91
avvalgidek, Yevropada inqilobiy xavfga qarshi hamkorlikda kurash olib
borishda, Sharqda o'zining mavqeini mustahkamlashda va 1856 yilgi Parij sulh
shartnomasini qayta ko'rib chiqish uchun uning yordamiga umid qilmoqda edi.
Angliya hukumati yangi Germaniya davlatini Yevropada hukmronlik uchun
da'vo qilayotgan Fransiyaga qarshi munosib raqib bo'lishini istayotgan edi.
Shuning uchun mazkur davlatlar va Yevropaning boshqa davlatlari ham
Prussiyani birlashtirish siyosatiga qarshi munosabat bildirmadilar.Bismark davlat
to'ntaruvi qildi, armiyani qayta tashkil etish uchun byudjetdan tashqari mablag'
ajratdi, maxsus farmoyish bilan
matbuot erkinligi cheklandi, muxolif amaldorlar
lavozimidan bo'shatildi. Prussiya 1863 yil Polsha qo'zg'olonini bostirishda
hamkorlik qilish haqida Rossiya bilan konventsiya imzoladi. Bu xalq
ommasining umumiy noroziligiga sabab bo’ldi. Berlinda namoyishlar
uyushtirilib, aholining polilsiya bilan to'qnashuvi yuz berdi. Basmark
Germaniyani Prussiya hukmronligida birlashtirish maqsadiga kuch bilan
erishishga
qat'iy
kirishdi.
Germaniyani
Prussiya
boshchiligida
birlashtirlishigata'kidlangandek. Avstriya va Fransiya qarshilik ko'rsatmoqda
edilar. Avstriya german davlatlarini Prussiya boshchiligida birlashtirish
Prussiyaning
mavqeini kuchaytiradi, deb bunga yo'l qo'ymaslikka va o'z
navbatida, german davlatlarini Avstriya atrofida birlashtirishga harakat
qildi.Fransiya esa o'zining sharqiy chegaralarida kuchli markazlashgan davlatni
tashkil topishini istamay Germaniya ittifoqining zaifligidan foydalanib,
Reynning so'l qirg'og'ini bosib olishga harakat qilayotgan edi. Napoleon III
german davlatlarining Prussiya hukmronligiga qarshi siyosatini rag'batlantirib
Janubiy Germaniyada o'zining ta'sirini mustahkamlashga intildi. 1863 yil
yozida Avstriyaning tashabbusi bilan Germaniya ittifoqini isloh qilishni
muhokama qilish maqsadida german davlatlarining vakillarini Frankfurtga taklif
etdi.
Uchrashuvga
Prussiya
vakillari
kelmadi.Bismark
Germaniyani
birlashtirish ishini shaxsiy uniya asosida Daniya bilan birlashgan ammo,
alohida konstitutsiyalariga ega bo'lib, aholisi asosan
nemis millatiga mansub
bo'lgan Shlyozvig va Golshteyn gersogliklarini Daniyadan tortib olishdan
boshladi.1863 yil Daniyaning yangi qiroli Xristian Shlyozvigga Daniya
konstitutsiyasini joriy qildi. Bu butun Germaniya davlatlarida norozilik uyg'otdi
va Bismarkka yangidan paydo bo'lgan ''shlyozvig-golsheyn muammosi"ga
aralashish imkoniyatini berdi. Chunki, Golshteyn Germaniya ittifoqiga a'zo
edi. Prussiya Daniyaga Shlyozvigni anneksiya qilishdan voz kechishni talab
qiluvchi ultimatum e'lon qildi. Bu talabga keyinroq Prussiyadan orqada
qolishni istamagan Avstriya ham qo'shildi.Daniya qiroli Yevropa davlatlarining
yordamiga umid qilib, Prussiya va Avstriya talabini rad etdi. 1864 yil 1-fevralda
Prussiya va Avstriya Daniyaga qarshi urush boshladi. Qisqa muddatda Daniya
tor-mor etildi. 1864 yil 30 oktyabrda Venada imzolangan sulh shartnomasiga
ko'ra Shlyozvig va Golshigen gersogliklari Daniyadan tortib olinib,
Avstriya
va Prussiyaning hamkorligidagi boshqaruv ostiga o'tdi. 1865 yil Prussiya va
Avstriya o'rtasida imzolangan konventsiyaga ko'ra, Golshteynni Avslriya,
Shlyozvigni esa to'liq Prussiya boshqaradigan bo'ldi. Bu konventsiya ko'proq
Prussiya manfaatlariga xizmat qilgan. Biroq, Golshteynni Avstriya tomonidan
boshqarilishi Prussiyani qanoatlantirmadi.Daniya urushiga buyuk davlatlarni
aralashmasligi haqida Bismarkning bashorati to'g'ri chiqdi. Bismarkning
galdagi vazifasi Avstriyani tor-mor etish va uning german davlatlariga bo'lgan
92
ta'siriga barham berish edi.Bismark Prussiyaning harbiy qudratidan kelib chiqqan
holda ongli ravishda Avstriya bilan urushga tayyorlana boshladi. Avstriyani tezda
tor-mor etish uchun 1866 yil bahorida Italiya bilan ittifoqchilik haqida maxfiy
shartnoma imzoladi. Bismark Avstriya imperiyasiga qarshi urushda ittifoqchilik
qiladigan Italiyaga Venetsiyani olib berishni va'da qildi.
Vengriya
emmigrantlari bilan muzokaralar olib borib, Avstriya imperiyasida milliy
harakatlar
chiqarishga
urindi.Avstriyaga
qarshi
urushda
Fransiyaning
betarafligini ta'minlash uchun Bismark Napoleon III bilan bo'lgan uchrashuvda
Belgiyani bir qismi va Reynning so'l sohilini Fransiyaga qo'shib olinishiga
qarshi emasligini ma'him qildi. Uzoqni ko'ra olmagan Fransiya imperatori
Avstriya-Prussiya urushi har ikki tomoning zaiflashtiradi deb o'ylab, Bismarkning
taklifiga rozi bo'ldi.1866 yil bahorida Bismark Germaniya ittifoqini tubdan isloh
qilishga Avstriyaning roziligini so'radi. Undan kutilgan javobni olmagan Bismark
barcha german davlatlariga Germaniya ittifoqini isloh qilish va undan Avstriyani
chiqarish haqidagi loyihani jo'natib, ittifoq seymiga Germaniya Ittifoqining yangi
konstitutsiya loyihasini kiritdi va Prussiya harbiy qo'shinlarini Golshteynga
tomon yo'naltirdi. Ittifoq seymi Avstriya tomonida turdi, bungajavoban Prussiya
1866 yil 14 iyunda Germaniya ittifoqidan chiqqanligini e'lon qildi.15 iyun kuni
Prussiya Avstriyaga qarshi urush boshladi. Baden, Bavariya, Vyurtenberg,
Gannover,
Saksoniya Avstriya tomonida, Tyurintiyaning va Shimoliy
Germaniyaning
ayrim
shaharlari
Prussiya
tomonida
turib
urushda
qatnashdi.Prussiya qo'shinlari Saksoniya, Gannover va Kurgessenga hujum qilib,
14 kunda Avstriyani qo'llab turgan Janubiy va Markaziy Germaniya kuchlari
Mayn daryosi bo'ylab kesib qo'yildi. Yevropa jamoatchiligi tomonidan mutlaqo
kutilmagan holda Prussiya armiyasi ilk bor temir yo'llar va telegrafdan
foydalanib, Avstriya va uning ittifoqchisi Saksoniyaga ketma-ket harbiy zarbalar
berishda davom etdi. Eski pilta miltiqlar o'rniga yangi minali o'qotar qurollar
bilan qurollangan yaxshi harbiy tayyorgarlikdan o'tgan prus qo'shinlari general
Moltkening qo'mondonligida Chexiya hududiga yurish qilib, 3-iyulda Sadova
qishlog'i yaqinida Avstriya qo'shinini tor-mor etdi va Venaga yo'l oldi. Prussiya
qo'shinlarining boshqa bir qismi Avstriyaga ittifoqchilik
qilayotgan german
davlatlari harbiy otryadlarini mag'lubiyatga uchratib, 15 iyul kuni Frankfurtni
egalladi.Avstriya Janubiga Italiyaning hujumi natijasida imperator Frans-Iosif
Prussiya bilan sulh tuzishga majbur bo'ldi. 1866 yil 23 avgustda Pragada
imzolangan Avstriya-Prussiya sulh shartnomasiga ko'ra Avstriya Germaniya
ittifoqidan chiqarildi, german davlatlari orasida hukmronlik qilish da'vosidan
kechdi va yangi uyushma Shimoliy Germaniya ittifoqiga kirishdan mahrum
qilindi.
Shuningdek, shartnoma Germaniya ittifoqini tarqatib yubordi. Shlezvig,
Golshteyn, Gannover, Kurgessen, Nassau va erkin shahar Frankfurt Mayne
Prussiyaga qo'shib olindi. Avstriya Venetsiyani Italiyaga berib, Prussiyaga harbiy
kontributsiya to'lash majburiyatini oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: