1. tugal fikr anglatib, vositasiz to`ldiruvchini talab etmaydigan fe`llar; 2. tugal fikr anglatib, izohlovchi vositasiz to`ldiruvchini talab etishi mumkin bo`lgan fe`llar. 3. tugal ma`no anglatmay vositasiz to`ldiruvchi bilan qo`llaniladigan fe`llar kiradi. Ingliz tilida fe`llarning o`timli va o`timsizlik kategoriyasi, leksik ma`nosiga bog`liq bo`lganligi sababli bu kategoriya doimiy grammatik oppozitsiya tashkil qilmaydi, ya`ni hamma fe`llarni bir vaqtning o`zida sintaktik sistematik o`timli va o`timsizga ajratib bo`lmaydi. Masalan: ingliz tilidagi to grow –fe`lning o`smoq, o`stirmoq variantlari bu fe`lning ikki xil leksik ma`noni boshqalari esa faqat o`timsiz ma`noni bildiradi.
To go – bormoq To be – bo`lmoq To shine – nur sochmoq To smile – tabasssum qilmoq Fe`llari faqat o`timsiz bo`lsa;
To see – ko`rmoq To kill – o`ldirmoq To make – qilmoq, yasamoq To catch – tutmoq To polish – moylamoq, bo`yamoq “You must come and see our show” Soames made an effort and looked into her face. Fe`llari asosan o`timli hisoblanadi.
Tillarning strukturasi va turidan qatiy nazar ulrdagi o`timlilik va o`timsizlik kategoriyalari bilan uzviy bog`liq va bir-biriga aloqadordir.
O`timli va o`timsiz fe`llar masalasi tarixan nisbat kategoriyasi bilan bog`liq deb yozgan edi V.V. Vinogradov.
Ma`lumki Hind-yevropa tillarida o`timli-o`timsizlik fe`llarning muayyan kelishikdagi ot bilan birini ishiga qarab aniqlanadi.
Hind-yevropa tillarida o`timli-o`timsizlik fe`llarning muayyan kelishikdagi ot bilan birikmadan kelib chiqadi.
O`tmsizlik –deganda ish-harakatning bajaruvchidan qabul qiluvchiga o`tmasligi tushuniladi. Ish-harakat faqat ish harakatning bajaruvchisi atrofida sodir bo`lib, ish-harakat yo`naltiriladigan adresat bo`lmaydi.
O`zidan keyin vositasiz to`ldiruvchini qabul qilmaydigan fe`llar “o`timsiz fe`llar” deyiladi.
O`timlilikni ifodalashda ba`zi mualliflar umumiy qabul qilingan qoidalarga tayanadilar, ya`ni ular o`timliylikni vositasiz to`ldiruvchi birikma asosida aniqlanadi.
Ingliz tili nazariy grammatikasining mualliflari V.N. Jigadlo va boshqalar “hozirgi zamon ingliz tilida o`timli fe`llarga faqat predlogsiz to`ldiruvchi bilan birikadigan fe`llar, o`timsiz fe`llarga esa bunday to`ldiruvchini talab etmaydiganlari taaluqlidir” deb yozishadi.
L.S. Barxudarov va D.A. Shtelling biror obyektga yo`naltirilgan ish-harakatni ifodalaydigan fe`llarni o`timli, obyektga o`tmay subyektga (bajaruvchida) tugallanadigan ish –harakatni ifodalovchi fe`llarni esa o`timsiz fe`llar deb hisoblaydilar.
V.N. Jigadlo o`timli fe`lga predlogsiz to`ldiruvgchi bilan birikadigan fe`llarni kiritsa, L.S. Barxudarov ham Shtelling ham predlogsiz ham predlogli to`ldiruvchini talab etadigan fe`llarni o`timli fe`l deb yuritadi.
Bizningcha ikkinchi ta`rif to`g`ri, chunki ingliz tilida ba`zi fe`llarning qo`llanilishi predloglarga bog`liqdir.
Predlog o`zidan oldin kelgan fe`lning o`timliligini ko`rsatish uchun hizmat qiladi. Ikki ma`noli fe`llarga ham o`timli, ham o`timsiz funktsiyani bajaradigan fe`llar kiradi. Fe`lning o`timli-o`timsizligini uning kontekstda qanday qo`llanilganligiga qarab aniqlanadi. So`zning leksik ma`nosini yolg`iz o`zi kelganda bu ma`noni aniq ifoda etmaydi. Bunday fe`llarga change –o`zgarmoq, o`zgartirmoq; turn – burmoq, burilmoq; move –siljitmoq, siljimoq kabi fe`llar kiradi. Masalan: