orqali kirib kelgan. U Rimdagi sud idorasida notiqlik vazifasida xizmat qilgan.
* * *
Haqiqat eng boshdanoq mavjud bo‘lgan. Xatolar va yanglishishlar esa undan so‘ng tug‘ilgan.
* * *
Til — panjaralari tishdan ishlangan, lab qafasi ichidagi hayvon.
* * *
Yomon odamlarning ruhi o‘limidan so‘ng iblisga aylanadi.
* * *
Kim jannatga kirishni istasa, jannatga xos bo‘lmagan narsalarning barchasidan voz kechishi lozim.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com
кутубхонаси
104
AVGUSTIN AVRELIY (Saodatli)
(354-430)
Avgustin Avreliy Shimoliy Afrikadagi Tagasta (hozirgi Jazoir davlatining Suk-Aras)
shahrida tug‘ildi. Avgustin ulg‘aygach, Karfagendagi notiqlik maktabida uch yil davomida
tahsil oldi. Ana shu vaqt ichida u Sitseronning falsafiy qarashlarini katta qiziqish bilan
o‘rgandi.
Avgustin 375 yildan boshlab 8 yil davomida notiqlik san’ati bo‘yicha talabalarga saboq
berdi.
384 yilda u Italiyaga yo‘l oldi va Milan shahridagi notiqlik maktabida muallimlik qildi.
Bu yerda nasroniylik diniga kirib, uni chuqur o‘rganishga kirishdi. 388 yili Avgustin
Afrikaga qaytib, oradan uch yil o‘tgach, o‘zini butkul diniy ilmlarni o‘rganishga
bag‘ishladi. Va ko‘p vaqt o‘tmay Gippon shahrining yepiskopi Valeriy homiyligi ostida
Do'stlaringiz bilan baham: |