Nazorat savollari
1. Teodolit tarhini chizish usullari.
2. Poligon burchak uchlari koordinatalari bo‘yicha tarh chizish.
3. Tafsilotlarni tarhga tushirish usullari.
4. Tarhni rasmiylashtirish tartibi.
5. Shartli belgilar va ularni tarh chizishda qo‘llash.
LABORATORIYA ISHI № 11
Poligon yuzalarini hisoblash
Ishdan maqsad: Poligon yuzalarini hisoblashni o‘rganish.
Tarx va xarita yuzalarini xisoblash usullari. Joydagi uchastka plani ma’lum masshtab bilan chizilgach, shu uchastka egallagan maydon yuzini kvadrat metr yoki gektarda ifodalash kerak. Bunda joy konturining ko‘rinishi va talab qilingan aniqlikka qarab, hisoblashning quydagi usullari qo‘llaniladi: 1)geometrik usul; 2) analitik usul; 3)grafik usul; 4)mexanik usul.
Do'stlaringiz bilan baham: |