3-topshiriq. She’rni ifodali o‘qing. Mazmunini so‘zlab bering.
Qarz
– Bobo, buvim aytmoqchi,
Hech tinchimas ekansiz.
Charchab qolaman demay,
Muncha ko‘chat ekasiz?
– Vaqtu fursat g‘animat
Qarzimdan qutulayin.
Bog‘ qoldirib o‘zimdan
So‘ng xotirjam bo‘layin.
– Qarz? Kimdan qarzdorsiz?
– Odamlardan, toychog‘im
Axir mening ham senday
O‘tgan bolalik chog‘im.
110
O‘zbek tili 10-sinf
Bobolar ekib ketgan
Mevalardan yeganman.
Ko‘rmasam ham ularni
Suyib rahmat deganman.
Mendan ham bolalarga
Yodgor bo‘lib bog‘ qolsa.
Qarzimdan qutulaman
Undan el bahra olsa.
Sultonmurod Hojiboyev
Uyga vazifa. She’rni yod oling. Siz mahallangizda, ko‘changizda
o‘tkaziladigan hasharlarda nima ishlar qilishingiz haqida yozing.
2-dars
4-topshiriq. Matnni o‘qing. Rivoyat haqida o‘z fikringizni ayting. Hayotda
shunday voqealarga duch kelganmisiz? Savollar tuzing.
Buloq
(rivoyat)
Balandda, tog‘-u toshlar orasida buloq ko‘z ochdi. Suvi tip-tiniq, muzdek,
shabnamday toza. U bu yorug‘ dunyoga chiqish uchun qanchalar kurashdi, metin-
dek tog‘lar bag‘rini yorib o‘tib, niyatiga yetdi. Quyoshni ko‘rdi. Buloq suvining
niyati – ona yerni quchish, odamlar mehriga to‘yish. O‘ziday musaffo qalbli bola-
larning sho‘xligiga sherik bo‘lish, buvi va bobolarning ko‘zlariga nur bag‘ishlash,
ularning yuzlarini siypalash edi. Ammo…
Yo‘lda to‘siqqa duch keldi. Jilg‘a bo‘ldi. So‘ngra shalolaga aylandi. Bundan
xursand edi. Izlagan yaxshi odamlarini topdi. Ular buloq suvini avaylashdi, miri-
qib ichishdi, bog‘larini sug‘orishdi, ko‘zalariga to‘ldirib e’zozlashdi.
Afsus, uning bu quvonchi uzoqqa cho‘zilmadi. Dunyoda har xil odamlar bor
ekan. Biri uning suviga e’tibor bersa, biri qadriga yetmadi, har tomonga bo‘lib yu-
bordi. Yo‘lda nimalar qo‘shilmadi unga, bilmadi. Rangi o‘zgardi. Tikanaklar, xas-
cho‘plar qalbini pora-pora qildi. Bunga ham chidadi. Yana kimlardir mashinasini
ham yuvdi. Buloq suvi bulg‘andi, ko‘lmakka aylandi, oxiri kerak bo‘lmay qoldi.
U odamlarning befarqligiga achindi va rangi sarg‘aydi…
111
Bilib oling!
Qo‘shma gap turlarining o‘zaro ma’nodosh bo‘lib qo‘llanishi nutqning boyligi-
dir. Bu sintaktik sinonimiya deb ataladi va bir fikrni turli vositalar orqali ifoda-
lashga yordam beradi.
4-mashq. Berilgan maqollarni namunadagi jadvalga joylashtiring. Qay-
si gaplar ma’nodosh shakllarda qo‘llanib kela oladi? Bog‘lanish vositalarini
ko‘rsating.
Namuna:
Do'stlaringiz bilan baham: |