657. Mir Koriz r. t.
Ham Shayx Fariduddin Attor ba’zi kitobida aning zikrin qilibdur va adosidin base buzurglik fahm
bo‘lur. Derlarki, mujarrad ermish. Zamonining ahli ta’ahhul taklifi qilibdurlarki, hayf bo‘lg‘ayki, andin
natijae qolmag‘ay.
Ul debdurki, bizing bila basar eltmak dushvordur. Alar debdurlarki, biz biravni topaliki, sizning
musohabatingiz va xidmatingizni bekulfat qabul qilg‘ay. Ul rozi bo‘lg‘ondin so‘ngra alar anda bir uluq
kishining qizini anga nikoh qilibdurlar. Ul bir qorong‘u xilvatda bir kub ichinda suluk qilur ermish. El
tarqag‘andin so‘ngra ul kubga kiribdur. Va mankuhasig‘a debdurki, sen ham kir! Ul ibo qilibdur. Ilhoh
qilgach, debdurki, manga bu taklifni qilsang, taloqimni ayt! Ul taloq qilg‘andin so‘ngra mahru kobin
tilabdur. Mir Koriz ilig urub, ul kub og‘zidin bir miqdor ushatib anga beribdur. Tashqari chiqarib
ko‘rsa, qizil oltun ekandur. Pushaymonlik sud qilmaydur. Aning mozori Mashhad navohiysidadur. Va
niyozmndlaridin ba’zi hazira yasabdurlar, yuzoru va yutabarraku bihi.
Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
www.ziyouz.com
kutubxonasi
208
Do'stlaringiz bilan baham: |