10-masalaga javob. 1. Gemolitik kamqonlikni yarednizolon bilan davolab, uning dozasi kamaytirilganda kasallikning qaytalanishi taloqni olib tashlashga ko‘rsatma hisoblanadi. Agar splenektomiya qilish mumkin bo‘lmasa, immunodepressantlar azatioyarin, siklofosfan) bilan davolanadi. Immunodepressantlar yana splenektomiyadan keyin (foyda bermasa) ham beriladi. Gemolitik kamqonlikda bemorga qon quyiladi. Yana bu kasallikda hayotiy ko‘rsatma bo‘lsa (gemoglabin miqdori keskin kamayib, yurak yetishmovchiligi bo‘lsa), aloxida tekshirib yuvilgan eritrotsitlar quyiladi.
2. Taloq olib tashlangandan keyin qon oqishi, septik asoratlari, tromboz va tromboemboliya kuzatilishi mumkin. Immunodepressantlar berilganda sitopeniya hamda ich ketish alomatlari bo‘lishi mumkin. Glyukokortikoidlar berilganda kushingoidizm, arterial gipertenziya, qand kasalligi, osteoporoz, oshqozon yarasi, infeksiyaga beriluvchanlik va sil kasalligi kelib chiqishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |