125
tomonidan Xitoy milliy boyliklarining talanishi xalq ommasining qattiq
noroziligiga sabab bo'ldi. 1897 yil tumanlarda dehqonlarning xo'jayinlariga
qarshi g'alayonlari boshlandi, bu g'alayonlar 1898-1899 yillarda mamlakatning
turli viloyatlariga tarqaldi.Feodallarga qarshi g'alayonlar
chet el monopolistlariga
qarshi qaratilgan edi. Dehqonlar harakati, ayniqsa, nemis bosqinchlari tomonidan
qattiq ekspluatatsiya qilinayotgan Shandun viloyatida juda katta g'alayonga sabab
bo'ldi. Nemis bosqinchlarining o'zboshimchaligi xalq noroziligini keltirib
chiqardi. Shandunda yashirin jamiyatlar tuzilib, jangovar otryadlar tashkil
qilindi. Ular «tinchlik va adolat» shiori ostida kurashib, «ixetuan» (musht) -
otryadlari boksyorlar qo'zg'oloni» nomini oldilar. Jangovar otryadlar
bosqinchlarga hujumlar uyushlirar va ularning hayotini tahlikaga solib turardilar.
Ixetuanchilar chet el bosqinchlariga qarshi ochiq kurashga o'tdilar.XIX
asrning
oxirida Xitoyda ilk sanoat ishlab chiqarish munosabatlari paydo bo'la boshladi.
Eski yer mulkchiligi tizimining yemirilishi tezlashdi. 1872 yilda Li Xunchjuan
yirik paroxod kompaniyasini tashkil qildi. 1878 yilda Kaylan ko'mir boshqarmasi
tuzildi.1881 yilda Shimoliy Xitoyda birinchi temir yo'l ishga tushirildi. 1895 yilda
Shanxayda yirik to'qimachilik fabrikasi ishga tushirildi. 1897 yilda 600 ga
yaqin chet cl firmalari mavjud edi, lekin sanoat korxonalarining o'sishi va
ko'payishi sust bordi. Xitoy Yaponiya,AQSh, Angliya singari yirik kapitalistik
davlatlarga qaram, yarim mustamlakaga aylandi.Mamlakat ichida jamiyatning
kambag'al, qashshoq qatlamlari bilan boyib borayotgan burjuaziya va eski
an’anaviy zamindorlik hukmronligi uchun kurashayotgan yer egalari o'rtasida
ziddiyat kuchayib bordi.Yevropaning savdodagi hissasi 1890 yilda 40
mln.ienga teng bo'ldi. Import eksportdanancha ko'p bo'lib, bu mamlakatning
qaramligi belgisi edi.Xitoy bilan Angliya o'rtasida 1876 yil tuzilgan konvensiya
Xitoyni yanada asoratga soldi. Konvensiya Angliyaga Xitoyning 10 dan ortiq
portiga
erkin kirish, qator viloyatlarda o'z foydasiga imtiyozli savdo qilish
huquqini berdi.1880 yillarda Fransiyaning Vetnamni bosib olishi tufayli
Fransiya-Xitoy munosabatlari yomonlashdi. 1884 yili Xitoy markaziy
Vetnam ustidan rasmiy hukmronligidan voz kechdi va u yerda fransuz
protektoratini tan oldi. Lekin Shimoliy Vetnam (Tonkin) viloyati fransuzlarga
qarshi kurashni davom ettirdi. Xitoy partizanlari yordam berib turdilar. Fransiya
buni bahona qilib, Xitoyga qarshi urush ochdi. 22 ta Xitoy harbiy kemasi
cho'ktirildi. Xitoy xalqidagi baland ruh, milliy
shakllanish jarayoni Sin
imperatori sulolasida vahima uyg'otdi. Bundan cho'chigan Xitoy hukumati
Fransiya bilan shoshilinch bitim tuzdi. G'olibona urushni mag'lub sifatida
yakunlab, Fransiyaga qator masalalarida «yon berdi».Xitoyning Fransiya bilan
urushda yengilganidan foydalangan Angliya 1886 yil 1 yanvarda Birmaga qarshi
urush e'lon qildi. Tez orada Birma Angliya mustamlakasiga aylandi. Yaponiya
Xitoyga nisbatan bosqinchilik rejalarini amalga oshirishga kirishdi. 1872 yil Ryu-
kyu orolini, 1874 yil Tayvanni bosib olishga harakat qildi. Tayvandagi urushda
AQSh harbiy kuchlari ishtirok etgani uchun bu orol amerikalik savdo sanoatchilar
uchun «ochiq» deb e'lon qilindi. 1894-1895 yillarda Yaponiya-Xitoy urushi bo'lib
o'tdi. Yaponiyaning maqsadi Koreyani Xiloy ta'siridan ajratib olish edi. Xitoy
Koreyani Yaponlar istilosidan himoya qila olmadi.
Aksincha, unga «G'arb
davlatlarini yordamga chaqirish»ni maslahat berdi. Bu Xitoyning Koreyadagi
manfaatlariga kuchli zarba bo'ldi. 1893
yilgi
koreys
dehqonlarning
«Tanxak» (sharq kurashi) yashirin jamiyat yetakchiligidagi qo'zg'olonini
126
bostirish bahonasida Xitoy Koreyaga qo'shin yuborgan edi.Yaponiya ham o'z
qo'shinlarini shu bahona bilan Koreya hududiga kiritdi. 1894 yil iyul oyida
Yaponiya urush harakatlarini Xitoyning o'ziga qarshi qaratdi. Urush e'lon
qilmay turibXitoyning bir qancha kemalariga hujum qilib, cho'ktirib yubordi. 1-
avgust kuni urush rasmiyravishda e'lon qilindi. Avgust-noyabr oylari orasida
Yaponiya Xitoyni Koreyadan «siqibchiqardi». Keyin esa Port-Artur (Lyaodun)
portini bosib oldi.1894
yil sentyabrida Xitoy Shimoliy flotidan ajraldi. 1895 yil
fevraligacha Shandun yarimorolidagi Veyxay portini ham yaponlar oldi. Nihoyat,
1895 yil 17 aprelda Yaponiyaning Simonoseki shahrida bitim tuzildi. Xitoy
Tayvan, Lyaodun, Penxu orollarini Yaponiyaga berdi. Shansi, Syuychjou,
Xanchijou, Chunsin portlarini «ochib» qo'ydi. Yaponiya Xitoyda istagan joyda,
xohlagan sanoat korxonasi qurish huquqini oldi. Bitimning Lyaodun orolini
Yaponiyaga berish haqidagi bandiga Rossiya va boshqa davlatlar qarshi bo'lishdi.
Bu holYaponiyani Rossiya chegaralariga juda yaqinlashtirib qo'ygan edi. Xitoy
endigina sanoatlashuv yo'liga qadam qo'yganda xorijiy davlatlar tomonidan talon-
taroj qilinishi xalq ahvoliga og'ir ta'sir ko'rsatdi. Xitoyning to'g'ri taraqqiyot
yo'liga olib chiqish haqida turli ilg'or ijtimoiy g'oyalar shakllandi.Bularning
hammasi yaxlit ma'noda XIX asr oxirlarida Xitoyda islohotchilik harakati deb
ataldi.Islohotchilar Xitoyning parchalanib ketish xavfini tushunar edilar. Eng
xavfli dushmanlar – Yaponiya, Rossiya, Fransiya, Angliya va AQShning
nayranglarini fosh qilardilar. Harakat g'oyaviy rahbarlaridan Kan Yu-vey, Lyan Si-
Chao, Mey Men-Xualar manjur-sin hukmdorlari nomiga memorandumlar yozib,
islohotlar qilinishini taklif etishdi. Shu davr ijtimoiy harakatlarida Sun Yat Sening
o'rni alohida edi. U Xitoyni inqilob yo’liga yetaklagan «rahnamo» edi. Sun Yat
Senning «Xitoy uyg'onish jamiyati» nomli tashkiloti manjurlarning Sin sulolasini
ag'darib tashlab, Xitoyda demokratik milliy davlat
tuzish uchun kurashar
edi.Yapon-Xitoy urushidagi mag'lubiyat islohotchilik harakatini yanada
«jonlantirdi». 1897 yili Kan Yu-veyning beshinchi murojaatiga javoban nihoyat
imperator islohot haqida farmon berdi. Imperator farmoni bilan «100 kunlik
islohotlar» davri boshlandi. Isiohotlar Xitoyni kuchli zamonaviy davlatga
aylantirishga qaratilgan edi. Kan Yu-vey safdoshlari hukumatga kiritildi. Sanoat,
transport, kon, xom- ashyo, qishloq xo'jaligi tarmoqlarini davlat qo'lida to'plashga
harakat qilindi. Ammo bular eskilik tarafdori bo'lgan yuqori tabaqa zarbasiga
uchradi.1898 yil 21 sentyabrda islohotchilar dushman harbiy qismi boshliq to'da
davlat to'ntarishi qilib, barcha islohotlarni bekor qildi. Imperator Tuan Suy
qamab qo'yilib, idorasiz «qo'g'irchoq» podshohga aylantirildi. Islohotchilarning
keng demokratik o'zgarishlar yo'liga chiqmaganliklari ularning mag'lubiyatiga
sabab bo'ldi. Kan Yu-vey boshliq bu islohotchilar aslida imperator
hokimiyatini saqlab, uning ishtirokida davlatni qayta tuzmoqchi edilar. Bu yo'l
tub o'zgarishlarga olib borishi qiyin edi.
Do'stlaringiz bilan baham: