93
morfologik va leksik usullar bilan yasaladi:
1. Morfologik usul. Sifatlarga –ish, -imtir, -mtir affikslarini qo‗shib ozaytirma sifat
hosil qilinadi: ko‗kish, qizg‗ish, oqimtir, qoramtir. –ish qo‗shimchasi qo‗shilgan ba‘zi
sifatlar o‗zagida tovush o‗zgarishlari sodir bo‗ladi: sariqQish-sarg‗ish. Bu so‗zda
o‗zakdagi i unlisi tushib qolgan, q undoshi g‗ undoshiga almashgan. Qizil sifatiga -ish
qo‗shilishi bilan o‗zakdagi –il
tovushlari tushib, g‗ tovushi orttirilgan.
Sifatlarga –gina, -kina, -qina affikslari qo‗shilib, belgilarni kuchsizlantirish
ozaytirishi mumkin. Bunda –k bilan tugagan sifatlarga –kina, -q bilan tugagan sifatlarga -
qina, qolgan sifat shakllariga –gina affiksi qo‗shiladi. Misol: tuzukkina, oriqqina,
sariqqina, kattagina.
2. Leksik usul. Sifatning oldidan och, nim so‗zlarini keltirish bilan belgi
kamaytiriladi:
och pushti, nimqizil.
Kuchaytirma sifatlar o‗zakdan anglashilgan belgining ortiqligini bildiradi.
Kuchaytirma sifatlar leksik va morfologik usul bilan hosil qilinadi.
A) Morfologik usul. Bu usulda sifatni tovush o‗zgarishlari orqali takrorlash yo‗li
bilan:
- Sifatning birinchi bo‗g‗ini ikkinchi bo‗g‗inidagi undosh bilan takrorlanadi: dum-
dumaloq,
pak-pakana, but-butun
- Sifatning birinchi bo‗g‗iniga –p undoshi qo‗shib takrorlanadi:
sap-sariq, qip-qizil.
- Sifatning oldingi ikki tovushi ajratilib unga p, m tovushlaridan biri qo‗shiladi va
undan keyin so‗zning o‗zi takrorlanadi: yap-yangi, ko‗m-ko‗k.
- Sifatning birinchi bo‗g‗inidan keyin ppa shakli qo‗shiladi: soppasog‗ , to‗ppato‗g‗
ri.
b) Leksik usul. Sifat tovush o‗zgarishlarisiz takrorlanib orttirma daraja hosil
qilinadi:
katta-katta
Qiyosiy darajadagi sifat oldida ma‘noni kuchaytiruvchi yana, yanada, yana ham
so‗zlari kelishi mumkin: yanada yaxshiroq, yana
ham balandroq, yana jonliroq.
3) Orttirma daraja. Predmetdagi belgining boshqa predmetdagi shunday belgiga
nisbatan eng ko‗p, oliy darajada ekanligini ifodalash orttirma daraja deyiladi. Sifatning
orttirma daraja shakli leksik usul bilan ifoda qilinadi.
Oddiy darajadagi sifat oldidan eng, juda, nihoyatda, behad, g‗ oyat, g‗ oyatda,
hammadan kabi so‗zlarni keltirish bilan: juda chiroyli, nihoyatda shirin, g‗ oyatda
mehribon kabi.
Leksik usulda ba‘zan belgi bildiruvchi sifatlar o‗rnida boshqa so‗zlar ishlatilishi
mumkin: zahar (garmdori), olov (sho‗x).
Leksik usul.
Sifat tovush o‗zgarishlarisiz takrorlash orqali ham orttirma daraja hosil qilinadi:
katta-katta, shirin-shirin.
- sifat oldidan to‗q, jiqqa, tim, g‗irt kabi so‗zlarni keltirish bilan: jiqqa ho‗l, tim
qora.
- sifat oldidan so‗z birikmalari va iboralarni qo‗llash orqali: haddan ziyod (chiroyli),
quling o‗rgilsin (jonon).
Morfologik usulda sifatni tovush o‗zgarishlari orqali takrorlash yo‗li bilan. Bunda:
- sifatning birinchi bo‗g‗ini ikkinchi bo‗g‗inidagi undosh bilan takrorlanadi: dum-
dumaloq, pak-pakana, but-butun kabi.
- sifatni birinchi bo‗g‗inidagi p undoshi qo‗shib takrorlanadi: sap-sariq, qip-qizil.
- sifatning oldingi ikki tovushi ajratilib, unga p,m tovushlaridan biri qo‗shiladi va
undan keyin so‗zning o‗zi takrorlanadi: yap-yangi, ko‗m-ko‗k.