Atrof muxit va yer osti muxofazasi. Tabiatni muxofaza qilish
iborasi XX asrning birinchi ōn yilligidan keng qōllanila boshlandi. Bu
davrda tabiatni muxofaza qilish deganda xayvonot va ōsimliklarning
alohida turlarini saqlash, tabiatning qimmatbaho maydon va
ob’ektlarini asrash, qōrikxona va milliy xiyobonlarni tashqil etishga
yōnaltirilgan faoliyat tushinilardi. Bunday faoliyat, masalan 1913
yilda Shveytsariyada tabiatni muxofaza qilish bōyicha 17 davlat
a’zolari ishtirokida ōtkazilgan birinchi konferentsiyada kōrib
chiqilgan.
30-yillarning boshida tabiatni muxofaza qilish insoniyat faoliyatini
tabiatga zararli ta’sir qilishiga teskari harakatlantiruvchi kompleks
tadbirlar sifatida qaraldi.
Hozirgi vaqtda tabiatni muxofaza qilish va tabiiy resurslardan
foydalanishni yaxshilash bōyicha ishlab chiqilayotgan standartlar
inson faoliyati bilan tabiiy atrof muxit orasidagi muvozanatni
turĝunlashtirishga yōnaltirilgan tadbirlar tizimidan iborat bōlib, tabiiy
resurslarni saqlash va tiklashni taminlaydi, jamiyat faoliyati
natijalarini tabiatga tōĝri va bilvosita salbiy ta’siri va inson soĝligiga
ta’sirining oldini oladi.
Hozirgi vaqtda ekologik tadqiqotlar bilan geografiya, geologiya,
biologiya, texnik va sotsial-iqtisodiy fanlar yunalishidagi
mutaxassislar shuĝullanishadi.
Tog fanlarida litosfera va mineral resurslarni ōzlashtirish, yer qa’rida
bōlib ōtadigan jarayonlardan yuzaga keladigan xalokatlar bilan boĝliq
bōlgan xōjalik faoliyatining barcha sferalarida ekologik tadqiqotlar
olib borilmoqda.
Mineral xomashyo va tabiiy resurslarning boshqa turlaridan kompleks
foydalanish, chiqindisiz va kam chiqindili texnologik jarayonlarni
tashkil etish, sanoat va maishiy oqavalarni tozalashni nisbatan
samarador, shuningdek biologik usullaridan foydalanish-texnologik
jarayonlarning ekologik tadqiq qilishni umumiy vazifasidir.
Tabiiy resurslardan rejali va oqilona foydalanish-tabiatni samarali
muxofaza qilishning asosidir.
Neft va gaz sanoatidagi barcha texnologik jarayonlar (qidiruv,
burĝulash, qazib
chiqarish, yiĝish, tashish, saqlash va neft va gazni qayta ishlash)
tabiiy ekologik
holatni buzilishiga sabab bōlishi mumkin.
Neft, burĝulash va neftli shlamlar, oqava suvlar va ularning
tarkibidagi turli
kimyoviy moddalar tabiiy muxitni ifloslantiradi. Atmosfera
uglevodorodlar, qattiq zarrachalar, oltingugurt oksidlari, uglerod va
azot hisobiga ifloslanadi.
Yoqilĝi energetika bazasining hozirgi rivojlanish bosqichida yer
ostidan oqilona, kompleks va unumli foydalanish va ularni muxofaza
qilish muhim ahamiyatga ega.
Yer ostini muxofaza qilish bōyicha tadbirlar-neft va gaz quduqlarini
burĝulash, konlarni ishga tushirish va ishlatishning asosiy texnologik
jarayonlarini muhim elementi va tarkibiy qismidir. Ular asosan ishlab
chiqarish jarayonlarining samaradorligi va xalokatsizligini
taminlashga hamda neft, gaz va kondensatni tōliq qazib chiqarish va
ishlatishga yōnaltirilgan.
Konlarni ishlatish jarayonida yer ostini muxofaza qilish uchun katta
miqdorda tadbirlar ōtkazish lozim. Ular asosan neft, gaz va kondesatli
gaz konlarini oqilona ishtish tizimini tanlashga, konlarni ishlatishni
nazorat qilish va boshqarish, neft, gaz va kondensat beruvchanlikni
oshirishning samarali usullarini qōllashga undaydi.
Neft va gaz konlarini ishlatishni loyihalayotganda texnologik va
iqtisodiy kōrsatkichlarni hisobga olib maksimal darajada neft, gaz,
kondensat beruvchanlikni ta’minlash lozim.
Yer ostini muxofaza qilish nuqtai nazaridan konlarni ishlash holatini
ayniqsa neftlilik, gazlilik konturlarini siljishi, qatlam bosimini,
qatlamlar orasidagi gidrodinamik aloqani nazorat qilish muxim
ahamiyatga ega.
Qazib chiqarish va haydov quduqlarini ishlatish qatlamning tabiiy
holatda saqlashni taminlovchi va quduqlarni muddatidan oldin
suvlanishiga yōl qōymaydigan texnologik tarzda olib borishi lozim.
Yer ostini muxofaza qilish muammolariga neft va gazni yiĝish,
tayyorlash, tashish va saqlash, uglevodorod xomashyoni yuqotilishini
kamaytirish bilan boĝliq bōlgan masalalar ham kiradi. Ularni
atmosfera, tuproq, suv xavzalariga chiqishi faqat yuqotishni
kōpaytiribgina qolmay, balki atrof muxitni ifloslanishiga ham olib
keladi.
Foydali qazilmalarni chiqarish jarayonida er ostini himoya qilish
qonun bg’iicha tasdiqlangan va quyidagilarni ta’minlashni taqozo
etadi: er osti boyliklarini chiqarishda oqilona va foydali usullarni
taqozo etgan holda ular bilan birga va sanoat ahamiyatiga molik
bo’lgan qo’shimcha mahsulotlarning ham chiqarilishini ta’minlashni
amalga oshirmog’i lozim, undan tashqari me’yordan ortiq
nobudgarchilikka yg’l qg’ymaslik taqozo etiladi, yana bu jarayonda
mahsuldor qismlarni ishga solib, natijada kam mahsuldor
maydonlarning qolib ketishi kabi nobudgarchilikka aslo yg’l qg’yib
bg’lmaydi.
Qazib chiqarish jarayonida konni razvedka qilishni davom ettirish va
boshqa vazifalar ham g’z yg’rig’i bilan olib borilishi lozim, undan
tashqari qazilma boylik zahiralarini va mumkin bg’lgan yg’qotish
kg’lamini ham chamalab berish tavsiya etiladi.
Biror konni qazib chiqarish jarayonida uning yonida joylashgan konni
qazib chiqarish ishlarini bajarishda qiyinchilik va murakkabliklar
kelib chiqishiga olib kelmaslik lozim, yana er bag’ridagi qg’shimcha
foydali qazilmalarning ishdan chiqishiga yg’l qg’ymaslik darkor.
Foydali qazilma bilan birgalikda chiqayotgan va xalq xo’jaligi uchun
foydali bg’lishi mumkin bg’lgan qg’shimcha mahsulot yoki sanoat
chiqindisi hisobga olinmog’i va uni ishlatish yg’llari izlanmog’i
lozim.
Neft va gaz zaxiralarini tg’laligicha ishlatolmaslik asosan ularning
tuzilishini g’rganish va fizik-kimyoviy xossalarini aniqlash sharoitida
yg’l qg’yilgan kamchiliklardan kelib chiqadi. Qabul qilingan
loyihaning texnik va geologik strukturasining aynan g’xshashligini
(adekvatligi) ta’minlash mumkin bg’lgan ma’lumotlarning taqchilligi
qazib chiqarish sharoitlarini tanlashda yanglishishlarga olib keladi,
natijada uyumlarni ishlatish rejimi notg’g’ri tanlanadi va shu kabi
holatlarga olib kelishi mumkin. Neft bilan birga chiqqan suvlarni
tanlashni tg’g’ri tashkil qilolmaslik (ayniqsa, ularni qatlamlarga
haydash), konda kommunikatsion qurilish-larni tg’g’ri va o’rinli
ishlatish ham kg’p jihatdan ishning natijasiga muayyan ta’sir etadi.
Loyiha komponentlarining texnik va geologik struktu-rasining
aynanligini qazib chiqarish rejalari va loyihalar bilan taminlanishi
lozim bg’ladi. Amalda esa konni razvedka qilish va qazib chiqarish
ishlarini tahlil qilish natijasida er osti boyliklarini muhofaza qilish
amalga oshiriladi. Bunda albatta ma’lum miqdordagi axborotlarning
sifati katta ahamiyat kasb etadi. Ma’lumotlar aniqligi va qazib
chiqarish sharoitlarining tartibli kuzatilishi natijasida er ostidagi
zahiralarni chiqarish va ularning holati tg’g’risida asosli fikrlash
holati yuzaga keladi. Bular ayniqsa, qatlamning neft beruvchanlik
qobiliyatini oshirish maqsadida qg’llanishi mumkin bg’lgan yangi
uslublar ishlatilishida katta ahamiyat kasb etadi. Bunda albatta qatlam
uchun yod bg’lgan ba’zi kimyoviy moddalarning unga qanchalik
ta’sir etish holatlariga alohida e’tibor berish taqozo etiladi. SHuning
uchun ham barcha qilinishi lozim bg’lgan ishlar qazib chiqarishni
oqilona ijro etish nuqtai-nazaridan kelib chiqishligini unutmaslik va
g’shanga izchil qaratilmog’i lozimdir. Albatta bular orasida er ostini
himoya qilish masalasi katta g’rin tutadi.
Er ostini burg’ulash jarayonida har xil hodisalar (bevaqt ''ochiq
favvora", qatlamlarning ochilmasdan qolishi va sh.k.) sodir
bg’lmasligi uchun kon kesimi oxirgi qatlamigacha e’tibor bilan
qaziladi va birinchi galda eng ostki qatlamlarni g’zlashtiriladi va bu
ishlarni bajarish jarayonida hamma ehtiyot choralari kg’riladi.
Bir qancha qatlamlarni bir qavat shaklida ishlatish jarayonida ularning
biror joyda biridan ikkinchisiga suyuqlik oqib g’tishi mumkin bg’lgan
joylarini aniqlanadi, agar shunday holat bg’lishi kuzatilsa qazib
chiqarishning dastlabki davridayoq uni diqqat bilan nazorat qilish
taqozo etiladi.
YAxshi g’tkazuvchanlik xususiyatiga ega bg’lgan konlarni qazib
chiqarishda ularning g’sha konlarga ta’sirini diqqat bilan g’rganish,
lozim bg’lgan hollarda bu jarayonning umumiy maqsadga zid
bg’lmaslik hollarini ta’minlash taqozo etiladi. Bunda neftni nobud
qilish hollari albatta cheklanishi lozim.
Neft bilan birga gaz bg’lgan holatlarda gazni beshafqat ishlatish uning
bosimini kamaytiradi va neft gaz tomonga siljib, quruq qatlamlarga
shimilib ketadi hamda kg’plab neft nobud bg’lishi mumkin. SHuning
uchun bunday konlarni qazib chiqarish jarayoni gidrodinamik
kuzatishlar bilan birgalikda va izchil olib borilishi lozim. Maqsad neft
va gazning nobud bg’lishligining xar qanday yg’llarini oldini olishdan iboratdir.
Qatlam sharoitida ishlatish jarayoni davom etayotganda
uglevodorodlarning fazali g’zgarishi sodir bg’lishi (bosim va
xaroratning g’zgarishi natijasida) maqsadga muvofiq emas, Aksariyat
bunday hollar gazkondensat konlarini ishlatish jarayonlarida yuz
berib, qatlamda va quduq tubida gaz tarkibi-dan yuqori molekulali
uglevodorodlarning kondensat sifatida ajralib chiqishi va quruq
qumlarga shimilib ketishi, natijada qimmatli mahsulotning mutlaqo
yg’qolib ketishi aslo yg’l qg’yib bg’lmaydigan hodisadir. Bunday
hollarning sodir bg’lmasligi uchun qatlam sharoitidagi muayyan
ahvolga hisob-kitoblar qilinishi va shunga qarab lozim bg’lgan
hollarda qatlamga quruq gazni haydab , uning bosimini ushlab turish
imkoniyatini yaratish maqsadga muvofiqdir. Ana shundagina kg’plab
kondensatning nobud bg’lishining oldi olinadi. Bu jarayonlar maxsus
nazorat ostida bajarilishi lozim.
Karbonat kollektorlarga joylashgan neft konlariga kislota bilan ishlov
berishda g’ta ehtiyotkorlik lozim, agar ishlov beruvchi quduq suv-neft
chegarasiga yaqin joyda bg’lsa, bu qilingan ish teskari natija berib,
g’sha chegaradagi suvni quduq tubiga barvaqt kelib qolishiga
sababchi bg’lishi va natijada ma’lum miqdorda neft nobud bg’lishi
(qolib ketishi) mumkin.
Kg’p yillik muzlagan joylarda joylashgan uyumlarni ishlatish vaqtida
ham qatlamning tabiiy sharoitini keskin g’zgartirmaslik choralarini
kg’rish taqozo etiladi, aks holda yllik qatlam tarzi buzilib, bizga
faoliyatimiz uchun zararli natijalar kelib chiqishi mumkin.
Buzilgan oluvchi quduqlarni ishlatish lozim bg’lgan hollarda uni
yaxshilab kg’rish va qilinadigan ishga manfiy ta’siri bg’lmagan holda
va davlat nazorat muassasalarining ruxsati bilan ishga tushirish
tavsiya etiladi. Haydovchi quduqlar buzilgan bg’lsa, ularni ishlatish
tavsiya etilmaydi.
Quduq tubi atrofining g’tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish
maqsadida bajariladigan ishlar (kislota bilan ishlov berish, qatlamga
gidrorazrыv usulida ta’sir g’tkazish va shu kabilar) quduqdagi
kolonnaning butunligiga va ularning germetikligiga xech qanday
ta’sir kg’rsatmasligining ilojini qilish lozimdir.
Kon inshootlari va kommunikatsion qurilishlarning konni ishga
tushirish vaqtidan orqada qolishi kg’plab neft va gazning nobud
bg’lishiga sabab bg’lishi mumkin.
Qatlamga suv haydash loyihalashtirilgan sharoitlarda suv xaydash
uchun lozim bo’ladigan inshotlar va ularning yo’llari, haydovchi
quduqlar o’z vaqtida ishga tayyorlanishi va qatlamdan olinadigan
hamda unga haydaladigan mahsulotlar mutanosibligini saqlash taqozo
etiladi. Aks holda qatlamga suv haydash jarayonidan kutiladigan
natija samarali bg’lmay qolishi mumkin.
Neft yig’uvchi inshootlar ham g’z vaqtida tayyorlanmog’i lozim
bg’lmasa, ma’lum vaqt davomida tayyor quduqlar ishlatilmay
konservatsiya holatida turib qolishi mumkin. Bunday holatga yg’l
qg’yib bg’lmaydi.
Loyihada kg’rsatilgan faoliyatlarning g’z vaqtida amalga oshirilishi er
osti boyliklarini muhofaza qilishning muhim omillaridandir.
Kon sharoitida ishlatilishi lozim bg’lgan barcha inshootlarning
mavjudligi va ularning ishga tayyor holati hozirgi zamonning eng
muhim talabidir. Aksariyat hollarda bunday inshootlarga ba’zan
ikkinchi darajali degan fikr bilan qaralishi natijasida kg’plab zarur
mahsulotlar nobud bg’ladi. Bunga yorqin misol sifatida milliardlab m
3 neft konlaridan chiqadigan yg’ldosh gazni havoga chiqarib
yoqilishini keltirish mumkin. Neftni qazib chiqarish va uni kerakli
joylarga tarqatish masalasi loyihada kg’rsatilgan bg’yicha olib
boriladi, lekin neft bilan chiqadigan yg’ldosh gazning ishga
tushirilishi e’tibordan chetda qoladi. Agarda jarayon loyiha bg’lganda
ham unga e’tibor berilmay tabiat inom qilgan xomashyoga nisbatan
vahshiylik qilinadi. Bunda muhitga zarardan tashqari iqtisodiyotga
ham oz muncha zarar keltiriladi. Ikkinchi misol tariqasida gaz
kondensat konlarida nobud bg’lishi mumkin bg’lgan qimmatli
mahsulot kondensatni keltirish mumkin. Hech kimga sir emas,
yaqingacha bunday konlar bizda oddiy gaz konlari qatorida
ishlatilgan, natijada har bir quduq oldida "kondensat hovuz" lari hosil
bg’lar edi. Keyingi 10-15 yil ichida bunga e’tibor qilinib, kondensatni
gaz tarkibidan chiqarib olish texnologiyasiga ahamiyat berishga
boshlashdi.
Bizda yaqin-yaqinlargacha gaz tarkibida mavjud bg’lgan oltingugurt
vodorodi xavoda yoqilar edi. Keyingi vaqtlarda undan organik
oltingugurt olish texnologiyasi ishlab chiqildi va sanoat miqyosida
qg’llanilmokda. Bunga yorqin misol sifatida Muborakdagi gaz
kompleksini faoliyatini keltirish mumkin. G’rta Osiyo regionidagi
tarkibida oltingugurt vodorodi mavjud gazlar hisobiga ishlayotgan bu
kompleks yiliga necha minglab tonna sanoat va qishloq xg’jaligi
uchun zarur xomashyo bg’lgan sof oltingugurtni olgandan tashqari
milliardlab m3 gazni zararli "chiqindidan" tozalab sanoat korxonalari
va xonadonlar oshxonasiga etkazib berishga hissa qg’shmoqdalar.
Ma’lumki, hozirgi kunda olinayotgan neftning kg’p qismiga qatlam
bosimini tashqaridan haydalgan suv bilan ushlab turish tarzini
vujudga keltirish hisobiga erishilmoqda. Buning natijasida neft bilan
juda kg’p miqdorda suv olinishi sodir bg’layotir.
Kon sharoitlarida bu suvlar aksariyat qayta ishlab, yana qatlam
bosimini kg’tarish uchun unga haydash ishlari yg’lga qg’yiladi, lekin
bunda sharoitga qarab hamma suvni ishlatish imkoni bg’lmaydigan
hollar ham mavjud. Unday suvlarni (ya’ni qatlamdan neft bilan birga
chiqqan) nima qilish kerak? Axir ularning tarkibida oz bg’lsa ham
neft, gaz, kondensat, erigan tuzlar har xil zaharli sirt aktiv moddalar
mavjud. SHuning uchun ularni oqar suvlarga qg’shib yuborish
tabiatga katta zarar keltiradi (afsuski bunday hollar uchrab turadi) va
daryolardagi baliqlar hamda boshqa jonzotlarning kg’plab qirilishiga
sabab bg’ladi. Unday suvlarni ekinlarni sug’orish ishlariga ishlatib
bg’lmaydi, ichish esa mutlaqo mumkin emas. SHuning uchun bunday
suvlarni neftli qatlamga haydash ayni muddao, lekin undan ortganini
er ostidagi suvli qatlamlarga haydalgan maqsadga muvofiqdir, lekin
bu ish ham qulay imkoniyatlar mavjud bg’lganda amalga oshirilishi
mumkin, aks holda tabiatning muvozanati buzilib kg’ngilsiz
holatlarga sababchi bg’lishi mumkin.
SHuning uchun ham chiqindi suvlarni ma’lum darajada
zararsizlantirish choralarini kg’rish, bu ishlarni loyihalash-tirish va
ularni amalga oshirish uchun ma’lum mablag’ ajratish hamda
bularning hammasini neftning tannarxi hisobiga g’tkazish maqsadga
muvofiqdir. SHunday qilingandagina biz tabiatni har qanday
chiqindilar xisobiga bulg’anishining bir qismini bartaraf etgan bg’lamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |