N. Rahmatullayeva A. Kamalov ijtimoiy menejment



Download 3,44 Mb.
bet27/113
Sana22.01.2022
Hajmi3,44 Mb.
#399266
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   113
Bog'liq
ijtimoiy menejment

Nazorat savollari



  1. Yaponiyada zamonaviy boshqaruv madaniyati qanday shakllangan?




  1. Boshqaruv madaniyatining mohiyati nimadan iborat?




  1. Yaponiya menejmentining o‗ziga xos xususiyatlari nimada?




  1. AQSh menejmentining o‗ziga xos xususiyatlari-chi?




  1. Bugungi kunda uning tuzilmaviy elementlaridan qaysi biri muhim ahamiyatga ega?

64

4-BOB. IJTIMOIY SIYOSAT - MENEJMENTNI AMALGA OSHIRISHNING UNIVERSAL TEXNOLOGIYASI



4.1. Ijtimoiy siyosatning mohiyati.
4.2. Ijtimoiy siyosatni ishlab chiqish bosqichlari.
4.3. Ijtimoiy siyosat samaradorligini baholash mezonlari.

4.1. Ijtimoiy siyosatning mohiyati

Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlangan, yigirma to‗rt yildan ortiq vaqt davomida izchil amalga oshirib kelinayotgan keng qamrovli islohotlar, sa‘y-harakatlar zamirida ulug‗ maqsad yotibdi. Bu ham bo‗lsa, xalqimizning hayot darajasi va sifatini yuksaltirishdir.


2011-yilning yanvar oyida O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ―BMT ming yillik maqsadlarini O‗zbekistonda amalga oshirish bo‗yicha qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖ maxsus qaror qabul qildi. Unda O‗zbekistonda BMTning ming yillik rivojlanish maqsadlariga muvofiq aholi turmush darajasi va sifatini izchillik bilan yuksaltirish uchun zarur bo‗lgan qo‗shimcha choralarni amalga oshirish maqsadida vazirliklar, idoralar, markaziy va mahalliy hokimiyat organlarining mamlakatimizda inson salohiyatining muttasil rivojlanishini ta‘minlashga qaratilgan kompleks harakat dasturi belgilangan.
Inson taraqqiyoti konsepsiyasiga ko‗ra, jamiyatning rivojlanishi markazida faqat oddiy iqtisodiy ko‗rsatkichlar emas, balki, avvalo, inson turishi kerak. Taraqqiyotning pirovard maqsadi va uning samarasining bosh mezoni – odamlarning imkoniyatlarini kengaytirish, ularning tabiiy, jamiyatda umume‘tirof etilgan qadriyatlarga mos keladigan ma‘naviy va moddiy ehtiyojlarini sifatli qondirish, yanada yuqori turmush darajasiga erishish demakdir.
65

Turli jamiyatlar, millat va xalqlarning dunyoqarashi, madaniyati, qadriyatlari turlicha bo‗lsa-da, barcha joyda ―turmushning yuksak darajasi‖ deganda, qarashlar o‗xshash bo‗ladi. U oilaviy farovonlik, salomatlik, uzoq umr ko‗rish, moddiy farovonlik, ma‘lumotning yuqori sifat darajasi, nafaqat salmoqli daromad, balki mehnatdan ma‘naviy qoniqish, jamoatchilik orasida obro‗ orttirish, xavfsizlik, madaniy hordiq kabi tushunchalarni qamrab oladi. Odamlar har doim shaxs va fuqaro sifatida o‗z dunyoqarashini ifoda etish imkoniyatiga ega bo‗lishni, jamiyat hayotida ishtirok etishni, huquq va erkinliklarining hurmat qilinishini, fikrlari e‘tiborga olinishini har doim qadrlab kelishgan.


Ijtimoiy siyosat ijtimoiy ta‘limot asosida ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. U ijtimoiy muammolarni hal etish, resurslar va ijtimoiy maqsadlarga erishishning samarali yo‗llarini qidirish kabi chora-tadbirlar yig‗indisi ko‗rinishida bo‗lishi mumkin.
Ijtimoiy siyosatning maqsadi - barcha fuqarolar hayot sifatini oshirish va aholining hayotiy ehtiyojlarini qondirishni ta‘minlaydigan mexanizmlar yordamida, turli ijtimoiy manfaatlar muvozanati asosida ijtimoiy muhit va ijtimoiy kelishuvni yaratish.
Ijtimoiy siyosat - ijtimoiy masalalarni yechish maqsadida butun aholini, barcha xo‗jalik va boshqaruv tuzilmalari subyektlari kuchini birlashtirishga qaratilgan davlatning ijtimoiy sohadagi faoliyati.
U fuqarolarning yaxshi yashash sharoitlari, jamiyat hayotida erkin ishtirok etishda huquqlarini davlat nazorati orqali amalga oshiradi (qonunchilik, dasturiy-maqsadli, moddiy-moliyaviy va h.k.). Shuning uchun ijtimoiy siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish mexanizmi integral hisoblanadi. U davlat mafkurasi, huquq, ijtimoiy standartlar, iqtisodiy vositalar, madaniyat, psixologiya, demografiyani o‗z ichiga oladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, shu narsa e‘tirof etiladiki, inson taraqqiyotini baholash quyidagi prinsiplar va uchta komponentga asoslanadi:

66


  1. Farovonlik. Inson taraqqiyoti faqatgina ijtimoiy siyosat sohasi bilan cheklanadi, deb o‗ylash xato bo‗ladi. Iqtisodiy rivojlanishsiz, iqtisodiy salohiyatni oshirmasdan, odamlarning ehtiyojlarini qondirish va imkoniyatlarini kengaytirishga erishib bo‗lmaydi. Inson taraqqiyoti konsepsiyasini faqat ta‘lim va sog‗liqni saqlash, gender rivojlanishi va qashshoqlikka qarshi kurash ko‗rsatkichlari kabi ijtimoiy mezonlar statistikasi asosida tahlil qilish noto‗g‗ri. Ushbu ma‘lumotlar jamg‗arish va investitsiyalar, ishlab chiqarish va iste‘mol qilish, savdo va texnologiyalar kabi ko‗rsatkichlarsiz inson taraqqiyoti haqida to‗liq tasavvur xosil qilish imkonini bermaydi. Jamiyatning rivojlanishi odamlarning moddiy va ma‘naviy ehtiyojlarini qondirish uchun resurslardan foydalanish optimalligiga ko‗ra baholanadi. Shu sababli, inson taraqqiyotining bosh uch komponentidan bittasi farovonlik hisoblanadi.




  1. Huquq va imkoniyatlarning kengayishi. Inson taraqqiyotining darajasi rivojlanish masalalarini hal qilishda insonning o‗zi qanchalik ishtirok etayotgani bilan ham belgilanadi. Axir u rivojlanishning nafaqat obyekti, balki subyekti hamdir.




  1. Adolat. Jamiyatning rivojlanish darajasi imkoniyatlar tengligiga, ya‘ni ushbu jamiyatda aholining turli individ va guruhlari o‗rtasida huquq va majburiyatlar taqsimlanishi adolat prinsipiga ko‗ra baholanishi kerak. ―Imkoniyatlar tengligi‖ mavhum tushuncha emas. U aniq, real hamda huquqiy va iqtisodiy ta‘minlashni talab qiladi. Uning mohiyati shundaki, jamiyatda muayyan belgiga, shu jumladan, jinsiga ko‗ra, huquqiy va iqtisodiy kamsitish, ko‗proq yoki kamroq imtiyozlarga ega etnik guruhlar, ekspluatatsiya qilinuvchi sinflar bo‗lmasligi kerak. Nogironlarga tizimli yordam alohida e‘tiborni talab etadi. Bunday adolatni o‗rnatish omillari orasida qonunchilikda mustahkamlangan va amaliyotda qo‗llanadigan siyosiy huquq va erkinliklar, sog‗liqni saqlash va ta‘lim tizimidan foydalanish, mikromoliyalash tizimi orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‗llab-quvvatlash va boshqalar mavjud.

67

Shunday qilib, inson taraqqiyotining umumiy e‘tirof etilgan uchinchi komponenti – ijtimoiy adolat, natijalarning barqaror ta‘minlangani, inson huquqlarini hurmat qilish hisoblanadi. Inson taraqqiyoti konsepsiyasi, iqtisodiy o‗sish nazariyasidan farqli o‗laroq, ijtimoiy taraqqiyotga uzoq muddatli jarayon sifatida qaraydi. Faqatgina bugun yashayotgan insonlar ehtiyojini qondirish haqida o‗ylash bilan cheklanmasdan, kelajak avlodlar uchun munosib hayotni ta‘minlash haqida ham fikr yuritish zarur.


Inson taraqqiyoti konsepsiyasi – bu samarali va barqaror iqtisodiy o‗sishni ta‘minlash hamda uni mantiqiy yakuniga izchil ravishda yetkazish, ya‘ni odamlar imkoniyatlarini kengaytirish, ularning iqtisodiy va siyosiy huquq va erkinliklarini ro‗yobga chiqarish, bugungi va kelgusi avlodlarning ma‘naviy va moddiy ehtiyojlarini qondirishdir .
Bugungi kunda mamlakatimizda inson omilining hal qiluvchi kuch sifatida amal qilishi va izchil ravishda rivojlanib borishi uchun real shart-sharoitlarni yaratadigan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, ahamiyatga molik o‗zgarishlar amalga oshirilmoqda. Biz o‗z oldimizga qo‗yayotgan maqsad esa barchamizga yaxshi ma‘lum – bu zamonaviy rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, xalqimiz uchun munosib turmush sharoitini yaratish va uning jahon hamjamiyatida munosib o‗rin egallashini ta‘minlashdan iborat .
O‗zbekiston hukumati o‗z zimmasiga, mamlakatimizda kam ta‘minlangan toifa miqdorini kamaytirish va jamiyatimiz hayotida insonparvarlik prinsiplarining yanada rivojlanishiga ko‗maklashish maqsadida, ming yillik rivojlanish maqsadlari borasida ma‘lum bir majburiyatlarni o‗z zimmasiga olgan. Xalqaro miqyosda hamjamiyat, shu jumladan, BMTning turli tarkibiy tuzilmalari bu borada moliyaviy yordam berish va mamlakatimizdagi davlat va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik qilish orqali ko‗maklashishga hozirligini izhor etadi. O‗zbekistonning 2015-yilgacha bo‗lgan davrdagi vazifasi kam
68

ta‘minlangan aholi hissasini 50 foizga qisqartirishdan iborat. Mamlakatimizda aholini samarali muhofaza qilishga yo‗naltirilgan maqsadli chora-tadbirlar hamda yuksak iqtisodiy o‗sish va bandlik sur‘atlari aholi farovonligini oshirishni ta‘minlamoqda.


Mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizatsiya qilish sharoitida aholi daromadlari tarkibida qator o‗zgarishlar sodir bo‗ldi. Birinchidan, daromad shakllari o‗zgardi, ya‘ni uning an'anaviy turlari (ish haqi, pensiya, nafaqa, stipendiya) qatoriga mutlaqo yangilari – tadbirkorlik faoliyatidan, ko‗chmas mulkdan, qimmatli qog‗ozlardan, chet el
valyutasidan keladigan daromadlar qo‗shildi. Ikkinchidan, daromadlarning tarkibiy qismlari miqdor va sifat jihatidan o‗zgardi, bu borada fuqaro ixtiyoridagi haqiqiy daromadlar, to‗planish va ajralish koeffitsiyenti, daromad tanqisligi, tirikchilik minimumi, qashshoqlik darajasi, oila pul daromadlarining xarid qobiliyati kabi tushuncha va
kategoriyalar paydo bo‗ldi. Uchinchidan, daromadlardan foydalanishning yangi yo‗nalishi paydo bo‗ldi: majburiy to‗lovlar va badallar, chet el valyutasi, qimmatli qog‗ozlar va shaxsiy mulkni sotib olish uchun xarajatlar, tijorat banklariga qo‗yilmalar shular jumlasidandir.
Ta‘kidlash joizki, aholi daromadlarining darajasi qanchalik yuqori bo‗lsa, uning zaruriy ehtiyojini qondirish, salomatligini saqlash, dam olishini tashkil etish, ma‘lumot olish, bo‗sh vaqtlarini madaniy tarzda o‗tkazish bo‗yicha imkoniyatlari shunchalik ko‗p bo‗ladi.
Har qaysi inson millati, tili va dinidan qat‘i nazar, bu dunyoga baxtli yashash uchun dunyoga keladi. Bunday yuksak orzuga yetishning sharti va garovi bo‗lgan omillar ko‗p. Lekin ular orasida hayotimizga ma‘no-mazmun beradigan, uni yanada yorug‗ va fayzli qiladigan bir omil borki, u ham bo‗lsa, odamning o‗z uyi, o‗z yurtini har tomonlama go‗zal va obod qilib, shundan o‗zi ham mamnun bo‗lib, rozi bo‗lib yashashida yaqqol namoyon bo‗ladi.
69

TURMUSH SIFATINING SHAKLLANISHIGA


TA‘SIR KO'RSATADIGAN OMILLAR

Aholining oziq-ovqat mahsulotlari va maishiy xizmatlar bilan ta‘minlangani


Aholining salomatlik holati va sog‗liqni


saqlash va tiklash imkoniyatining mavjudligi

Та‘lim olish imkoniyati

Таbiiy muhitning holati

Aholi daromadlari darajasi va bandlik


darajasi

Inflyatsiya darajasi va siyosiy barqarorlik


Ma‘naviy muhitning rivojlanishi va hayot


faoliyati xavfsizligi

Aholining uy-joy bilan ta‘minlangani



1-rasm. Turmush sifatining shakllanishiga ta‟sir



Download 3,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish