Nazorat savollari 1.Relef va uning turlari.
2.Gorizontal deb nimaga aytiladi?
3.Paletka qanday tuziladi?
4.Gorizontallar interpolyatsiyasi deb nimaga aytiladi?
5.Relef shakllarini gorizontallar bilan ifodalash.
LABORATORIYA ISHI № 16
Taxeometrik tasvirlovining kameral ishlari. Taxeometrik jurnalini ishlash Ishdan maqsad: Taxeometrik tasvirlovi natijalari buyicha kameral ishlarni bajarishni o‘rganish.
Taxeometrik tasvirlovning dala ishlarida, tayanch shohobchalarining qolgan nuqtalarida ham yuqorida ko‘rsatilib o‘tilgan tartibda tasvirlov amalga oshiriladi. Taxeometrik jurnalga o‘lchash natijalarini yozish bilan birga joyning gorizontallar bilan ifodalangan homaki chizmasi (kroki) chiziladi.O‘lchash natijalari bo‘yicha taxeometrik jurnal ishlanadi.