Tasfiya
– qalbni sof holga keltirmoq, haqiqatni idrok etmoq, mujohada va riyozat pokizaligi.
Tahammul
– chuqur va teran mulohazalarga berilish, diqqat ila mushohada yuritish. Ilohiy
haqiqatlarni idrok qilishga erishish holati.
Fayz
– lug‘aviy ma’nosi – suvning to‘lib, qirg‘oqdan toshishi. Bu so‘z biror narsaning ko‘payishi,
xabar tarqalishi, sir saqlash, kenglik ma’nosida ham ishlatilgan. Tasavvuf istilohotida fayz Haq
tajallilariga nisbatan qo‘llanilib, asosan «fayzi aqdas», «fayzi ilohiy» tarzida tilga olingan.
Fayz
– iste’dod natijasida yuzaga kelguvchi ilohiy hadya. Shu bois «fayzi iste’dod» yoki «fayzi
husn» deyilganda zuhur va tajalli nazarda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |