Microsoft Word navoiy nasoyimul-muhabbat lotin ziyouz com doc


Shayx Muhyiddin Muhammad b. Ali b. Arabiy h. s



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet512/683
Sana23.01.2022
Hajmi0,9 Mb.
#402983
1   ...   508   509   510   511   512   513   514   515   ...   683
Bog'liq
0969 Nevayi Nasayimul Muhebbet Latin-267s

586. Shayx Muhyiddin Muhammad b. Ali b. Arabiy h. s.
 
 Vahdati vujud qoyillarining qudvasidur. Zohir fuqaho va ulamosidin ko‘p anga ta’n qilibdurlar. 
Fuqahodin oz va so‘fiydin jamoate ani buzurg tutubturlar. [Uni yuksak ehtirom bilan ulug‘ladilar, 
so‘zlarini maqtab, madh etdilar, baland martabasini sifatladilar, behisob karomotlaridan xabar berdilar. 
Imom Yofi’iy r. o‘z tarixida shunday zikr qilgan]
1
. Alarg‘a ash’ori latif, g‘arib va axbori nodir ajib bor. 
Va musannafotlari ko‘p bordur. Bag‘dod mashoyixidin birisi alar manoqibida kitobe jam qilibdur. Va 
anda kelturubdurki, alarning musainafoti besh yuzdin ortlqroqdur va Hazrat Shayxning ba’zi 
ashobining iltimosi bila o‘z musannafoti fihrastida risola bitibdurlar. Anda ikki yuz ellikdin ortiqning 
otin mazkur qilibdurlar, ko‘praki tasavvufda. 
 Va ul risolaning xutbasida debdurlarki, mening qasdim bu kutub tasnifida soyir musanniflardek 
tasnifu ta’lif emas erdi, balki ba’zig‘a sabab bu erdikim, manga Haq subhonahudin amre vorid bo‘lur 
erdikim, yaqin bo‘lur erdikim, meni kuydurgay. Uzumni alardin ba’zining bayonig‘a mashg‘ul qilur 
erdim. Va ba’zig‘a sabab ul erdikim, yo voqe’da, yo mukoshafada haq subhonahu va taolo qoshidin 
anga ma’mur bo‘lur edim. Va Imom Yofi’iy tarixida mazkurdurkim, alar bila Shayx Shihobuddin 
Suhravardiy q. s.g‘a muloqot ittifoqi voqe’ bo‘lubdur. Va ba’zi akobir dedilarki, ul muloqot Haram 
tarafida ekandur. Har biri alardin yana biriga nazra qilib o‘tushubdurlar, onsizki oralarida kalome 
voqe’ bo‘lg‘ay. Andin so‘ngra Shayx Shihobuddin holini alardin so‘rubdurlar. Alar debdurlarki, [u 
boshdan oyog‘iga qadar sunnat bilan to‘ladir]
2
. Shayx Shihobuddindin alarning holini so‘rubdurlar. 
Debdurki, [u haqiqatlar dengizidir!]
3
. Ba’zi buzurgvordin andoq eshitildiki, Haram soyasida suhbat 
tutubdurlar. Va Shayx Shihobuddin ul Hazratdin necha savol qilibdurlar. Ba’zig‘a javob beribdurlar va 
ba’zig‘a debdurlarki, Tubo daraxti soyasida javob bergumizdur. Bu so‘z bila bir-biridin 
ayrilishibdurlar. Va alarning xirqalari nisbati bir voskta bila Hazrat Shayx Abdulqodir Giloniy q. s.g‘a 
yetar. Va yana bir nisbatlari bir vosita bila Xizr a. s.g‘a yetar. Hazrat Maxdumiy n. m. n. «Nafahot ul-
unoda bu nav’ debdurlarki, to’inlarning ulug‘roq ta’ni alarg‘a «Fusus ul-hikam» kitobidur. Va 
hamonoki, alarning ta’nining maysha’i yo taassubdur, yo ittilo’lari adami, alarning mustalahotig‘a yo 
maoniy yo haqoyiq rumuziki tasniflarida darj qilibdurlar, bataxsis «Fusus»da va «Futuhot»da. Va bu 
ma’no ul martabadadurkim, bu toifadin hech qaysmning hech kitobida topilmas. Ham ul Hazrat 
debdurlarki, bu faqir Xoja Burhonuddin Abu Nasr Porss q. r. din bu nav’ istimo’ qilibmenki, der 
erdilarki, bizing volidimiz buyururlar erdiki, [«Fusus» – jondir, «Futuhot» – dil]
4
. Har yerdaki alarning 
buzurgvor volidlari «Fasl ul-xitob» kitobida [oriflarning ba’zi ulug‘lari]5 debdurlar, murodlari alardur. 
Hazrat Maxdumiy n. m. n. alarning musannafotidin «Fusus»ni sharh qilibdurlar. Andoqki, aning 
ta’rifini qilmoq bu faqirdek bebizoatlarning haddi emas. Va «Futuhot»ni doim mutolaa qilurlar va o‘z 
musannafotlarida «Futuhot»din ko‘p kelturubdurlar. Va Hazrat Shayx ta’rifida «Nafahot ul uns»da 
ko‘p so‘zlar debdurlar. Tilagan kishi anda topar. [Shayx r. besh yuz oltmishinchi yil Ramazonning o‘n 
yettisi dushanba kechasi Andalusning Mursiya degan shahrida tug‘ildi. Olti yuz o‘ttiz sakkizinchi yil 
Rabi ul-oxir oyining yigirma ikkisi juma kechasi Damashqda vafot etdi. U shahar tashqarisidagi 
Qosyun tog‘ etagida dafn qilindi]6. Va holo ul mavze’ Solihiyag‘a mashhurdur. 
 
 

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   508   509   510   511   512   513   514   515   ...   683




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish