Microsoft Word 127b2635c69e0ccce220d54f0a4d206a612d9bae85273c7ad237f9e445cb2da1


 Davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobot va uni tasdiqlash



Download 9,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/362
Sana31.12.2021
Hajmi9,24 Mb.
#274737
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   362
Bog'liq
G'aznachilik

 

4. Davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobot va uni tasdiqlash 

 

Davlat  byudjeti  ijrosi  to’g’risidagi  hisobot  byudjet  ijrosining  yakuni 



(natijalari)ni  o’zida  ifoda  etadi.  Shu  munosabat  bilan  Respublika  byudjetidan 

moliyalashtiriladigan  byudjet  mablag’lari  oluvchilar  byudjetidan  ajratiladigan 

mablag’lardan  hisobot  davrida  foydalanganlik  to’g’risidagi  hisobotlarni 

O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligiga  shu  vazirlik  belgilagan 

muddatlarda  takdim  etishi  kerak.  Shunga  mos  ravishda  Qoraqalpog’iston 

Respublikasi  byudjetidan  hamda  mahalliy  byudjetlardan  moliyalashtiriladigan 

byudjet  mablag’lari  oluvchilar  byudjetdan  ajratiladigan  mablag’lardan  hisobot 

davrida  foydalanganlik  to’g’risidagi  hisobotlarni  tegishli  moliya  organlariga 

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda 

taqdim etmoqlari lozim. 




 

64

Davlat  byudjetining  ijrosi  to’g’risidagi  hisobot  byudjet  tasnifiga  muvofiq 



muayyan  davr  uchun  Davlat  byudjeti  daromadlari  va  xarajatlarining  ijrosi 

natijalaridan iborat bo’ladi. 

Davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobot quyidagi hisobot shakllarini 

o’z ichiga oladi: 

-  Davlat byudjeti ijrosining balansi; 

-  Davlat byudjeti daromadlarining ijrosi to’g’risidagi hisobot; 

-  Davlat byudjeti xarajatlarining ijrosi to’g’risidagi hisobot; 

-  byudjet  tashkilotlarining  debitorlik  va  kreditorlik  qarzlari 

to’g’risidagi ma’lumotnoma; 

-  Davlat  byudjetidan  moliyalashtiriladigan  byudjet  tashkilotlari 

bo’yicha  tarmoq,  shtatlar  va  kontingentlarga  doir  rejaning 

bajarilishi to’g’risidagi hisobot. 

Tumanlar va shaharlar bo’yicha g’aznachilik bo’linmalari tegishli tumanlar 

va  shaharlar  hokimliklarining  moliya  bo’limlariga  tumanlar  va  shaharlar 

byudjetlarining kassa ijrosi to’g’risidagi hisobotni taqdim etadi. 

Tumanlar  va  shaharlar  hokimliklarining  moliya  bo’limlari  hisobot  davri 

uchun  tumanlar  va  shaharlar  byudjetlarining  ijrosi  to’g’risidagi  hisobotni 

O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  tomonidan  belgilangan  shakllar 

bo’yicha: 

yuqori turuvchi moliya organlariga – ular belgilagan muddatlarda; 

tegishli  hokimliklarga  –  tumanlar  va  shaharlar  byudjetlarining  ijrosi 

to’g’risidagi  hisobot  yuqori  turuvchi  moliya  organlariga  taqdim  etilganidan 

so’ng uch ish kuni ichida taqdim etadi. 

Qoraqalpog’iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahri  bo’yicha 

g’aznachilik  boshqarmalari  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  respublika 

byudjetining,  viloyatlar  viloyat  byudjetlarining  va  Toshkent  shahri  shahar 

byudjetining  kassa  ijrosi  to’g’risidagi  hisobotni  tegishincha  Qoraqalpog’iston 

Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining 

moliya boshqarmalariga taqdim etadi. 



 

65

G’aznachilik  bo’linmalari  tomonidan  tegishli  byudjetlarning  kassa  ijrosi 



to’g’risidagi  hisobotlarni  moliya  organlariga  taqdim  etish  tartibi  O’zbekiston 

Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. 

Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Moliya  vazirligi,  viloyatlar  va  Toshkent 

shahar  hokimliklarining  moliya  boshqarmalari  hisobot  davri  uchun 

Qoraqalpog’iston  Respublikasi  byudjetining,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar 

mahalliy byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotni O’zbekiston Respublikasi 

Moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakllar bo’yicha: 

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga – u belgilagan muddatlarda; 

Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashiga  va  tegishli 

hokimliklarga  –  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  byudjetining,  viloyatlar  va 

Toshkent  shahar  mahalliy  byudjetlarining  ijrosi  to’g’risidagi  hisobot 

O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligiga  taqdim  etilganidan  so’ng  uch  ish 

kuni ichida taqdim etadi. 

O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  ushbu  moddaning  ikkinchi 

qismida  ko’rsatilgan  shakllar  bo’yicha  Davlat  byudjetining  ijrosi  to’g’risidagi 

yillik hisobotni tuzadi. 

O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  O’zbekiston  Respublikasi 

Vazirlar Mahkamasiga: 

Davlat  byudjeti  ijrosining  borishi  to’g’risidagi  choraklik  hisobotni 

O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  belgilangan 

muddatlarda; 

Davlat  byudjetining  ijrosi  to’g’risidagi  yillik  hisobotni  hisobot  yilidan 

keyingi yilning 1 apreligacha taqdim etadi. 

O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  Davlat  byudjetining  va 

davlat  maqsadli  jamg’armalari  byudjetlarining  ijrosi  to’g’risidagi  yillik 

hisobotni  O’zbekiston  Respublikasi  Hisob  palatasiga  tashqi  audit  o’tkazish  va 

baholash 

uchun 


hisobot 

yilidan 


keyingi 

yilning  



5 apreligacha yuboradi. 


 

66

O’zbekiston  Respublikasi  Hisob  palatasi  Davlat  byudjetining  va  davlat 



maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi yillik hisobotga doir 

xulosani 

hisobot 

yilidan 


keyingi 

yilning  



10  mayidan  kechiktirmay  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasiga 

yuboradi. 

O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  Davlat  byudjetining  va 

davlat  maqsadli  jamg’armalari  byudjetlarining  ijrosi  to’g’risidagi  yillik 

hisobotni  O’zbekiston  Respublikasi  Hisob  palatasining  xulosasi  bilan  birga 

hisobot  yilidan  keyingi  yilning  15  mayidan  kechiktirmay  O’zbekiston 

Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etadi. 

Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi,  viloyatlar,  Toshkent 

shahar,  tumanlar  va  shaharlar  hokimlari  tegishli  byudjetlar  ijrosi  to’g’risidagi 

yillik hisobotlarni hisobot yilidan keyingi yilning 10 mayidan so’ng tegishincha 

Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Jo’qorg’i  Kengesiga,  xalq  deputatlari  viloyatlar 

va  Toshkent  shahar,  shuningdek  tumanlar  va  shaharlar  Kengashlariga  taqdim 

etadi. 

Tegishli  byudjetning  ijrosi  to’g’risidagi  yillik  hisobot  tegishincha 

Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va 

Toshkent  shahar, shuningdek  tumanlar va shaharlar  Kengashlari  qarorlari bilan 

tasdiqlanadi. 

O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik  palatasi 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli hisobot davri 

uchun  taqdim  etilgan  Davlat  byudjetining  va  davlat  maqsadli  jamg’armalari 

byudjetlarining  ijrosi  to’g’risidagi  hisobotni  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy 

Majlisi  Qonunchilik  palatasining  siyosiy  partiyalar  fraktsiyalari,  deputatlar 

guruhlari va qo’mitalarida muhokama qilish asosida ko’rib chiqadi. 

Tegishli  hisobot  davri  uchun  Davlat  byudjetining  va  davlat  maqsadli 

jamg’armalari  byudjetlarining  ijrosi  to’g’risidagi  hisobot  O’zbekiston 

Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasining  siyosiy  partiyalar 

fraktsiyalari,  deputatlar  guruhlari  va  qo’mitalarida  ko’rib  chiqilgandan  so’ng 



 

67

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida ko’rib 



chiqiladi  hamda  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik 

palatasining qarori bilan tasdiqlanadi. 

Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi 

to’g’risidagi  yillik  hisobot  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining 

Qonunchilik  palatasi  tomonidan  tasdiqlangandan  so’ng  hisobot  yili  uchun 

Davlat  byudjetining  va  davlat  maqsadli  jamg’armalari  byudjetlarining  ijrosi 

to’g’risidagi axborot O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb-

saytiga joylashtiriladi. 




Download 9,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish