737. Lubobat ul-muta’abbida r.
Bayt ul-muqaddas ahlidindur. Ul debdurki, men Haq s. t. din uyalurmenki, meni g‘ayr bila mashg‘ul
ko‘rgay. Birav anga dediki, Hajga boradurmen, anda ne duo qilay? Dediki, Tengridin ani tilaki, sendin
xushnud bo‘lg‘ay va seni o‘zidin xushnudlar maqomig‘a yetkurgay va seni do‘stlari orasida gumnom
qilg‘ay.
738. Maryam Basriya r. t.
Basra ahlidindur. Robia ro‘zgorida ermish va aning suhbatig‘a yetgan ermish va xidmatin qilg‘an
ermish. Va Robiadin so‘ngra necha vaqt hayot topibdur. Va muhabbatda so‘z aytur ermish. Va
muhabbatomiz so‘z eshitsa ermish, behol bo‘lub, yiqilur ermish. Va olamdin o‘tmakni mundoq
debdurlarki, bir majlisda muhabbat so‘zi o‘tar ermish. Chun so‘z muassirroq tushubdur, yuraki yorilib,
jon beribdur. Ul debdurki, hargiz ro‘ze g‘ami yemadim va aning talabig‘a ranj tortmadim, to bu oyatni
eshittimki, [Va sizning rizqingiz osmonda va sizga va’da qilingan narsa bordir]
1
.
Do'stlaringiz bilan baham: |