ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
474
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
Аннотация: В статье описывается феномен дифференциации именования
диалектический, иностранных слов и слова используемых в фольклоре на протяжении
многих лет. Было показано,что это явление обогащает словарный запас.
Ключевые слова: дифференциация, именования, диалектное слова, иноязычное
слова, вариант.
Annatation: The article describes the phenomenon of differentiation of naming dialectic,
foreign word and words used in folklore for many years. It has been shown that this phenomenon
enriches vocabulare.
Key words: differentiation, naming, dialect word, foreign language word,variant.
Turli narsa va tushunchalarni farqlab atash uchun kishilar faqat dialektal so’zlardan emas,
balki boshqa til elementlaridan, ko’pincha, o’zlashtirilgan so’zlardan ham foydalanadilar. Masalan,
30-yillarda o’zbek so’zlashuv tilida non zavodida tayorlangan
non (bo’lka)ni tandirda yopilgan
nondan farqlab,
bo’lkanon deyish, yog’ zavodida tayyorlangan o’simlik (ko’pincha chigit) moyini
juvozda chiqarilgan va qozonda eritilgan yog’dan farqlab
maslayog’ deyish, zavodda tortilgan unni
mukaun, eng tozasini (a’lo navini)
sinkaun deyish tarqalgan edi. Bunday nomlash hozir ham
uchrab turadi:-
Kelinimga til tekizmang, qizarib qolasiz, kelinim sizga o’xshab: bersang yeyman,
ursang o’laman deb bo’lka nondek bo’kib o’tirgani yo’q, ishlang! (S. Ahmad. Qadrdon dalalar.
1950, 184-bet). Keyingi vaqtlarda, ayniqsa, Toshkentda ko’p kvartirali, ko’p qavatli uylarni
an’anaviy uy-hovlidan farqlab
dom deb atash ham uchraydi.
Shu xalqda azaldan mavjud bo’lgan narsalardan biror jihatdan farq qiladigan yangi va
boshqa xalqdan o’tgan narsalarni, xizmati-funksiyasi bo’yicha bir bo’lishiga qaramasdan, mavjud
so’zlarni farqlab atash hodisasi ham keng tarqalgan. Masalan, siyohga botirib xat yoziladigan qurol
ilgari kalta kesilgan qamishdan yoki savag’ichdan qilingani uchun
qalam deb kelingan.
Ko’pincha pero bilan yozish rasm bo’lgach, bu qurolni avval
po’stqalam deb, keyin esa
peroni sopi bilan qo’shib
ruchka deb ataladigan bo’ldi. (Qozoq tilida ruchkaning perosiz qismi
qalamsap deb ataladiki, bu ham narsalarni bir-birdan farqlab, aniqroq atashga intilish natijasi deb
baholanmog’i kerak.) bunday intilish siyohga botirib yoziladigan
qalam va
ruchkadan farqli
ravishda o’zidan siyoh chiqarib yozadigan qurolni atash uchun rus tilidan
avtoruchka so’zini qabul
qilishga olib keldi. Hozir
qalam so’zi asosan grafit bilan (siyohsiz) yozadigan qurol ruscha
Do'stlaringiz bilan baham: