Kuyish darajalari va sovuq urish.
1–I-II darajali kuyish; 2-II-III darajali kuyish; 3-sovuq urish
Barcha xildagi kuyish qattiq og‘riq bilan kechadi: ko‘p joy qattiq kuyganda shok paydo bo‘lishi mumkin. Kuyishning og‘ir-engilligi xavfi faqat kuyish darajasiga bog‘liq bo‘lmasdan, balki kuygan sathning katta-kichikligiga ham bog‘liqdir. Masalan, badan sathining 1/3 qismi (bolalarda esa hatto 1/4 — 1/8 qismi) kuyishi odam hayoti uchun xavfli bo‘lishi, badan sathining 1/3 — 1/2 qismidan ko‘prog‘ining kuyishi, odatda, o‘limga sabab bo‘lishi aniqlangan.
III darajada agar badanning 10% idan ko‘prog‘i kuysa, kuyish kasalligi boshlanadi. Bu kasallik nerv tizimi faoliyatining buzilishi bilan xarakterlidir. Ko‘p suyuqlik yo‘qotish va kuchli og‘riq natijasida shok boshlanadi. Tana harorati 390-400 ga ko‘tariladi. Kuygan soha bitishdan to‘xtaydi, yiringli jarayon kuchayadi, umumiy ahvol og‘irlashadi, ishtaha yo‘qoladi, bemor qusadi, oza boshlaydi va organizmniig umumiy intoksikatsiyasi boshlanadi.
Kuyganda to‘g‘ri tibbiy yordam jarayoni ko‘rsatish uchun kuygan joyni o‘lchash muhim ahamiyatga ega.
1. Kaft bilan o‘lchash — katta yoshli odamda kaftning ichki yuzasi butun badan yuzasining 1-2% ini tashkil etadi. Kuygan joyga sterillangan salfetka yopib o‘lchanadi va shu son 1 yoki 1,2 ga ko‘paytiriladi.
2. To‘qqizlar qoidasiga muvofiq o‘lchash — bosh, bo‘yin yuzasi badanning 9% ni, bir qo‘l yuzasi 9% ini, tana 36% ini, har bir oyoq yuzasi 18% ini, oraliq va jinsiy organlar 1% ini tashkil etadi. Raqamlardan foydalanib kuygan yuzani taxminan aniqlash mumkin.
3. Kishi tanasining umumiy sathi 16000 sm2 ga tengdir. Uni hisobga olib Postnikov (1949) kuyish joyiga steril sellofan qo‘yib, kuygan sathni aniqlash tarhini ishlab chiqqan.
Kuyishda birinchi yordam ko‘rsatish umumiy va mahalliy choralardan iborat bo‘ladi.
Bu holda asosiy vazifalardan biri zararlanganni yong‘indan olib chiqish, yonayotgan joyni o‘chirish yoki kuyayotgan kiyimni yechib olishdir. Kiyimni tez o‘chirmoq darkor, buning uchun shikastlanganni choyshabga tez o‘raladi, yoki bu maqsad uchun qalin matoni ishlatsa ham bo‘ladi. Kyygan joydan kiyimlar kesib olinadi, dastlabki 20 daqiqada kuygan sathlar sovuq suv bilan chayiladi, yoki botirib turiladi. Bu yopdam ta’sirida og‘riq kamayadi, travmatik shokning oldi olinadi. Keyinchalik kuygan joylar spirt bilan artilishi mumkin. So‘ngra kuygan sath toza choyshab yoki uzunasiga qirqilgan, iloji bo‘lsa, dazmollangan kiyim-kechak bilan o‘raladi. Quruq, imkon boricha sterillangan bog‘lam ishlatilgani ma’qul. Keyingi vaqtlarda birinchi yordam sifatida metall bog‘lamlar – metall folga yaxshi yordam bermoqda. Shuningdek maxsus ayerozollar (olazol, amprovizol, pantenol, oleol — ko‘pik hosil qiluvchi ayerozol + senovokain + dioksidin) va og‘riq qoldiruvchi moddalar ishlatiladi.
Oyoq-qo‘lning ko‘p joyi kuyganda, transport shinasi qo‘yish shart. Badan sathining ko‘p joyi kuyganda bemor sterillangan choyshabga o‘raladi. Kislota va ishqor ta’sirida kuyganda teriga tushgan kimyoviy moddalarni tezda sovuq suv bilan yaxshilab yuvish kerak. Shundan keyin kislotalar ta’siri ishqorlar bilan (2% li soda eritmasi, sovunli suv, bo‘r kukuni, qizdirilgan magneziya sepmasi), ishqorlar ta’siri esa kislotalar (1-2% li sirka va limon kislota) bilan neytrallanadi. Qizilo‘ngach va me’da kimyoviy moddalardan kuygan birinchi soatlarda me’da ehtiyotlik bilan ko‘p miqdordagi cyvda yuviladi, agar yuvish mumkin bo‘lmasa, kuygan bemorga sut yoki paxta yog‘i ichiriladi. Birinchi yordam ko‘rsatilgandan keyin bemor tibbiyot muassasasiga jo‘natiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |