ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
173
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
Foydalailgan adabiyotlar
1. Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasida ekologik ta`limni rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash” to`g`risidagi qarori. 2019 y.
2. Qayumov. A., Yakubov O`.,Rahimov A. “Tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish.
OʼZBEKISTONDAGI TARIX IXTISOSLIGIDAGI MUZEYLARDA TAʼLIMGA
OID DASTURLARNI TADBIQ ETISHNING INNOVATSION SHAKLLARI
Jabborova L. – oʼqituvch, Kamoliddin Behzod nomidagi MRDI, O’zbekiston.
Аnnotatsiya: Ushbu maqolada Oʼzbekistondagi tarix ixtisosligidagi muzeylarda taʼlimga
oid dasturlarni tadbiq etish istiqbollari muzey ekspozitsiyasi va maktab darsliklari tizimida
kontseputal asosda yoritilgan
Kalit soʼzlar: muzey pedagogikasi, tarix darslari, muzey kommunikatsiyasi, ekspozitsiya,
muzey auditoriyasi, informativ taʼminlash, muzey predmetlari.
Аннотация: В данной статье рассматриваются перспективы реализации
образовательных программ в музеях специальности История Узбекистана на концептуальной
основе в музейной экспозиции и системе школьных учебников
Ключевые слова: Музейная педагогика, исторические классы, музейная
коммуникация, экспозиция, музейная аудитория, информационное обеспечение, музейная
тематика.
Annotation: This article discusses the prospects for implementing educational programs in
museums of the specialty History of Uzbekistan on a conceptual basis in the Museum exposition
and the system of school textbooks
Keyword: мuseum pedagogy, historical classes, мuseum communication, exposition,
мuseum audience, information support, мuseum topics.
Tarixiy xotira – har bir xalq, millat oʼzining zamon va makondagi oʼrnini, nasl-nasabini,
oʼzligini anglashi, oʼzining haqiqiy tarixini, maʼnaviyat va madaniyati jihatdan tutgan oʼrnini, uning
rivojiga qoʼshgan hissasini, oʼzining milliy iftixorini, gʼururini mustaqil va xolisona anglab
olishidir. Ulugʼ alloma va mutufakkirlar ijodi va faoliyatlarini yoritish, ularni yanada taʼsirchan,
esda qolarli darajada aks ettirib berishni muzeylar oʼz oldiga vazifa qilib qoʼyadi. Muzeylar
faoliyatida ana shu boy maʼnaviy va moddiy boyliklar, madaniy yodgorliklar namoyishi va ilmiy
tahlili asosiy oʼrinni egallaydi. Muzeyda namoyish qilinayotgan har bir eksponat, xoh u
qimmatbaho metal yoki toshlardan ishlangan boʼlsin, xoh Аmaliy sanʼatning yorqin namunasi
boʼlsin, yoki maʼnaviy merosning betakror yorqin qirralari boʼlsin, u shu xalqning oʼtmish hayoti,
tafakkuri, isteʼdodi, iqtidoridan darak beradi.
Muzeylar tarixiy xotirani jonlashtirish omili boʼlib xizmat qilar ekan, unda namoyish
etilayotgan materiallar ashyoviy dalil sifatida oʼz davriga xos xususiyatlarni aks ettirganligi bilan,
oʼsha davr madaniyati, sanʼatidan beradigan xabari bilan juda qimmatlidir. Ular xalqning yuksak
rivojlangan madaniyati, adabiyoti, sanʼati hamda maʼnaviy dunyoqarashiga asoslangan xususiyatlari
bilan tomoshabin eʼtiborini qozonadi. Unda bevosita shu buyumlarda aks etgan joziba, sehr,
geometrik aniqlik, kimyoviy barkamollik, qurilish-arxitektura inshootlarining oʼta aniq va pishiq
loyihalariga nisbatan inson aqlini lol qoldiradigan bir taʼsirini uygʼotadiki, bu uning beixtiyor
faxrlanish, qoyil qolish va undan oʼrnak olib yangi sanʼat asarlarini yaratish sari ilhom uygʼotadi.
Muzeylarning ommaviy-gʼoyaviy, taʼlimiy ishi kommunikatsiyasining muhim elementini
tashkil qilgan holda, kamolotga yetgan, ijtimoiy faol shaxsni shakllantirishga, uni gʼoyaviy, ahloqiy,
estetik tarbiyalashga, bilimdonligini, axborotliligini chuqurlashtirishga yoʼnaltirilgan.
Muzeyda yosh tashrifchilar koʼproq erkinlik va mustaqillikni xush koʼradi. Ularga qoʼl bilan
ushlab koʼrish va eksponat bilan muloqotga aynan eksponat nusxalari, maketlari yoki mulyajlari
Do'stlaringiz bilan baham: |