583. Abu Ishoq b. Zarif q. s.
Hazrat Shayx Muhyiddin Arabiy q. s. mashoyixidindur. Shayx «Futuhot»da debdur, ul buzurgroq
mashoyixdindurki, men ko‘rubmen. Ul debdurki, alarki meni tanirlar avliyoullohdurlar. Dedilar,
nechuk, yo Abo Ishoq? Dedi: aning uchunki, alar ikki holdin tashqari emaslar, yo uldurki, mening
haqqimda xayr va yaxshilik derlar, yo aning g‘ayri. Agar xayr va yaxshilik ayturlar, manga sifat
demaslar, magar ul nimakn alarg‘a sifat bo‘lmish bo‘lg‘ay. Agar alar ul sifat mahali bo‘lmag‘an
bo‘lsalar erdi, meni andoq sifat qilmag‘aylar erdi. Pas, bular mening qoshimda avliyoullohdindurlar.
Va agar mening haqqimda yomonlig‘ va shar ayturlar, alar farosatu kashf sohibidurlarki, Xudoyi taolo
alarg‘a, mening holatimg‘a ittilo’ beribdur, pas, alar ham avliyoullohdindurlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |