63
qilish kuchaydi.Shu bilan birga Napoleon III "Ishchi tashkilotlarini" tinchlantirishga
harakat qildi. Bunday jamiyatlar politsiyaning ko'rigidan o'tgan bo'Iib
imperator
ularning raislarini tayinlashi lozim edi. Bunday jamiyatlar bepul bino, mebel,
davlatdan moliyaviy yordam olish kabi imtiyozlar bilan ta'minlangan edi. '"Politsiya
sotsializmi" deb atalgan bunday jamiyatlarni qurishga urinish muvaffaqiyatsiz
bo'ldi, ishchilarning norozilik chiqishlari davom etdi. 50-yillarda ishchilarning
imperiyaga qarshi norozilik harakatlari ish tashlashlar bilan, siyosiy chiqishlari esa,
suiqasd va terroristik ko'rinishlar bilan bordi.1855 yil Anjer yaqinida 600 ta
qurollangan ishchilar shaharni egallash uchun qo'zg'aldilar. Ammo ular hukumat
qo'shini tomonidan tor-mor etildi. Bu qo'zg'olonchilar "Marianna"
jamiyatiga
mansub bo'Iib, ular respublika tarafdorlari edilar (Marianna-fransuz respublikasini
aks ettiruvchi ayolning nomi edi).Respublikachi maxfiy jamiyatlar va to'garaklar
qatorida 50- yillarda Fransiyada sotsialistik tashkilotlar ham mavjud edi. Masalan,
Anzen shahridagi shaxtyorlarning maxfiy tashkiloti 1856 yil may oyida tashkil
qilinib, u o'zining bosh maqsadi sifatida demokratik respublika o'rnatishga harakat
qildi.1859 yildan so'ng Fransiyada yakobinchilardan iborat bo'Igan harakat
qaytadan jonlandi. Bu yakobinchilar 1792 yildagi kabi konvent chaqirib, imperiyani
ag'darilishini va xususiy mulkni daxlsiz, deb e'lon qilinishini talab qilayotgah edilar.
Yakobinchilar asosan mayda burjuaziya va ziyolilardan iborat edi. Ayrim sotsialistik
elementlar ulardan ajralib chiqib, blankichilarga qo'shildi.
Blankichilar partiyasi
1859 yilgi avfdan so'ng Blankining Fransiyaga qaytishi bilan tashkil topdi. Uning
yadrosini inqilobiy ziyolilar, o'quvchi va talaba yoshlar, qisman ishchilar
tashkil etdi. Bu jamiyat o'z oldiga bir hovuch ziyolilarning fitnalar uyushtirishi
bilan hokirniyatni qo'lga kiritish va o'zining diktaturasini o'rnatishni maqsad qilib
qo'ygan edi.60-yillarning boshida mamlakatda bo'lgan ish tashlashlar natijasida
XVIII asr fransuz burjua inqilobi davrida chiqarilgan Le-Shapele qonuni 1864 yilda
bekor qilindi. Bu qonun ishchi ittifoqlarining faoliyatini ta'qiqlar edi.
Qonunning
bekor qilinishi ishchilar harakatining jonlanishiga sabab bo'ldi.60-yillaming
oxirlaridan boshlab, ikkinchi imperiyaning davlat binosiga darz keta boshladi.
Napoleon III ning reaksion ichki va doimiy bosqinchilik urushlarini olib borish
siyosati xalq ommasining katta noroziligiga sabab bo'ldi.Fransuz burjuaziyasi
imperatorning muvaffaqiyatsiz tashqi siyosatidan katta moliyaviy zarar
ko'rayotgan edi. Fransiyaga qo'shni hududda zaif, tarqoq german davlatlari o'rnida
Prussiya boshchiligida Fransiyaga xavfli raqib Shimoliy Germaniya ittifoqi tashkil
topdi. Italiyaning birlashishi ham Yevropadagi
kuchlar nisbatini Fransiya
zarariga o'zgartirib yubordi. Fransuz jamiyati yuqori doiralarning noroziligiga
papaga yordam sifatida Rimga fransuz qo'shinlarining jo'natilishi ham sabab bo'ldi.
1867 yil 3 noyabrda fransuz qo'shinlari papani yollanma qo'shini bilan
ittifoqchilikda Menlane yaqinida garibaldichilarni tor-mor etdi, Rim papa
hokimiyati ostida qolaverdi. Italyan xalqining milliy birlashish uchun kurashiga
Fransiyaning aralashuvi fransuz xalqi demokratik qatlamlarining g'azabini
uyg'otdi.Juda ko'p mablag' sarflangan mustamlakachilik ekspeditsiyalari, imperator
saroyini ta'minlash uchun ham ko'p mablag'
sarflanishi, ma'muriyatning xoinligi,
nafaqat keng xalq ommasida, balki imperator bilan hamkorlikda bo'lgan savdo-
sanoat burjuaziyasida ham norozilik tug'dirdi. Ayniqsa, 1867 yilda juda ko'p
qurbonlar talab qilgan Meksika harbiy ekspeditsiyasining muvaffaqiyatsizlik bilan
tugashi bu noroziliklarni nihoyatda kuchaytirdi.60- yiliarning oxirlaridan Fransiyada
ish tashlashlar yanada xafli tus oldi. Agar 50-yillarda ish tashlashlarasosan iqtisodiy
64
ahamiyat kasb etgan bo'lsa, 60-yillardan boshlab u siyosiy chiqish tusini ola
boshladi.Mamlakatda o'sib borayotgan inqiroz Napoleon III ni bir qancha yon
berishlarga majbur qildi (Senzuraning yumshatilishi,
Quyi palataga qonun
chiqaruvchilik tashabbusini berilishi va boshqalar shular jumlasidandir). Ammo
bunday mayda yon berishlar ommaning noroziligini barlaraf etmadi. 1867-yilda
Prussiyaning Avstriyaga qarshi urushining muvaffaqiyatli tugashi va Shimoliy
Germaniya ittifoqining tashkil topishi, Meksika yurishining barbod bo'lishi,
imperiya inqirozini kuchaytirdi. Fransiyaning 1870 yil Germaniyaga qarshi
urushidagi maglubiyati imperiya inqirozining eng yuqori nuqtasi bo'ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: