Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
www.ziyouz.com
kutubxonasi
190
Aning bila Xoja Nosiruddin Tusiy orasida as’ilavu ajviba voqe’ bo‘lubdur. Va Mavlono Qutbuddin
Allomai Sheroziy hadis ilmida aning shogirdidur. «Jomi’ ul-usul» o‘z xatti bila bitib, aning qoshida
o‘qubdur va iftixor qilur erkandur. Va bu toifadin Shayx Mu’ayyaduddin Jandiy va Mavlono
Shamsuddin Egiy va Shayx Faxruddin Iroqiy va Shayx Sa’iduddin Farg‘oniy q. a. va g‘ayrihi
akobirdin ko‘p buzurglar aning tarbiyati huzurida ermishlar. Va Shayx Sa’iduddin Hammuyi bila ko‘p
suhbat tutubdur va andin savollar qilibdur; Va uluq Shayx r. alul vaqtki, Mag‘rib bilodidin Rumg‘a
mutavajjih erdi va ba’zi mushohidi aning valodati chog‘i aning iste’dodi va ulumi va tajalliyot va
ahvolu maqomot va har ne umr muddatida va muforaqatdin, so‘ngra barzaxda va barzaxdin so‘ngra
anga o‘tubdur va o‘tkuzibdur va barchag‘a mukoshif bo‘ldi va Qo‘nyag‘a yetti. Aning valodatidin
so‘ngra va otasining vafotidin so‘ngra onasini Shayx o‘z nikohi aqdig‘a kiyurdi. Va ul Shayxning
xidmatu suhbatida tarbiyat topti. Ul Shayx kalomining naqqodidindur. Va Shayxning maqsudi vujud
mas’alasi vahdatida bir vaj bilaki, aqlu shar’ muvofiqi bo‘lg‘ay, aning tahqiqoti tatabbu’idin ayru fahm
bo‘lmoq muyassar emas Va aning musannafoti bor «Tafsiri Fotiha» va «Miftoh ul-g‘ayb»dek va
«Nusus» va «Fukuk» va hadis sharhi, «Nafahoti ilohiya» kitobiki, o‘ziga voqe’ bo‘lg‘on voridotdin
ko‘p anda zikr qilibdur. Va har kishi tilasaki, bu tariqda aning kamolotidin ittilo’ topqay, ani mutolaa
qilsun. Shayx Sadruddin bila Mavlono Jaloluddii Rumiy q. s. bila suhbat ixtisosi va muhabbat ko‘p
ermish. Bir kun azim majlis ermish va Qo‘nya akobiri jam’ va Shayx Sadruddin suffa sadrida sajjoda
ustida o‘lturub ermishki, Mavlono Jaloluddin kirar. Shayx sajjodadin qo‘pub, o‘z o‘rnin Mavlonog‘a
qo‘yar. Va Mavlono o‘lturmas va derki, qiyomatda ne javob berayki, Shayxning sajjodasida nevchun
o‘lturdum. Shayx derki, bir go‘shada siz o‘lturung, bir go‘shada biz. Ham Mavlono o‘lturmadi. Shayx
dediki, sajjodayiki sizing o‘ltururungizg‘a yaramas, bizing dag‘i o‘ltururumizg‘a yaramas va arodin
ko‘tartti. Mavlono Shayxdin burun olamdin o‘tubdur. Va Mavlono vasiyati mujibi bila alarg‘a namoz
qilibdur. Debdurlarki, Shayx Sharafuddin Qo‘nyaviy Shayx Sadruddin q. s.din so‘rubdurki, [qaerdan
qayoqqa borasiz va o‘rtada nima hosil bo‘ladi?]
1
. Shayx javob berdiki, [ilmdan aslga boramiz. O‘rtada
hosil bo‘lgani dunyoviylik va ilohiylik hukmi bilan zohir bo‘lgan ikki tarafni birlashtiruvchi nisbatni
yangilashdir]
2
.
Do'stlaringiz bilan baham: