QO‘SHIMCHA SAVOLLAR
1. J.Sviftning shogirdi va bir umrlik do‘sti kim edi? J: Ester-Yulduz.
2. Ester Yulduz kim? J:Templning ish boshqaruvchisi Jonsonning asrandi qizi.
3. J.Sviftning “Kitoblar jangi” nomli hajviya-pamfleti kimning topshirig‘iga ko‘ra yozilgan? J: Ustozi Templning.
4. J.Sviftning “Gulliverning sayohatlari” romani Sharqning qaysi ertaklarini eslatadi? J: “Alif Laylo”, “Ming bir kecha”.
5. Gulliverning tog‘asining kasbi nima edi? J: Huquqshunos, advokat.
“GULLIVERNING SAYOHATLARI” ROMANI
1. Asar qahramoni qayerda tug‘ilgan? J: Nottingempshirda.
2. Asar qahramoni Gulliver necha yoshida Kembrij shahridagi Imanuel kollejiga o‘qishga yuboriladi? J: 14 yoshida.
3. Gulliverni otasi nima uchun Londondagi mashhur vrach Jems Betsga shogird-likka beradi? J: Muhtojlikdan.
4. Gulliver otasi har zamonda yuboradigan pullarni nimaga sarflaydi? J: Navigatsiya hamda matematikaning boshqa sohalarini o‘rganishga.
5. Sayohat qilish uchun qaysi fanlar kerak bo‘ladi? J: Navigatsiya hamda matematikaning boshqa sohalari.
6. Gulliverning tog‘asining ismi? J: Jons.
7. Gulliver o‘qishni davom ettirishi uchun Leydenga qarindoshlaridan necha funt to‘plab jo‘naydi? J: 40 funt.
8. Gulliverning qarindoshlari har yili qancha pul yuborib turishni va’da qilishadi? J: 30 funt.
9. Gulliver 2 yil-u 7 oy qaysi sohani nima uchun o‘zlashtiradi? J: Sayohatda kerak bo‘lgani uchun meditsinani o‘zlashtiradi.
10. Gulliver kimning yordamida kapitan Eybregem Pannell qo‘mondonlik qila-yotgan “Qaldirg‘och” kemasiga ishga kiradi? J: Ustozi Jems Bets yordamida.
11. “Qaldirg‘och” kemasiga kim bo‘lib ishga kiradi? J: Xirurg.
12. “Qaldirg‘och” kemasida necha yil xizmat qiladi? J: 3 yarim yil.
13. Gulliver “Qaldirg‘och” kemasida qayerlarga sayohat qiladi? J: Levant va boshqa mamlakatlarga.
14. Gulliver sayohatdan qaytgach qayerda yashashga jazm qiladi? J: Londonda Old-Juridagi uyda ijarada.
15. Gulliver kimga uylanadi va qancha sep oladi? J: Nyugetstritda yashovchi paypoqfurush mister Edmond Bertonning qizi miss Meri Bertonga,
400 funt sep.
16. Gulliver nima uchun yana dengizchi bo‘lishga ahd qiladi? J: Ustozi Bets o‘lgach maoshi kamayadi, do‘stlari oz edi, hamkasblariga taqlid qilishiga vijdoni yo‘l qo‘ymaydi.
17. Gulliver necha yil kema xirurgi bo‘lib ishladi va necha kema almashtiradi? J: Olti yil, 2 ta kema.
18. Gulliver qayerlarga sayohat qildi? J: Ost hamda Vest-Indiyaga bir necha marta.
19. Gulliver uch yil dengizchilar orasida tajriba orttirish uchun qayerlarga ko‘- chib yuradi? J: Old Juridan Fetter-Leynga, u yerdan Uoppingga.
20. Gulliver kimning taklifi bilan Janubiy dengiz (Tinch okeanining janubiy qismi) ga jo‘naydi? J: “Ohu” kemasining kapitani Vilyam Prichard.
21. Janubiy dengizga qayerdan va qachon yo‘lga chiqilgan? J: Bristoldan 1699-yil 14-may.
22. Ohu” kemasi dovulga uchrab, charchash va maza-matrasiz ovqatdan necha kishi vafot etadi? J: 12 kishi.
23. Vandimen Yeri (Avstraliyaning janubi-sharq tomonida joylashgan. Tasma-niya orolining eski nomi) da yozning boshlanishi qaysi sana bilan bog‘liq? J: 5-noyabr kuni.
24. Kabelt va milyaning uzunligi qancha? J: Bir kabelt- 183 metrga teng. Milya-10 kabeltga teng.
25. “Ohu” kemasining kapitani qanday halok bo‘ldi? J: Dengiz falokati tufayli.
26. Pint nima? J: Yarim litrga teng ingliz suyuqlik o‘lchovi.
27. Qirg‘oqqa chiqqan Gulliver necha soat uxlab qoldim deb o‘ylaydi? J: 9 soat.
28. Yard nima? J: 91,4 sm. ga teng o‘lchov birligi.
29. Liliputiyadagi amaldorlar qanday ataladi? J: Gurgo.
30. Liliputlar ibodatxonaga nima uchun kirmay qo‘yishgandi? J: Ibodatxonada qotillik bo‘lgani uchun.
31. Liliputiyadagi odamlar qaysi sohada ulkan kamolatga erishgandilar?
J: Mexanika sohasida, matematikada.
32. Gulliverni yotqizib olib borish uchun mo‘ljallangan mashinani necha kishi yasaydi? J: 500 duradgor va injener.
33. Mashinaning shakli qanday edi? J: Balandligi uch duym, uzunligi 7 va eni 4 funtga yaqin, 22 g‘ildirakli yog‘och platforma.
34. Liliputlar Gulliverni qayerga joylashtirmoqchi edilar? J: Ibodatxonaga.
35. Gulliver qaysi tillarni bilar edi? J: Nemischa, gollandcha, lotincha, fransuzcha, ispancha, italyancha.
36. Gulliverga til o‘rgatish va kostyum tikish uchun necha kishi tayinlandi? J: 300 chevar, 6 olim.
37. “Lyumoz kelmin pesso deemarlon emrozo” qanday ma’no bildiradi? J: Imperiya bilan urushmaslik, tinch-totuv yashash haqida qasamyod qilish.
38. Liliputiyada Gulliverning cho‘ntaklarini tintuv qilgan va narsalar ro‘yxatini tuzgan odamlar kimlar? J: Klefrin Frelok, Marsi Frelok.
39. “Kuinbus Flestrin” so‘zining ma’nosi nima? J: Ulkan odam.
40. Gulliverning buyumlari? J: Yon daftarcha, ro‘molcha, kumush tamaki-don, taroq, ustara, pichoq, soat, o‘q donachalari, qilich, 2 ta to‘pponcha, kumush va mis tangachalar solingan hamyon.
41. Gulliverning yashirin cho‘ntagida nimalar bor edi? J: Ko‘zoynak, durbin.
42. Liliputiyaning poytaxti qayer? J: Mildendoni.
43. Redresel kim? J: Maxfiy ishlar bo‘yicha kotib.
44. Liliputiyada 70 qamar yil oldin paydo bo‘lgan partiyalar qaysilar? J: Tremeksenlar va Slemeksenlar.
45. Tremeksenlar kimning tarafdori? J: Baland poshnalilar.
46. Slemeksenlar kimning tarafdori? J: Past poshnalilar.
47. Gulliverga mamlakatdagi haqiqiy ahvol haqida kim ma’lumot beradi? J: Reldresel.
48. Liliputiya kabi yana qanday imperiya mavjud edi? J: Blefuski imperiyasi.
49. Liliputiya imperiyasi bilan Blefuski imperiyasi necha yildan beri urush olib boradi? J: 36 qamar yil.
50. Urushga sabab nima edi? J: Pishgan tuxumni qanday sindirish muam-mosi.
51. Blefuski imperiyasi tuxumni qaysi tomonidan sindirish kerak deb hisob-laydi? J: Poynak tomonidan.
52. Liliputiyaning payg‘ambari kim? J: Lyustrog.
53. Liliputiyaning Qur’oni nima deb nomlanadi? J: Blundekral.
54. Blundekralning nechanchi bobida tuxumni qulay tomonidan sindirish haqi-da aytib o‘tilgan? J: 54-bobida.
55. “Gulliverning sayohatlari” asarida voqealar kim tilidan hikoya qilingan? J: Gulliverning o‘zi (1- shaxs) tilidan.
56. Imperator qaysi partiyaga mansub edi? J: Baland poshnalilar.
57. “Qaldirg‘och” kemasining kapitani kim? J: Eybregem Pennell.
Do'stlaringiz bilan baham: |