www.ziyouz.com
кутубхонаси
103
TERTULLIAN KVINT SEPTIMIY FLORENS
(Taxminan 160-220 yillar)
Qadimiy lotin faylasufi Tertullian Kvint Septimiy Florens qudratli Rim imperiyasining
Shimoliy Afrikadagi Karfagen deb nomlanuvchi viloyatida dunyoga keldi.
Tertullian dunyoqarashining shakllanishida Sitseron va Senekaning asarlari katta o‘rin
tutdi. (Darvoqe, Senekaga murojaat qilgan har bir odam undan nimadir oladi. Seneka
ta’limotini qiziqish bilan chuqur o‘rgangan kishi esa uning uslubi va dunyoqarashini
beixtiyor qalbiga chuqur singdirib oladi. U — insonning ko‘ngliga kirgach, undan qaytib
chiqmaydigan yagona faylasufdir. Senekaning inson qalbi va tafakkurini tark etolmasligi
uning o‘z istagi bilan ro‘y bermaydi. Aksincha, odamlarning o‘zlari undan ajralishni
istamaydilar. Chunki Senekaning fikrlari g‘aroyib va favqulodda go‘zal hamda teran
ma’noli. Masalan, uning mana bu so‘zlariga e’tibor bering-a: «O’limdan so‘ng hamma
narsa barham topadi. Hatto, o‘limning o‘zi ham»). Tertullian falsafaga Senekani o‘qish
Do'stlaringiz bilan baham: |