He looked at me over their heads . – U ularning boshlari uzra menga qaradi (Sshaxsli forma)
Writing was began. – Yozish boshlangan edi (shaxssiz)
Fe`llar o`timli va o`timsiz bo`lishi mumkin. O`zidan keyin to`ldiruvchini talab qilsa, u holatda fe`l o`timli bo`ladi. Masalan:
To read - o`qimoq (what - nimani) To watch – ko`rmoq Ba`zi fe`llar faqat o`timsiz bo`ladi. Masalan:
To go - bormoq To start – boshlanmoq, jo`namoq Bundan tashqari yana bir guruh fe`llar uchraydiki, ular ikki ma`noli fe`llar hisoblanadi.
To move – siljitmoq siljimoq To stop – to`xtatmoq to`xtamoq Move your chair nearer to the fire – stulingizni gulxanga yaqinroq siljiting.
It was calm and not a leaf moved. – tinch edi birorta ham barg siljimagan.
O`timli, o`timsizlik ingliz tili fe`l sistemasida murakkab masala hisoblanadi. Ushbu masala yuzasidan professor B. A. Ilish “fe`llarni o`timli va o`timsizga ajratish masalasi eng qiyin masalalar qatoriga kiradi” deb yozadi. Hozirgi ingliz tilida to`ldiruvchi o`timli –o`timsizligi va yo`naltirilgan, yo`naltirilmaganlik markerlari yo`qligi sababli o`timli va o`timsiz fe`llar orasidagi chegarani aniq qo`yish qiyin, chunki bir fe`lning o`zi ham o`timli, ham o`timsiz funksiyada qo`llanilishi mumkinligini yuqorida ko`rib o`tdik. Fde`ldan anglatadigan ma`nosining boshqa predmetga qaratilganligini biror obyektga ko`chganligini ko`rsatish va shu harakatning yuzaga kelishi uchun boshqa predmetning ishtirok etishiga qarab fe`llar o`timli va o`timsiz fe`llarga bo`linadi.
Hozirgi zamon ingliz tilida fe`llarning o`timli va o`timsizligini ko`rsatuvchi maxsus grammatik ko`rsatkich yo`q. O`timli va o`timsizlik bevosita fe`llarning o`zagi orqali ifodalanadi.
Ingliz tilida fe`lning o`timliligi va o`timsizligini o`rganish fe`lning ot bilan birikishi xususiyatini aniqlashdan iboratdir.
Lingvistik adabiyotlarda ingliz fe`llari odatda o`timli fe`llar (transitive verbs) va o`timsiz fe`llar (intransitive verbs) ga bo`linadi.
Ammo ingliz tilida fe`llarning ko`pchiligi ularning sintaktik distributsiyalariga qarab, ayni bir vaqtda ham o`timli ham o`timsiz fe`l sifatida ishlatilishi mumkin. Ba`zi fe`llar asosan o`timli bo`lib, o`timsizlik ularda yasama ikkinchi darajali ma`no kasb etadi. J. Bo`ronovning fikrcha “ayrim fe`llar esa umuman o`timsiz bo`lib, o`timlilik ularning ma`lum sintaktik distributsiyada ishlatilishi natijasida yasaladi”.
Shu asosda ayrim grammatika kitoblarda fe`llar hatto uch gruppaga ya`ni o`timli –o`timsiz va ikki xil ma`noli fe`llarga bo`linadilar.
Shuni ham ta`kidlash joizki, o`timli, o`timsizligiga ko`ra ajratilgan. Uchala guruh barcha fe`llarni o`z ichiga ololmaydi, ya`ni bir qancha fe`llar ham borki, ular o`timli va o`timsizlardan farq qilib ingliz tili fe`l sistemasida alohida o`rin tutadi. Bunday fe`llar “bog`lama fe`llar” (linking verbs) yoki kopulyativ (copilative) fe`llar deyiladi. Yuqorida aytib o`tilganlarga asoslanib ingliz tili fe`l sistemasida:
O`timli fe`llar
O`timsiz fe`llar
Ikki funksiyali fe`llar
Bog`lama fe`llar.
V.I Ilish o`zining “современный английский язык” Moskva 1948. kitobida fe`llar siemantikasiga ko`ra quyidagi guruhlarga bo`linadi: