Nizo tabiati, nizo turlari, nizo jarayoni dinamikasi, nizoni hal etish strategiyasi



Download 80,71 Kb.
bet32/35
Sana18.12.2022
Hajmi80,71 Kb.
#890445
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
Nizo tabiati, nizo turlari, nizo jarayoni dinamikasi, nizoni hal

Rol sohasidagi adaptatsiya.

Xodimning jamoaga a’zo bo’lishi tashkilotning vazifa va maqsadidan kelib chiquvchi rolni qabul qilish bilan ifodalanadi. Xodim undan nima ko’tishayotgani va bu kutuvga taalluqli xatti-harakatlarni amalga oshirishi juda muhim. Masalan, biron kishini rahbarlikka tayinlashar ekan, yangi rahbardan jamoa demokratik yoki avtokrat boshqaruv uslubini ko’tishi mumkin. Bu kutuvlarga mos kelish yoki kelmaslik darajasi ko’p jihatdan yangi rahbar va xodimlar o’rtasidagi munosabatlarni belgilab beradi. Hatto xodimlar beixtiyor yangi kelgan rahbarni eskisi bilan taqqoslab unga tavsif berishga ham moyil bo’lishadi. Shuning uchun xodim uchun adaptatsiya sharoitini yaratish mavjud rolga bo’lgan talablarni aniq ishlab chiqish va ijrosini ta’minlash maqsadidagi tadbirlarni uyushtirish bilan belgilanadi. Bu fikr ayniqsa boshqaruv lavozimiga yangi kelayotgan rahbarlar uchun juda o’rinlidir. Odatda yangi lavozimni taklif etishar ekan “Bir o’ylab ko’ring” deb xayrlashishadi. Taklifni qabul qilgan kimsaning “o’ylash” jarayonini esa yangi rolga o’zini chamalash deb atash mumkin. Agar kimsa rolni qabul qila olishiga ko’zi yetsa taklifga rozi bo’ladi, agar ikkilanishga olib kelsa o’zi bilan ushbu rol orasida katta farqni sezgan bo’ladi. Shuning uchun yangi lavozimga moslashishning sifatli o’tishi qator tadbirlarni talab qiladi. Bu sohadagi birlamchi vazifa – ushbu rolga qo’yiladigan talablarni aniqlab olishdir. Bu jarayon qanchalik puxta o’tsa rolni qabul qilish shunchalik oson kechishi mumkin.
Keyingi bosqich rolni qabul qilish deb ataladi. Bunda inson yangi xatti-harakatlarni o’zida shakllantira boshlaydi. Bu jarayon inson tomonidan nafaqat xizmat yuzasidan, balki shaxsiy munosabatlar tizmimidagi talab va xususiyatlarni ham o’zlashtirish davridir.
Navbatdagi bosqich esa qabul qilingan rolni ijro etish deb ataladi va bu holat o’zining ikki tomoniga ega: rolni ijro etuvchi shaxs xulqining atrofdagilar tomonidan baholanishi. Odatda bunday baholashda xodimni ham atrofdagilar, ham uning o’zi baholashi tarzida amalga oshadi. Bu ikki baholash ko’rsatkichning o’zaro mos kelishi juda muhimdir. Shunday moslikka uzoq davom etuvchi ichki mehnat asosida erishiladi. Ushbu ko’rsatkichlar mosligini ta’minlovchi asosiy tadbirlardan biri xodimga uning xatti-harakatlari haqida qayta aloqa berib turishdir.


  1. Download 80,71 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish