638. Umar ato r. t.
Keshlig‘ atoning inisidur. Ul ham faqr tariqig‘a kirib, ko‘p safoyi botin kasb qilg‘andur. Va zamon
podshohidin elning yasog‘in bag‘ishlar istid’osi qilg‘andur. Ul podshoh ta’n yuzidin degandurki, sen
elni muridlig‘ing uchun tilaysen. Sen yaxshi bo‘lako‘r, murid ham bo‘lmag‘usidur. Avval men murid
bo‘lay. Ul ham og‘asi borg‘on mulk sari boribdur va riyozatlar tortib, martaba hosil qilibdur. Qabri
ham ul mulkda-o‘qdur.
639. Sayyid ato a. r.
Xoja Ahmad Yassaviyning qarobatidur. Riyozat bila mujohadalar tortibdur. Ishi ul yerga yetgan
ekandurki, debdurki, men va Ahmad tengashtuk, men biyikrak erdim. Ani ba’zi ham siyodatqa mansub
qilibdurlar. Va turk ulusida «Ato» derlar. Va shuhrati bag‘oyat ko‘pdur va da’voomiz so‘zi ham ko‘p.
640. Bobi mo Husayn a. r.
Kibori mashoyixdindur. Debdurlarki, Xoja Ahmad Yassaviy q. r. g‘a kichik erkanida tarbiyat
qilg‘andur. Va aning xonavodasin buzurglukka Movarounnahr eli musallam tutubdurlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |