ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР 203 ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ uchun muallimning shaxsi o’zi o’iin qoidalarini ishlab chiquvchi muallimlar va shaxsiy o’sish:
peshqadamlilik, shaxslar aro munosabatlar, raqobat va b.q treninglarida qatnashishi lozim.
Rahbar va mutaxassislar, shuningdek, o’yin qoidalarini ishlab chiqaruvchi muallimlarning
malaka oshirish va qayta tayyorlash amaliyotida quyidagi o’quv natijalarining ro’yhati keng
tarqagan. Bularni o’quv maqsadi sifatida belgilash mumkun: tanishish (dissovery); fanning ma’lum
sohasiga tegishli asosiy tushunchalar va vazifalar bilan tanishish asosiy mazmunni o’zlashtirish
(literasy): asosiy tushunchalar va vazifalarni tariflab berishga layoqatlilik; uddalomoq (fiterasy):
asosiy tushunchalar va vazifalarni faninig ma’lum sohasiga samarali tatbiq etish; to’liq egallash-
mohirlik (mastery): fanning ma’lum sohasiga tegishli asosiy tushunchalar va vazifalarini samarali
qo’llash hamda o’zgalarga bu masalada yordam berish. Yuqorida sanab o’tilgan o’quv maqsadlari
turli-tuman interaktiv texnologiyalarda keng qo’llaniladi.
Ta’lim nuqtai nazaridan interaktiv texnologiyalar-bu ishtirokchilarining shahsiy maqsadlari
aks etgan kontekstda voqelik imkoniyatlarini ko’pchilik tomonidan dialogik izlanishiga asoslangan
o’yinlardir.
O’quv jarayonida mutaxassislar uchun noreal (taqlidiy yoki tashkiliy-harakatli) sharoit yoki
vaziyatda qaror qabul qilish o’yinlari, shuningdek, real professional muhitga (amalliy yoki roliga
mansub) moslashishga yordam beruvchi o’yinlar qo’llaniladi. O’quv jarayonida, ko’pincha, atrof
muhitga, aniq professional faoliyatiga, insonlarga moslashishni o’rgatuvchi o’yin modellari
qo’llaniladi.
Amaliy yoki taqlidiy o’yin yoki vaziyatlar analizi usulini kommunikativ aspektlarining
modellarining jarayoni sifatida ko’rib chiqadigan bo’lsak, u quydagi xususiyatlar tufayli bor o’quv-
rivojlantiruvchi jarayonga yangi sifat olib keladi:
- professional faoliyat imitatsion modeli ko’rinishida komunikativ-interaktiv o’quv
materiallarining moxiyati tizimi.
- o’rgatuvchi o’yin modelidagi sheriklar bilan professional faoliyatni turli funktsional
bo’g’inlaridagi amaliy o’zaro munosabatlar strukturasini tiklamoq;
- ta’lim olayotgan raxbar va mutaxassislarni professional va komunikativ omilkorlik va uni
amaliy qo’llanishi extiyojini qondirishga yaqinlashtirmoq. Bu bilan bilimni anglashga,
o’rganuvchilarni shaxsiy faoliyatiga, anglashdan professional motivatsiyaga o’tishga sharoit
yaratadi;
- o’rgatuvchi va rivojlantiruvchi ta’sirlar majmui;
- malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida muallim faoliyatini tashkil va regilirovka
qilishdan rahbar va mutaxassislarning komunikativ - interaktiv faoliyatini regulyatsiya va tashkil
etishga o’tishi uchun sharoit yaratish;
Yuqorida hamma sanab o’tganlar quyidagilarga imkoniyat yaratadi;
1. Mutaxassislarda professional va komunikativ omilkorlik, uning dinamikasi va real
faoliyatidagi o’rni xaqida yaxlit tassavur yaratish;
2. Faoliyatni taqlid qiluvchi materiallar asosida sotsial tajriba, jumladan kollektiv qaror
qabul qilish uchun kerakli bo’lgan shaxslar va guruh lararo munosabatlar va hamkorlikni amalga
oshirish;
3. Professional psixologik nazariy va amaliy fikrlashni rivojlantirish;
4. Bilim orttirish motivatsiyasini tashkil etish, shaxsiy psixologik qo’llanma va
motivatsiyaga sharoit yaratish;
5. Amaliy muloqot doirasida bilimlarni mustahkamlash, komunikativ omilkorlikni
shakllantirish.
Interaktiv mashg’ulotlar o’tkazishi jarayonida muallim tinglovchilarning intelektual
uslublari, ma’naviy-axloqiy rivojlanishi va harakterologik xususiyatlarini saviyasi haqida ma’lumot
oladi. Bu unga kerak bo’lganda tinglovchilarni psixologik-pedagogik korrektsiyalash va ularga
psixologik yordam berishini amalga oshirishiga imkoniyat tug’diradi.