MAQSADLI VAZIFALARNI BAJARISH UCHUN MUSTAQIL TAYYORLANISH BO’YICHA SAVOLLAR.
Molyar va solishtirma nur yutish ko’rsatkichlari deb nimaga aytiladi?
Spektrofotometriya usuli qaysi qonunga asoslanadi?
Nur yutish spektri nimani bildiradi?
Nur yutish spektrini qanday parametrlar belgilaydi?
Nur yutish spektrdagi nimani ko’rsatadi?
Molyar va solishtirma nur yutish koeffitsientlarini hisoblash usullari.
Molyar va solishtirma nur yutish koeffitsientlar kattaligiga ta'sir etuvchi omillar.
Solishtiruvchi eritma nima?
SF larning qanday turlarini bilasiz?
SF-16, SF-46 spektrofotometrlari yordamida optik ko’rsatkichini o’lchash qoidalari.
«VERTUSHKA» TRENINGI
Bu usulda talabalar ikki guruhlarga bo’linadilar, har bir guruhga bir xil jadval beriladi. Talabalar jadvalni mustaqil to’ldiradilar, so’ngra bu jadval 3-5 marta boshqa guruhga aylana bo’yicha o’tadi. Talabalar yana fikrlarini bildiradilar. Oxirida o’qituvchi yordamida berilgan jadvaldagi vazifa munozara jarayonida umumlashtirib, to’g’ri javob aniqlanadi.
№
|
Guruh
hosilalari
Preparat
nomi
|
Benzotio
-diazin
|
Sulfomoil-
antranil kislota
|
Tiodiazol
|
p-aminobenzoy kislota
|
Furan
|
1
|
Furosemid
|
|
|
|
|
|
2
|
Novokain
|
|
|
|
|
|
3
|
Gidroxlortiazid
|
|
|
|
|
|
4
|
Atsetazolamid
|
|
|
|
|
|
5
|
Furosemid
|
|
|
|
|
|
11-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI. UB-SPEKTROFOTOMETRIK USULDA DORI VOSITASINING MIQDORINI ANIQLASH
Darsning davomiyligi 4 soat.
O’qitish maqsadi: Talabalarni spektrofotometri usulda miqdorini aniqlash turlari bilan tanishtirish: taqqoslash usuli, kalibrlash usuli, qo’shish usuli, differensial usul.
Maqsadga yo’naltiruvchi vazifalar: Ba'zi bir dori vositalarining miqdoriy tahlilini spektrofotometrik usulda bajarish:
A) Taqqoslash usuli
B) Kalibrlash usuli
V) Qo’shish usuli
Aniqlanuvchi moddaning standart va boshlang’ich eritmalarini tayyorlash. Kalibrli chizmani tuzish. Buger-Lambert-Ber qonunidan kelib chiqqan holda moddalar miqdorini hisoblash.
Mashg’ulotning qisqacha mazmuni
Monoxromatik nurlanish asosida moddalarning nur yutilishini o’lchash usuli hisoblangan spektrofotometriya fotokolorimetriya usulidan farqlanib, unga nisbatan katta imkoniyatlarga ega. Bunda yuqori nur yutilishiga tegishli to’lqin uzunligida katta aniqlik bilan o’lchanadi.
Spektrofotometrik tahlillarda asosan quyidagi usullardan foydalaniladi.
1. Solishtirish usuli,
2. Absolyut Kalibrlash (chizma grafigi) usuli,
3. Qo’shish usuli, qo’shib aniqlash usuli
Talabalar tekshiriluvchi namunalar olishadi: papaverin, riboflavin va barbamil eritmalari.
Spektrofotometr yordamida tekshiriluvchi eritmalar optik ko’rsatkichlarini o’lchaydilar. Papaverin uchun 310 nm , riboflavin uchun 267 nm va barbamil uchun 240 nm to’lqin uzunliklarida tekshirish olib boriladi.
MASHG’ULOT O’TKAZISH REJASI
Amaliy mashg’ulotni o’tkazish uchun uslubiy qo’llanma
Ushbu amaliy mashg’ulot dori shakllari tarkibidan papaverin, riboflavin va barbamilni spektrofotometrik usulda aniqlashga asoslangan (tabletkalar, in'eksion eritmalar).
Qandaydir moddani spektrofotometrik usulda miqdorini aniqlash uchun shu moddaning eritmalari izlanuvchi konsentratsiya chegaralarida Buger - Lambert – Ber qonuniga bo’ysungan holdagina qo’llash mumkin. Bu savolga javob berish uchun ma'lum konsentratsiyadagi modda saqlagan qator standart eritmalar tayyorlanadi va xar biri uchun optik ko’rsatkichi (D) kattaligi aniqlanadi. O’lchash eritmaning nur yutishi maksimal bo’lgan spektr sohasida olib boriladi.
So’ngra olingan ma'lumotlarga asoslanib, hamda tekshiriluvchi moddaning optik ko’rsatkichi kattaligi bo’yicha modda miqdori hisoblanadi.
UB-spektrni chizish uchun o’lchash natijalari. Papaverin gidroxlorid 1 ml eritmada 0,00004 g saqlanadi.
To’lqin uzunligi
|
Optik ko’rsatkichi
D
|
265
|
0,55
|
267
|
0,48
|
279
|
0,46
|
274
|
0,50
|
280
|
0,54
|
284
|
0,57
|
290
|
0,54
|
295
|
0,58
|
300
|
0,65
|
305
|
0,71
|
310
|
0,73
|
315
|
0,68
|
320
|
0,63
|
330
|
0,58
|
340
|
0,49
|
350
|
0,25
|
370
|
0,05
|
Papaverin gidroxloridning maksimum nur yutilishi 310 nm da solishtirma nur yutish ko’rsatkichini hisoblash kerak. Hisoblash quyidagi formula bo’yicha olib boriladi:
Bu erda S- tekshiriluvchi modda konsentratsiyasi, (100 ml da g miqdorda);
l - qatlam qalinligi, sm;
D – tekshiriluvchi eritmaning optik ko’rsatkichi;
Nur yutilishining molyar koeffitsientini solishtirma nur yutish koeffitsienti bo’yicha quyidagi formuladan foydalanib hisoblash mumkin:
Bu erda – solishtirma nur yutish koeffitsienti;
M – tekshiriluvchi modda molyar massasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |