Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


MAVZU: BORI ELGA YAXSHILIG‘ QILG‘ILKI, MUNDIN YAXSHI YO‘Q



Download 2,15 Mb.
bet72/109
Sana18.03.2022
Hajmi2,15 Mb.
#499681
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   109
Bog'liq
2-курс маънавият соати (Lotincha)

MAVZU: BORI ELGA YAXSHILIG‘ QILG‘ILKI, MUNDIN YAXSHI YO‘Q


O‘zbek mumtoz adabiyotida hazrat Alisher Navoiydan keyin ulkan davlat arbobi hamda lirik shoir, qomusiy alloma sifatida Bobur siymosi turadi. “Saxovatliligi, mardligi, tantiligi, fanga, san’atga muhabbati va ular bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanishi jihatidan olib qaraganda, Osiyodagi podsholar ichida Boburga teng keladigan bironta ham podshoh topolmaymiz”, - degan edi “Boburnoma”ni ingliz tiliga tarjima qilgan Erskin. Ma’lumki, Bobur Temuriylar saltanatini himoya qilish va uni saqlab qolish uchun astoydil harakat qilgan. SHayboniyxonga qarshi bir necha yil davomida muttasil kurashsa-da, mamlakatda hukm surgan og‘ir iqtisodiy tanglik va siyosiy parokandalik sharoitida maqsadiga erisha olmaydi. Afg‘oniston va Hindistonda bir fotih sifatida emas, balki shu yurt, el obodonligi va ravnaqi uchun jon kuydirgan tadbirli hukmron sifatida qizg‘in faoliyat ko‘rsatadi, uning manfaatlari yo‘lida odilona va oqilona ish tutadi. Afg‘onistondagi amaliy faoliyatiga ko‘ra, Bobur butun Xuroson va Movarounnahrda qudratli davlat boshlig‘i va muzaffar sarkarda sifatida katta obro‘ orttira bordi, mintaqadagi siyosiy hayot e’tiborli o‘ringa ko‘tarildi. Bobur faoliyatining ana shu jihatlarini etkazish o‘quvchilarda Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligining oshishiga daxldorlik hissini kuchaytiradi.
Movarounnahr XVasr oxirida o‘zaro nizolashayotgan temuriy shahzodalar yoki mulkdorlar boshchilik qilib turgan, deyarli mustaqil bo‘lib olgan ko‘pdan ko‘p viloyatlarga parchalanib ketgan edi. Boburning dastlabki siyosiy maqsadi Amir Temur davlatining poytaxti, strategik va geografik jihatdan muhim bo‘lgan Samarqandni egallash va Movarounnahrda markazlashgan kuchli davlatni saqlash, mustahkamlash hamda Amir Temur saltanatini qayta tiklashdan iborat edi. Bobur Samarqandga ikki marta muvaffaqiyatsiz yurish qiladi. 1497 yil kuzida u Samarqand atrofidagi bir qancha joylarni va 7 oylik qamaldan so‘ng Samarqandni egallaydi. Bobur qo‘shinni ta’minlashda katta qiyinchiliklarga duch keldi. Samarqandni yuz kun idora etgandan so‘ng, uni tark etishga qaror qiladi. Ammo Xo‘jandga etganda Andijon ham qo‘ldan ketib, muxoliflar ixtiyoriga o‘tganini eshitadi. Boburning Toshkent hokimi, tog‘asi Mahmudxon ko‘magida Andijonni qayta egallashga urinishi natija bermaydi. Bu muvaffaqiyatsizlik Bobur qo‘shiniga salbiy ta’sir etib, ko‘pchilik bek, navkarlar Boburni tark etadi. O‘ziga sodiq kishilar bilan qolgan Bobur ma’lum muddat Xo‘jandda turgach, Toshkentga — Mahmudxon huzuriga kelib, Andijonni qaytarib olish rejasini tuza boshlaydi. Ma’lum muddat o‘tgach, Bobur Xo‘jandga qaytadi, ko‘p o‘tmay, Marg‘ilonni qo‘lga kiritadi
hamda Andijonni egallash tadbirlarini ko‘radi. Nihoyat, 2 yildan so‘ng uni qayta qo‘lga kiritadi. Bobur ukasi Jahongir Mirzo bilan sulh tuzib, uning ixtiyorida «Xo‘jand suvining Axsi tarafi viloyatlarini...» qoldiradi, Andijon tarafi viloyatlarini o‘z tasarrufiga oladi.
Temuriylarning o‘zaro urushlari kuchaygan kezlarda SHayboniyxon Movarounnahrni istilo qilishga kirishadi. Sulton Ali Mirzo kaltabinlik bilan Samarqandni SHayboniyxonga jangsiz topshiradi (1500). Biroq shahar aholisining ma’lum qismi temuriylar hukmdorligini tiklash tarafdori edi. Ular Farg‘ona hokimi Boburga maktub yo‘llab, Samarqandni ishg‘ol qilishga da’vat etganlar. Bobur 1500 yil kech kuzida o‘z qo‘shini bilan Samarqandga etib kelgach, aholi unga peshvoz chiqib, shahar darvozalarini ochib beradi. 1501 yil Zarafshon bo‘yida bo‘lgan jangda Bobur qo‘shinlari engiladi. Bobur Samarqandga chekinadi. SHahar yana qamal qilinib, u to‘rt oy davom etadi. Qamalda qolgan shahar aholisining ochlikdan tinkasi quriydi, Bobur 1501 yilning 2-yarmida noilojlikdan Samarqandni tark etib, Toshkentga yo‘l oladi.
Bobur Temuriylar saltanatini himoya qilish va uni saqlab qolish uchun astoydil harakat qilib, SHayboniyxonga qarshi bir necha yil davomida muttasil kurash olib borsa-da, ammo mamlakatda hukm surgan og‘ir iqtisodiy tanglik va siyosiy parokandalik sharoitida maqsadiga erisha olmaydi. 1501— 1504 yillarda Bobur Farg‘ona mulkini qaytarib olish uchun Sulton Ahmad Tanbal, Jahongir mirzolarga qarshi olib borgan kurashi muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi. Temuriylarning to‘xtovsiz janglari va og‘ir soliqlaridan toliqqan xalq Boburni qo‘llamadi va u Movarounnahrni tark etishga (1504 yil iyun) majbur bo‘ladi.
Bobur Hisor tog‘lari orqali Afg‘onistonga boradi. Bobur Qobulni egallagach, mustaqil davlat tuzishga jadal kirishadi, qo‘shinni tartibga keltiradi, qattiq ichki intizom o‘rnatadi. Qobulga, umuman, Afg‘onistonga Bobur o‘z yurti kabi qaradi, qurilish, obodonlashtirish, kasbu hunar va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish ishlarini boshlab yuboradi. «Bog‘i SHaxroro»,
«Bog‘i Jahonoro», «O‘rtabog‘», «Bog‘i vafo» va «Bog‘i Bobur» kabi oromgohlar tashkil etdi. SHahar ichidagi Bolo Hisor qal’asini o‘z qarorgohiga aylantirib, uni qayta ta’mirlatdi, yangi imoratlar qurdirdi va oilasi bilan shu qal’ada yashadi. Afg‘onistondagi amaliy faoliyatiga ko‘ra, Bobur butun Xuroson va Movarounnahrda qudratli davlat boshlig‘i va muzaffar sarkarda sifatida obro‘ orttira bordi, mintaqadagi siyosiy hayot e’tiborli o‘ringa ko‘tarildi. 1507 yil boshlarida Bobur Hindistonga yurish boshlaydi. Ammo bu urinishi muvaffaqiyatsiz tugab, yana poytaxt Qobulga qaytadi.
1519 yil bahoriga kelib, Bobur Hindistonni zabt etish rejalarini amalga oshirishga kirishadi va keyingi 5-6 yil davomida bir necha yurishlar uyushtiradi. Nihoyat, 1526 yil aprelda Panipatda asosiy raqibi, Dehli sultoni Ibrohim Lo‘diyning yuz ming kishilik qo‘shinini 12 minglik askari bilan tor-mor qiladi hamda Dehlini egallaydi. Oradan ko‘p o‘tmay, ikkinchi yirik hind sarkardasi Rano Sango ustidan ham zafar qozonib, SHimoliy Hindistonning Bengaliyagacha bo‘lgan qismini o‘ziga bo‘ysundiradi. Agrani o‘ziga poytaxt sifatida tanlagan Bobur katta qurilish va obodonchilik ishlarini boshlab yuboradi. SHu tariqa Bobur Hindistonda uch yarim asrga yaqin hukm surgan qudratli boburiylar sulolasiga asos soladi.
Bobur Hindistonda ham, xuddi Afg‘onistonda bo‘lganidek, ko‘plab ijtimoiy xayrli ishlarni amalga oshirdi, mamlakat taraqqiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Tarqoqlik va parokandalikka, o‘zaro ichki nizo, qirg‘inlarga barham berib, viloyatlarni birlashtirdi, markazlashgan davlatni mustahkamlash va yurtni obodonlashtirishga, ilmu hunar va dehqonchilikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratdi. Qurilish ishlariga boshchilik qildi.
1526 yil 21 dekabrda Boburga qarshi suiqasd uyushtiriladi. Mahv etilgan Ibrohim Lo‘diyning onasi oshpazlar bilan til biriktirib, uning ovqatiga zahar qo‘shtiradi. SHuning asoratimi yoki ko‘p yillik mashaqqatli va qo‘nimsiz hayot ta’sirimi, har holda keyingi yillarda Bobur tez-tez kasalga chalinib turadi. 1527 yil oktyabrda Bobur yana xastalikka uchragach, umrining oxirlab qolganini his etadi. SHunda Bobur o‘zi e’tiqod qo‘ygan Xoja Ahror Valiy ruhidan najot tilab, ixlos bilan uning nasrda bitilgan «Volidiya» asarini she’riy tarjima qiladi. Boburning mohir tarjimon sifatidagi qobiliyati namoyon bo‘lgan 243 baytli bu asar katta ijodiy ilhom bilan juda qisqa muddatda yakunlangan. Boburning o‘z e’tiroficha, tarjima tugashi hamonoq batamom sog‘ayib ketgan. Bu yillarda u «Boburnoma» fasllari ustida ishlashni davom ettirdi, yangi-yangi g‘azal-ruboiylar yaratdi, o‘z iborasi bilan aytganda, «Hindistong‘a kelgali aytqon ash’orni» tartibga solib, shuningdek,
«Volidiya» tarjimasini, «Xatti Boburiy» bilan bitilgan namuna va qit’alarni Movarounnahr va Afg‘onistonga, Xumoyun, Xoja Kalon, Hindol va b.ga yubordi. Humoyun Mirzoga atalgan ijtimoiy-axloqiy masalalarni tahlil etuvchi mashhur maktubi ham Bobur ijodiy faoliyatining yorqin qirralaridan biri bo‘ldi.
Bir necha muddat oldin podsholikni Humoyunga topshirgan Bobur 47 yoshida o‘zi asos solgan saltanat poytaxti Agrada vafot etdi va o‘sha erda dafn etildi, keyinchalik (1539), vasiyatiga muvofiq xoki Kobulga keltirilib, o‘zi bunyod ettirgan «Bog‘i Bobur»ga qo‘yildi.
Ma’lumki, Bobur juda murakkab hayot va kurash yo‘lini bosib o‘tdi. Bu yo‘l uning ijodiyotida turli uslub va shaklda o‘z ifodasini topdi. Agar “Boburnoma” Boburning hayoti va faoliyati, kurashi va sarguzashtlarining yilnomasi bo‘lsa, lirika uning yuragi, his-tuyg‘usi, o‘y-orzusi, sukuti va hayajoni kitobidir. Uning “Boburnoma”si jahon madaniyatining nodir yodgorliklaridan biri bo‘lib, geografiya, etnografiya, tabiiyot, xalq meditsinasi va boshqa ilmiy sohalar bo‘yicha ham qimmatli ma’lumotlar beruvchi asardir. Mazkur asar XV asr oxiri va XVI asr boshlaridagi Movarounnahr, Xuroson, Afg‘oniston va Hindiston tarixining ishonchli qimmatli bir manbaidir. Ma’danshunoslik, zilzilashunoslik geologiya va seysmologiya fanlari nuqtai nazaridan ham muhim ahamiyatga ega. Metall eritish haqidagi ixcham, aniq ma’lumotlari, Qandahor zilzilasi, Qo‘hinur olmosi xususidagi qaydlari yuksak malakali mutaxassis fikrlaridan aslo qolishmaydi.
Bobur hamisha elga yaxshilik sog‘inib yashadi. YAratgandan faqat yaxshilik sari boshlashini iltijo qildi.
Bu qish na yamon yo‘lu parishon holim, YO rab, meni yaxshilig‘ sarig‘a boshqor...
Bobur hayoti va ijodini tahlil qilish jarayonida:

  • Bobur o‘zini doim yaxshilikka chog‘lagani;

  • qiyinchiliklardan qo‘rqmaganligi;

  • umidsizlikka tushmaganligi;

  • o‘zini qattiq nazorat qilganligi;

  • unda chidam va matonat kamolga etganligi;

  • Boburning tinimsiz jamiyatga intilishi;

  • jamiyatdan zavqu surur olishi;

  • uning benihoya odamsevar bo‘lganligi kabi jihatlariga ko‘proq ahamiyat berish, natijada o‘quvchilarda ham ana shunday fazilatlarni rivojlantirish kerak.

Mardlik va muruvvatda, zakovat va matonatda tengsiz shaxs Bobur o‘z davrining peshqadam mutafakkiri sifatida xurofotdan, taraqqiyot yo‘liga g‘ov bo‘ladigan turli bid’atlardan yiroq bo‘lgan. Natijada fan va madaniyat taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan. Mamlakatimizda yashovchi millatlar e’tiqodining xilma-xilligi va ularni birlashtirayotgan umuminsoniy tushunchalar yaqinda paydo bo‘lmagan, ildizlari uzoqqa borib taqaladi. Buni Bobur asarlari misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Bobur Hindistonda turli dindagi va turli mazhabdagi kishilarning o‘zaro nizolashuviga yo‘l qo‘ymagan. Hech birini kamsitmagan. Diniy e’tiqodidan qat’iy nazar hurmatini joyiga qo‘ygan. YOshlarni diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik, hamjihatlik g‘oyalari ruhida tarbiyalashda ham Bobur ijodi va faoliyati o‘rnak bo‘ladi.

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish