26-bob Tahorat kiluvchi yoki boshka kishi najosat tekkanlikda shak kilgan
kulini uch marta yuvishdan oldin idishga tikishining karohiyati haqida
503/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Agar sizlardan biringiz uyqusidan uyg‘onadigan bo‘lsa, qo‘lini uch marta
yuvmagunicha idishga tiqmasin, chunki qo‘li qaerda tunni o‘tqazganini bilmaydi»,
dedilar.
Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
504/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululoh sollallohu alayhi
vasallam: «Agar sizlardan biringiz uyqusidan uyg‘onsa, qo‘lini idishga kirgizishidan oldin
uch marta o‘sha qo‘liga suv quysin, chunki qo‘li nimada tunni o‘tqazganini bilmaydi»,
dedilar.
Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan, lekin «uch marta» so‘zi zikr qilinmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |