Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


MAVZU: ODAM SAVDOSI – INSON ERKINLIGIGA TAHDID



Download 2,15 Mb.
bet64/109
Sana18.03.2022
Hajmi2,15 Mb.
#499681
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   109
Bog'liq
2-курс маънавият соати (Lotincha)

MAVZU: ODAM SAVDOSI – INSON ERKINLIGIGA TAHDID


Bugungi kunga kelib, xalqaro terrorizm, narkotrafik va odam savdosi singari transmilliy jinoyatlarning inson xavfsizligiga xuruj qilayotgani bois, ulardan jabr chekayotganlar, afsuski, ko‘pchilikni tashkil etmoqda. Hudud va chegara bilmaydigan bu jinoyatlarning har biri jamiyat taraqqiyoti va davlatlar rivojiga jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Ular orasida, ayniqsa, odam savdosidek og‘ir jinoyat inson hayoti, erkinligi va huquqlarini poymol etib, uning erki, taqdiri va kelajagini oyoq osti qilishi bilan naqadar jirkanch ko‘rinishga ega ekanligini alohida ta’kidlash lozim.
Inson tirik mavjudotlar orasida aql-idrok berilgan ongli mavjudot bo‘lib, u o‘tgan zamonlarda ham ozod va erkin yashashga harakat qilgan. Uni erkidan mahrum qilishga hech kimning haqqi yo‘qligi dunyo hamjamiyati tomonidan tasdiqlangan qonunlarda ham belgilab qo‘yilgan. Biroq bugungi kunda dunyo bo‘ylab odam savdosidek o‘ta xavfli illatning keng tarqalishi inson shaxsi, sha’ni, qadr-qimmati, shaxsiy huquq va erkinliklariga jiddiy tahdid solmoqda. Bu bilan bog‘liq jinoyatlar jahon jamoatchiligini jiddiy tashvish va xavotirga solayotgani ayni haqiqat. Keyingi yillarda odam savdosi tufayli yuzaga kelayotgan global xavf qanchalik ortib borayotgan bo‘lsa, bu jinoyatga qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘lami ham shunchalik kengaymoqda.
Odam savdosiga qarshi kurashish tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida ayollarning Evropadan Amerika va SHimoliy Afrika qit’alariga keng ko‘lamli migratsiyasi hamda ularni Evropaga sotish hodisasi kuzatilgan. Bu hodisaga barham berish maqsadida Parijda 1902 va 1910 yillarda ikkita konferensiya o‘tkazilib, "Oq qullar savdosiga qarshi kurash" nomli butunjahon Konvensiyasi qabul qilingan. Keyinroq ushbu konvensiya "Ayollar va bolalar savdosini yo‘qotish" va "Voyaga etgan ayollar savdosini yo‘qotish" nomli butunjahon Konvensiyalari bilan to‘ldirilgan. Odam savdosi muammosiga qarshi kurashishning keyingi tarixiy jarayonlari sekin-asta rivojlanib, 1948 yilda "Inson huquqlari" umumjahon Deklaratsiyasi qabul qilingan. SHundan so‘ng "Inson huquqlarining Evropa Konvensiyasi", "Qullik xususida"gi Konvensiya, "Qullikni yo‘qotish amaliyoti to‘g‘risida"gi qo‘shimcha Konvensiya, "Bola huquqlari to‘g‘risida"gi Konvensiya, "Ayollarga qarshi diskriminatsiyaning har qanday ko‘rinishlariga qarshi kurash to‘g‘risida"gi Konvensiyalar qabul qilinib, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida qo‘llanila boshlandi.
Ayni paytda transmilliy uyushgan jinoyatchilikning uzviy tarkibiy qismi bo‘lgan bu turdagi jinoyat dunyo miqyosida keng tarqalmoqda. BMT va Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot mutaxassislarining tahliliy
xulosalariga ko‘ra, undan jabr ko‘rganlar soni bir necha millionlarni tashkil qilmoqda. Tashvishlanarlisi, odam savdosi jinoyatidan jabrlanganlarning asosiy qismini ayollar va bolalar tashkil qilmoqda.
Bugungi kunda dolzarb masalalardan biri bo‘lgan odam savdosining oldini olish va unga qarshi kurashish borasida yurtimizda ham qator chora- tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. SHu bilan birga, odam savdosi transmilliy, ya’ni hudud va chegara tanlamaydigan jinoyat ekanligi hisobga olinib, davlatimiz 2003 yil 12 dekabrda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1950 yilda qabul qilingan "Odam savdosi va fohishalikning uchinchi shaxslar tomonidan ishlatilishiga qarshi kurash to‘g‘risida"gi Konvensiyaga qo‘shildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2000 yil
15 noyabrdagi rezolyusiyasi bilan qabul qilingan "Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash to‘g‘risida"gi Konvensiya, shuningdek, odam savdosi, ayniqsa, ayollar va bolalarni sotishning oldini olish, unga chek qo‘yish va buning uchun jazolash to‘g‘risidagi qo‘shimcha bayonnoma ham ratifikatsiya qilindi. SHuningdek, mustaqillik yillarida xorijiy davlatlar bilan uyushgan jinoyatchilik, shu jumladan, odam savdosining xavfli ko‘rinishlariga qarshi kurash haqida bir qator shartnoma va kelishuvlar imzolandi.
O‘zbekiston Respublikasining 2008 yilning 17 aprelidagi "Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi Qonuni va YUrtboshimizning 2008 yil 8 iyuldagi "Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora- tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori mamlakatimizda odam savdosi jinoyatiga qarshi kurashishning milliy qonunchilik asoslarini yaratib berdi. Bundan tashqari, odam savdosiga qarshi kurashish, bunday jinoyat qurbonlarini ijtimoiy himoyalash tadbirlari kompleks xarakterga ega ekanligi inobatga olinib, davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha respublika Idoralararo komissiyasi tuzildi va hozirgi kunda komissiya tomonidan odam savdosi holatlarining oldini olish, aniqlash va ularga chek qo‘yish, uning oqibatlarini minimallashtirish hamda odam savdosidan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatishga qaratilgan bir qator tashkiliy va profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinayapti. Qolaversa, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning odam savdosiga qarshi kurashish masalalarida mahalliy davlat hokimiyati organlari, tibbiyot va ta’lim muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va keng jamoatchilik bilan yaqindan hamkorligi ta’minlanmoqda.
Darhaqiqat, bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan barcha yo‘nalishdagi islohotlarning markazida inson omili turibdi. Islohot islohot uchun emas, inson manfaatlari uchun iborasining amaliyotga tatbiq etilgani ham bejiz emas. Buni YUrtboshimizning: "Bizning siyosiy va iqtisodiy sohalardagi barcha islohotlarimizning pirovard maqsadi yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan iborat. Aynan shuning uchun ham ma’naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta’lim va maorifni yuksaltirish, milliy uyg‘onish g‘oyasini ro‘yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga etkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo‘lib qoladi",-degan fikrlari ham isbotlab turibdi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24-moddasida: "YAshash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir",-deyilgan. Eng achinarlisi, bu jinoyatni sodir etuvchilarning ham, bundan jabr ko‘ruvchilarning ham muddaolari mushtarak. YA’ni engil yo‘l bilan daromad topish istagida jinoyat sodir etish – ikki toifadagi odamlarni ham halokat domiga tortmoqda.
Odam savdosi insonning nafaqat jismoniy kuchini, balki uning salohiyatini, tanasidagi a’zolarini, hattoki ma’naviy qadriyatlarini ham bozorga solishga majbur etmoqda.
XXI asr umumbashariyatga texnika asri bo‘lib keldi. Lekin mazkur asr davrida erishilayotgan yutuqlar qatorida bir muncha, ya’ni qurol-yarog‘, giyohvand moddalar, odam savdolari, xalqaro terrorizm va globallashuv muammolari yuzaga kelayotganligi hech birimizga sir emas.
Insonlar boylik orttirish maqsadida o‘z qarindosh-urug‘lari, mahalladoshlarini turlicha aldovlar bilan Rossiya, Turkiya, Qozog‘iston, Birlashgan Arab Amirliklari, Janubiy Koreyada yaxshi haq to‘lanadigan ishlarga joylab qo‘yishni va’da qilib, noqonuniy yo‘llar bilan olib chiqib ketib, sotib yubormoqdalar. Bunday holat millatimizning fojiasidir. Ayniqsa, bu ishlarga ayollarning aralashganini kechirib bo‘lmaydi.
Dunyo bo‘yicha turli manbalardan olingan ma’lumotlarga qaraganda, odam savdosidan jabr ko‘rganlar soni salkam 200 millonga etgan, deb qayd qilinmoqda. BMT ma’lumotlariga ko‘ra har yili dunyoda o‘rtacha 2,5-3 million kishi odam savdosining qurboniga aylanmoqda. Har yili qariyb 1 millionga yaqin ayollar va bolalar aldov yo‘li bilan chet ellarga sotib yuborilmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2008 yilda respublikamizda mingdan ortiq shaxs odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlardan jabrlangan. Ularning 35-40 foizini ayollar, 10-15 foizini esa bolalar tashkil etadi.
Hozir respublikamizda tuzilgan Idoralararo komissiyasi tomonidan ham bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, odamlarni ogohlantiruvchi
ko‘rgazmali vositalar shahrimizda va viloyatlarda ko‘rinadigan joylarga o‘rnatilmoqda. Xorijda mehnat qilish istagi bo‘lganlar bilan suhbatlar, uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. SHunga qaramay hozir xorijda ming-minglab erkak va ayollar bu baloga giriftor bo‘lib, jafo chekmoqdalar. Ularning ko‘plari hali ham o‘z huquqlarini anglab etmagan, adashgan va Vataniga qaytish yo‘llarini izlayotgan kimsalardir.
Mamlakatimizning o‘zida tirikchilik qilish imkoniyati bo‘laturib, ba’zi yurtdoshlarimizning xorijga olib ketib sotilishi, xo‘rlanishi, qullikka yollanishi na bizga, na millatimizning ma’naviy qadriyatlariga to‘g‘ri kelmaydi. Fikrimizcha, fuqarolarimizning ushbu jinoyat qurboniga aylanishining bir necha sabablari bor:

  • odamlarimizning soddaligi va ishonuvchanligi;

  • tez vaqt ichida moddiy muammolarni hal etish ilinji;

  • engil ish topish orzusi;

  • huquqiy bilimlarga ega bo‘lmaslik;

  • ayrim nopok hamyurtlarimizning g‘ayriinsoniy va g‘ayriqonuniy harakatlari;

  • jinoyatdan jabrlanganlar dunyoqarashining sayozligi;

  • etarli darajada ta’sirchan targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bormaslik.

Mamlakatimizda odam savdosining oldini olish bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. SHu jumladan, Respublika salomatlik va tibbiy statistika instituti, uning hududiy filiallari, tuman va shaharlardagi salomatlik markazlari, sog‘liqni saqlash tizimidagi barcha davolash- profilaktika muassasalari vrachlari hamkorligida o‘tgan davr mobaynida "Odam savdosi va uning salbiy oqibatlari", "Odam savdosidan ogoh bo‘ling!", "Odam savdosi va uning asoratlarini oldini olishda huquqiy va tibbiy bilimlarning ahamiyati", "Odam savdosiga qarshi kurashish" mavzularida aholi o‘rtasida, mahalla, maktab, kollej, litsey va oliy o‘quv yurtlari, korxona va tashkilotlarda odam savdosi hamda uning oldini olishda huquqiy va tibbiy bilimlarning ahamiyatiga oid: 9460 dan ziyod ma’ruza, 4010 dan ziyod davra suhbati, 39590 dan ziyod suhbat, 350 dan ortiq seminar joriy yilning shu davriga qadar olib borildi. Ommaviy axborot vositalari orqali 70 dan ortiq televidenie, 420 dan ziyod radioeshittirish, 70 dan ortiq maqolalar gazetalarda chop etilgan. Aholiga 8835 ta buklet, 14307 ta varaqa, eslatmalar tarqatildi.
Sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari tomonidan joriy yilda "Ogoh bo‘ling, odam savdosi!" mavzusida buklet va "Odam savdosi – davr muammosi" targ‘ibot loyihasi asosida taqdimot matni ishlab chiqildi.
Ishonch telefonlari orqali aholi o‘zi uchun kerakli ma’lumotlardan xabardor bo‘lib kelmoqda. Bulardan tashqari, Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan "Firibgarning tuzog‘iga ilinmang!", "Boshi berk ko‘chaga kirib qolmang!" kabi mavzularda varaqa, buklet va plakatlar aholiga tarqatilib, olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari IIV xodimlari hamkorligida davom ettirilmoqda. Xorijiy davlatlarga borib, og‘ir musibatlarni boshidan o‘tkazib qaytayotgan insonlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil
5 noyabrdagi qarori bilan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qoshida Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish bo‘yicha Respublika reabilitatsiya markazi ochilganligi barchamizga ma’lum. Ushbu markazda odam savdosidan jabr ko‘rganlarni sog‘lom hayot tarziga qaytarish borasida psixologik, huquqiy va tibbiy yordam ko‘rsatib kelinmoqda. CHet elda bo‘lib qaytgan har bir fuqaro oilasi va o‘zining salomatligi haqida qayg‘urib, tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim. Agarda kasallik aniqlansa, reabilitatsiya markazida davolanishlari shart.
Bu erda ularning sog‘lig‘i va ruhiy holati to‘la tekshiruvdan o‘tkazilib, zarur yordam ko‘rsatiladi. Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli ko‘rsatmasiga asosan, markazga yuborilayotganlar birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Ta’kidlab o‘tish muhimki, sog‘lig‘i yomonlashgan, qadr-qimmati poymol bo‘lgan jabrdiydalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan markaz faoliyati alohida o‘ringa ega bo‘lmoqda.
Raqamlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, birgina 2013 yil davomida xorijda bo‘lib qaytgan fuqarolarning 300256 nafari hududiy birlamchi tibbiy sanitariya muassasalari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va ko‘rik natijasiga ko‘ra kasalligi aniqlangan shaxslarga ambulator va statsionar davolash ishlari amalga oshirildi. YAshash manzillaridagi davolash- profilaktika muassasalari tomonidan ularning barchasi dispanser nazoratiga olinib, sog‘lomlashtirish ishlari reja asosida olib borildi.
Odam savdosining har qanday ko‘rinishiga qarshi kurashish xalqaro va mintaqaviy darajada jiddiy yondashuv hamda o‘zaro hamkorlikni talab etadi. Zero, odam savdosi, uning huquq va erkinliklari g‘ayriqonuniy ravishda aynan o‘zga inson tomonidan kamsitilishi kechirib bo‘lmas jinoyatdir.

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish