati bilan yashaydigan bosqinchilar (CHingizxon va boshqa mo`g`ul no`yonlari);
2) o`z vataniga xiyonat qilgan kimsalar( amir Badriddin, tabib, uning o`g`li YAroqbek);
3) Vatan va xalqmanfaatidan yiroq shuhratparast, kaltabin davlat arboblari( Muhammad Xorzmshoh va uning ayrim amirlari).
11. Tragediyada eng muvaffaqiyatli chiqqan salbiy personaj, bizning fikrimizcha, CHingizxon obrazidir. Bu o`rinda shu narsani aytish lozimki, bu obraz Maqsud SHayxzoda tomonidan tarix haqiqatiga muvofiq ravishda barpo etilgan. U zolim, shafqatsiz, makkor, o`z maqsadiga erishish uchun hech narsadan tap tortmaydigan shaxs tarzida badiiy gavdantirilgan.Dramaturg bu obrazni yaratishda mo`g`ul rahnamosining o`ziga xos, boshqa hukmdorlardan ajralib turadigan xususiyatlarini ham ko`rsatgan. Jumladan, CHingizxon xiyonatkor va xushomad kimsalarni yomon ko`rgan. Garchi bunday kimsalardan o`z maqsadlarini amalga oshirishda foydalansa-da, oxir-oqibat ularni o`ldirib yuborgan. Masalan, u burchini bajarib o`rniga o`ziga yaltoqilik qilgan no`yonni darhol o`ldirishni buyuradi. “O`lsang, ibrat bo`lur, bu ham bir xizmat” deydi shafqat so`ragan no`yonga.
Turkiston moziysida shonli g`alabalar bilan bir qatorda yutqizish, mag`lubiyat ham bo`lgan. Bunday fojialarda oramizdan chiqqan sotqinlar mash`um o`rin tutganlar. Tragediyanavis amir Badriddin, tabib, YAroqbek obrazlari tasviri orvqali xtiyonatkorlikning tub mohiyatini kuchli dramatizm asosida yorita olgan.
Maqsud SHayxzodaning “Jaloliddin Manguberdi” tragediyasi milliy dramaturgiyaning mumtoz namunalaridan biridir. Bu tragediyaning haqiqiy mohiyati milliy istiqlol davrida to`la-to`kis namoyon bo`lmoqda. Bu asar yuksak badiiyat asosida yaratilgan bo`lib, jahon so`z san`atining barkamol namunalari bilan bir qatorda turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |