Odoblar xazinasi



Download 468 Kb.
bet10/47
Sana27.07.2021
Hajmi468 Kb.
#130136
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   47
Bog'liq
Adabiyot so'z sa'nati

HAMID OLIMJON

1. Hamid Olimjon asarlari jami nechta jildni tashkil etadi? J: 10 jild.

2. Qobiliyatli rahbar va olim kim? J: Hamid Olimjon.

3. 33- yoshida Hamid Olimjon qanday unvon oldi? J: Akademik.

4. Akademik unvonini olgan adiblar? J: H. Olimjon, G‘afur G ‘ulom, Oybek.

5. H. Olimjon qachon va qayerda tug‘ilgan? J: 1909-yil, 12-dekabr, Jizzax shahri.

6. Xalq baxshilarining vatani qayerlar? J: Surxondaryo, Jizzax, Qashqadaryo, Xorazm.

7. Hamid Olimjonning onasining ismi? J: Komila aya.

8. Hamid Olimjonning ismi? J: Abdulhamid.

9. Hamid Olimjon juda ko‘p doston va ertaklarni kimdan eshitardi? J: Onasi Komila ayadan.

10. “Bolalik kunlarimda, Uyqusiz tunlarimda. Ko‘p ertak eshitardim,So‘ylab berardi buvim”. Ushbu misralar H.Olimjonning qaysi asaridan olingan? J: “Oygul bilan Baxtiyor”.

11. H.Olimjon qayerlarda o‘qidi? J: Jizzaxdagi Narimonov nomli boshlan-g‘ich maktab, Samarqand shahridagi pedagogika bilim yurti (1923-1926), Pedagogika akademiyasi (1926-1931).

12. 1932-yilga qadar O‘zbekistonning poytaxti qayer bo‘lgan? J: Samarqand.

13. H. Olimjonning dastlabki she’rlari qaysi gazetada va qachon chop etilgan? J: 1926-yildan Samarqanddagi “Zarafshon” gazetasida.

14. H. Olimjonning birinchi she’rlar to‘plami? J: 1929-yil “Ko‘klam”.

15. H. Olimjonning tarixiy mavzudagi she’riy dramasi? J: “Muqanna”.

16. H. Olimjonning zamonaviy mavzudagi she’riy dramasi? J: “Jinoyat”.

17. “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostoni qachon yozilgan? J: 1937-yilda.

18. H.Olimjonning ilk she’rining nomi nima? J: “Kimdir” (1926).

OYGUL BILAN BAXTIYOR”

1. “Oygul bilan Baxtiyor” asari janri? J: Ertak-doston.

2. “Oygul bilan Baxtiyor” dostoni nima bilan boshlanadi? J: Shoirning bolalik davri estaliklari bilan.

3. Shoir “Oygul bilan Baxtiyor” ertagini kimdan eshitgan? J: Onasi Komila ayadan.

4. Oygul qaysi yurtda yashagan? J: Jambil.

5. Qaysi davlatning zolim xoniga qarshi qullar qo‘zg‘olon ko‘tardi? J: Jambil.

6. Sug‘diyonada makedon bosqinchilariga qarshi Spitamen qo‘zg‘oloni haqidagi ma’lumotni qayerdan olish mumkin? J: 2000-yil “Bolalar ensiklopediyasi” kitobining 469-betidan.

7. Spitamen qo‘zg‘oloni qachon bo‘lgan? J: Milloddan avvalgi 329-328-yil.

8. Jambildagi qo‘zg‘olonga kim boshchilik qilgan? J: Qul Darxon va qizi Oy-gul.

9. Oygulning ko‘zi oldida zolim xon tomonidan kim o‘ldiriladi? J: Otasi Dar-xon.

10. Oygulni zindondan ozod qilib sandiqda oqizib yuborgan qul kim? J: Qul Tarlon.

11. Qul Tarlon sandiqqa nima soladi? J: Non.

12. H. Olimjon “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostonida qaysi ertakni eslaydi? J: “Tohir va Zuhra”, “Yoril tosh”.

13. “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostonidagi qaysi voqea “Tohir va Zuhra” ertagidagi qaysi voqeaga o‘xshaydi? J: Sandiqda oqish.

14. Sandiq qayerga kelib to‘xtaydi? J: Jarjon degan yurt qirg‘oqlarida.

15. Sandiq qaysi daryoda oqadi? J: Amudaryo (Jayhun).

16. Sandiqni kim tutib oladi? J: Kambag‘al o‘tinchi chol.

17. Chol nima uchun sandiqni bozorga olib boradi? J: Qo‘rqqani uchun.

18. Dostondagi oddiy odamlar taqdiriga befarq, bag‘ritosh podshoh kim?

J: Jarjon podshosi.

19. O‘tinchi cholning taqdiri? J: Podshoh tomonidan o‘ldiriladi.

20. Dostondagi o‘zining “peshonasi sho‘r”ligiga ko‘ngan, o‘z hayotini yaxshi to-monga o‘zgartirish imkoniyati tug‘ilgan paytda ham undan foydalana olmagan, “sho‘rlik”, “bechora” personaj kim? J: O‘tinchi chol.

21. Qari podshoning xotini bo‘lib, ko‘ngli tortmaydigan odam bilan bir umr zarga ko‘milib yashashdan hurlik va ozodlikni afzal bilgan qiz kim? J: Oygul.

22. Oygulni qaysi baliq yutib ketadi? J: Jayhun.

23. “Go‘zal edi va chinor, Qomatiga edi zor.Ko‘kraklari butun bir, Oftobni yashirardi”. Ushbu ta’rif dostondagi qaysi qahramonga berilgan? J: Baxtiyorga.

24. Baxtiyor qayerlik va kasbi nima? J: Susambillik podachi.

25. Dostonda Baxtiyor qaysi afsonaviy qahramonga o‘xshatilgan? J: Rustam.

26. Baxtiyor baliqchilardan nima so‘raydi? J: Jinday non.

27. Baliqchilar Baxtiyorga nima berishga rozi bo‘ladilar? J: Shu safar to‘rga ilgan narsani.

28. Jayhun baliqni Baxtiyor uyiga qanday olib ketadi? J: 2 ta ho‘kizga ortib.

29. Baliqning qornidagi Oygulni birinchi bo‘lib kim ko’radi? J: Baxtiyorning otasi.

30. Oygul baliq qornidan nima topib oladi? J: 2 ta katta halqalik gavhar.

31. Chol birinchi gavharni nimaga almashtiradi? J: 1 sandiq oltinga.

32. Oygul bilan Baxtiyor Jambilga hujum qilib xonning o‘rniga kimni podshoh etib tayinlaydi? J: Qul Tarlonni.

33. “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostoni bosh qahramonlari? J: Oygul bilan Baxtiyor.

34. Oygulning mardlik, tantilik, tadbirkorlik fazilatlari qaysi tarixiy afsona qahramoniga o‘xshash? J: To‘maris.

35. Qaysi asar qahramonlari ayol bo‘lsa-da ba’zi erkaklarga ham ibrat bo‘la olishi mumkin? J: To‘maris va Oygul.

36. “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostoni necha bo‘g‘inli she’r yo‘lida yozilgan? J: 7 bo‘g‘inli.

37. Ertak-dostonda qanday she’riy san’atlar ishlatilgan? J: O‘xshatish, jonlanti-rish, qiyoslash.

38. Misralar oxirida keladigan ohangdosh so‘zlar? J: Qofiya.

39. “Xirs” so‘zining ma’nosi? J: Fors-tojik tilida “ayiq” degani.

40. “Hirs” so‘zining ma’nosi? J: Insonning xunuk nafsini ifodalaydigan tushuncha.

41. “Soqchilar zolim xonni. Bu ajoyib hayvonni. Og‘ilda ushladilar.O‘lgudek mushtladilar”. Ushbu misralarda qanday she’riy san’at mavjud? J: O‘xshatish.

42. “Xoliga” so‘zining ma’nosi? J: Hech kim yo‘q joyga, panaga.

43. “Holiga” so‘zining ma’nosi? J: Hol-ahvol ma’nosida.

44. Dostondagi xalq iboralari, maqollari? “Faryod chekkan jonini. Qo‘ymoqqa topmadi joy”; “Men ham qulman, qanotim Senikiday qirqilgan”; “Oy deganda yuzi bor, Kun deganda ko‘zi bor”; “Yuzi gul, sochi sunbul-Bizning qayg‘uli Oygul!”.

45. H. Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor” dostonini yaratish jarayonida orttirgan tajribalari qaysi asarlarida qo‘l kelgan? J: “Zaynab va Omon”, “Semurg‘”, “Roksananing ko‘z yoshlari” dostoni va balladalari.

46. H. Olimjon qachon va qayerda vafot etgan? J: 1944-yil 3-iyul Toshkent viloyati Do‘rmon qishlog‘idagi “Yozuvchilar bog‘i”dan shaharga qaytayot-ganda avtomobil halokatiga uchraydi.

47. Xalqimizdagi “Uzukka ko‘z qo‘ygandek” iborasini qaysi asar qahramonlari-ga nisbatan ishlatish mumkin? J: “Oygul bilan Baxtiyor”.

48. “Oygul bilan Baxtiyor” ertagi qaysi xalq ertagi asosida yaratilgan? J: “Malikai Husnobod”.


Download 468 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish