3. Alloh nazdida barcha insonlar tengdir. Alloh taolo Nuh payg‘ambar zamonidan boshlab ikki tabaqaga
– kiborlar va fuqarolarga bo‘linib ketgan Odam avlodini bir-birlaridan ortiqliklari yo‘qligini, hammalari ham bir
ota, bir onadan yaratilganliklarini, shuning uchun bir-birlarini kamsitmasdan, aksincha qo‘llab-quvvatlab
yashashlari lozim ekanligini eslatadi. Chunki, kiborlik illati inson ko‘zini ko‘r, aqlini zaiflashtirib qo‘yadi. Natijada,
unday kimsalar haqni tan olmaydi, zaiflarga zulm qilishga o‘tadi, Alloh huzuridan kelib, imonga da’vat etadigan
payg‘ambarlarni ham inkor etadi, tajovuz qiladi. Barcha yaxshiliklardan, ne’matni bardavomligidan, imondan va
oxiratdagi mukofotdan manmanlik sababli mahrum bo‘ladi. Alloh taolo Nuh (a.s.)ning qissalarida ham ikki
tabaqaning shunday tafovutini bayon etadi, ularning fuqarolari Nuh (a.s.)ning da’vatlariga quloq tutgan holda,
kiborlari Nuhning payg‘ambarliklarini inkor qildilar:
ْﻢُه َﻦﻳِﺬﱠﻟا ﻻِإ َﻚَﻌَﺒﱠﺗا َكاَﺮَﻧ ﺎَﻣَو ﺎَﻨَﻠْﺜِﻣ اًﺮَﺸَﺑ ﻻِإ َكاَﺮَﻧ ﺎَﻣ ِﻪِﻣْﻮَﻗ ْﻦِﻣ اوُﺮَﻔَآ َﻦﻳِﺬﱠﻟا ﻸَﻤْﻟا َلﺎَﻘَﻓ
َﻦﻴِﺑِذﺎَآ ْﻢُﻜﱡﻨُﻈَﻧ ْﻞَﺑ ٍﻞْﻀَﻓ ْﻦِﻣ ﺎَﻨْﻴَﻠَﻋ ْﻢُﻜَﻟ ىَﺮَﻧ ﺎَﻣَو ِيْأﱠﺮﻟا َيِدﺎَﺑ ﺎَﻨُﻟِذاَرَأ
Do'stlaringiz bilan baham: |